O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1.
Bosh daftar usulini jurnal-orderdan farqi nimada? 
2.
Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlar qanday usullar yordamida 


148 
tuzatiladi? 
3.
Buxgalteriya hisobi shakllarini bir-biriga bog‘liqligi. 
4.
Buxgalteriya hisobining qanday shakllarini bilasiz?. 
5.
Buxgalteriya hisobining qaysi shakli qulay? 
6.
Buxgalteriya hisobining qaysi shaklidan foydalanish kim tomonidan 
belgilanadi?
7.
Buxgalteriya hisobining registrlari turlarini yuritish tartibi qanday? 
8.
Buxgalteriya registrlaridagi xatolar kim tomonidan tuzatiladi? 
9.
Hisob registrlarining qanday shakllarini bilasiz? 
10.
Hisob registrlarining vazifasi nimadan iborat? 


149 
8-BOB. BUXGALTERIYA HISOBOTI 
 
8.1. Buxgalteriya hisobotining maqsad va vazifalari 
Buxgalteriya shaxs, firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar 
ta’sirining xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi 
ma’lumotlarga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak avlod 
va jahonda tartibga soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar 
yetkazishi mumkin. Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, 
faqat jamoatchilik fikri va siyosiy bosim orbitani o‘rtasiga uni harakatlantiradi, 
shundan keyin, kutilayotgan kelajak avlod joriy jamiyatni o‘rnini egallaydi. 
Agar siyosiy bosim yetarlicha kuchli bo‘lsa, muammo uni mas’uliyatli ichki 
orbitasiga uni harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi, huquqni muhofaza qilish 
xodimlari muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi.
20
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini 
safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi 
tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum vaqt 
oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli 
hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya 
hisobotlariga o‘tkaziladi.
Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot 
korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum 
hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya 
hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona 
moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr. 
Hisobot 
– 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari 
natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini 
20
“An Introduction to Accounting Theory” Gabriel Donleavy. 2016. 141-149 b.


150 
tahlil qilish, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab 
chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalari, 
ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni 
hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, 
chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar 
yetarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot 
tuzish yo‘li bilan erishiladi. 
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish 
hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy 
valyuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning 
rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali 
korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va 
yillik hisobotini topshiradi: 

ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha 
vakolatli organlar, ta’sischilar); 

davlat soliq inspeksiyasiga (bir nusxa); 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini 
ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan 
boshqa davlat organlariga. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-
dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 
- yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha 


151 
bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan 
tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil 
etilganlardan tashqari korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan 
sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili davri 
hisoblashga ruxsat beriladi. 
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston 
Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, 
mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti 
foydalanuvchilari (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib 
nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik 
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida 
moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi 
o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi 
maqsadlarda foydalanadi: 
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar 
qabul qilish uchun; 
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; 
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘lish. 
Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish 
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari 
amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va ular 
manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi.
Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga 
qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi qo‘yiladi.


152 
Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik mablag‘lari va 
mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan iborat.
Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan 
tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni 
tuzishdan oldin analitik hisob schyotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh 
daftardagi schyotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi 
lozim. Bunda ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur.
Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar 
qo‘yiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash 
qoidalariga rioya qilish kerak.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 
mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon 
qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi 
olingan va xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi (aksiyadorlarning 
umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba 
xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanuvchilarga 
mazkur korxonaga kapital qo‘yish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar 
qabul qilishga imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon 
qilinishi mumkin va uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya Vazirligining qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. 
Yillik moliyaviy hisobot bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi 
mumkin. Uning mazmuni mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy 
hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr (baho) dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi 
uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va 
oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin