O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

7.3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi 
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda
e’tiborsizlik, ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi 
mumkin. 
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin: 
1.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
2.
Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
3.
Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki 


135 
kam yozilgan. 
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga 
ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi. 
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 
1. “Korrektura” usuli. 
2. “Qizil storno” usuli. 
3. “Qo‘shimcha yozuv” usuli. 
Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar 
topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni 
o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv 
yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh 
berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar 
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. 
Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, 
registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, 
maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. 
Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni 
tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus 
tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu 
ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa 
xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi). 
Masalan: “Materiallar” schyoti buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m 
o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan: 
40000 (14.03.19) “to‘g‘rilanganligiga ishonilsin” (imzo). 
“Qizil storno” usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki 
ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi. 
“Qizil storno” usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali 
to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami 


136 
summasidan ayirilishi kerak. 
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra, 
to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. 
Masalan: “Asosiy ishlab chiqarish” uchun ombordan material berildi 60000 
so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi: 
Debet “Asosiy ishlab chiqarish”.
Kredit “Materiallar”.
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks 
ettirilgani aniqlandi. 
Xato yozuvni bitta 0 ni o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, 
“qizil storno” usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
600 000–540 000 = 60 000. 
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 
600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan 
kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha yozuv” usulidan foydalaniladi. 
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i 
ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi: 
Debet 6710 Kredit 6410 
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya 
hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 
170 000 – 120 000 = 50 000. 
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi 
kerak. 
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli 
schyotlarga “qo‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv” usuli orqali aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin