Xronologik hisob registrlari
ni o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi
yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning
qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks
ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob
registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
130
Tizimli hisob registrlari
jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha
tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh
daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga
kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari
raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan
holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar
uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan
bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik
schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin
mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun
alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham
varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan
schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi
quyidagilardan iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saklanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma
schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga
tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi.
131
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob
ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi:
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining xajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib,
undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya
daftarlarining
hamma
varaqlari
ham
hamma
vaqt
foydalanilaverilmaydi. Tuldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun
foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan
shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi.
Bunday
registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashgan
hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar xajmiga
ikki turga ajratiladi.
1. Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan
bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va
boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda
qo‘llanilib, ularga “Materiallar”, “Asosiy vositalar”, “Hisobdor shaxslar bilan
hisob-kitoblar” va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol
132
bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki
xujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham
mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat
ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham
rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan
aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan
ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank
bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya
registrlari
qanday
dastlabki
hujjatlar
asosida
rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi;
dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi;
ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani;
dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy
mazmunligi va qonuniyligi;
tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya
registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish;
buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va
hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish;
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini
o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob
ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya
registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z
navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,
133
moliyaviy hisobot shakllari quyidagilardan iborat:
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl;
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl;
3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4 shakl;
4. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl.
Yuqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham
korxonalar faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda
boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy
hisobot ma’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga
qo‘yilgan talablarni sanab utdik.
Dostları ilə paylaş: |