O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

7-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI 
 
7.1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati 
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib 
borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. Kuzatish natijasida olingan 
ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘ngra shu dastlabki 
hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi. 
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya 
provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham 
hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan 
foydalaniladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya 
provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir. 
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan 
blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli 
ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va 
umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq 
ma’lumotlar aks ettirib boriladi. 
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va 
hisobotlarini 
tuzishda 
asos 
hisoblanadi. 
Demak, 
hisob 
registrlaridagi 
ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat 
korxonaning o‘zim uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar 
uchun ham ahamiyatli ekan. 
7.2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi 
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, xajmi har xilligidan kelib chiqib, ular 
aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir. 
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga 


129 
e’tibor bermok kerak: 
1.
Tashqi ko‘rinish. 
2.
Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi. 
3.
Ma’lumotlarning xajmi. 
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha 
turkumlanadi: 

Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»). 

Kartochkalar. 

Varaqlar (vedomostlar). 
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. 
Kartochkalarning kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud. 
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi 
yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida 
aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxiridja schyotlar bo‘yicha oborotlarni 
aniqlashda asos bo‘ladi. 
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida “Asosiy ishlab chiqarish” 
xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin. 
Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar 
joylashtirilayotganda 
moddiy 
javobgarligi 
joylangan 
o‘rni va boshqa 
xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 
1. Xronologik hisob registrlari. 
2. Tizimli hisob registrlari. 
3. Kombinatsiyalashgan registrlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin