O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

6.6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi 
Inventarlashning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini 
aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan 
qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. 
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, 
xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga 
qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli 
saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi 
mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk 


112 
inventarlanishi kerak. 
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs 
bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart: 
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, 
davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; 
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 
oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligida 17.07.2006 yilda 1595-son bilan ro‘yxatga olingan 
“Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan 4-son BHMSga binoan tovar-moddiy 
zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan “Asosiy 
vositalar” deb nomlangan 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda 
kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi. 
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda 
bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, 
qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi. 
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish 
zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi: 
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; 
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish 
kunida); 
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari 
aniqlanganda; 
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga 
keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish 
(ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa 


113 
hollarda. 
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa 
rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, 
shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi. 
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida: 
– xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya 
raisi); 
– bosh buxgalter; 
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) 
bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.. 
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki 
audit vakillari kiritilishi mumkin. 
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni 
inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun uning tarkibida: 
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili 
(komissiya raisi); 
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, 
iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash 
komissiyalari tuziladi. 
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi 
hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. 
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki 
marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. 
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy 
tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi. 
Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q 
bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari: 


114 
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, 
zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha 
bo‘lim, bo‘lim, shu’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi; 
- inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari 
a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi; 
- inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga 
oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash 
joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi; 
- inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, 
omborxonalar, bo‘limlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida 
boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi; 
- zarur hollarda (inventarlashni o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi 
aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining 
topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi; 
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa 
buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va 
aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir 
izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar. 
Ishchi inventarlash komissiyalari: 
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag‘larini 
inventarlashni amalga oshiradi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash 
natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish 
chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari 
doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, 
hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish 
masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy 
boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi; 


115 
- quyidagi hollarda: 
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq 
inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun; 
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, 
pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun; 
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari 
(turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) 
ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun; 
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi. 
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar 
kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida 
ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri 
ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka 
tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin 
inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim 
hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi 
hisobotlarni olishi kerak. 
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-
chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza 
qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni 
boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi 
kerak. 
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir 
barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular 
javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa 
chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib 
olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari 


116 
bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar. 
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga 
buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi 
ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda 
inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi. 
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy 
boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komissiyasi ketayotganida muhrlanishi 
kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, 
boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi 
yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart. 
Tovar-moddiy 
boyliklarning 
haqiqatda 
mavjudligini 
tekshirishga 
kirishishdan oldin ishchi inventarlash komissiyasi: 
- yordamchi binolar, yerto‘lalar va boyliklar saqlanadigan, alohida kirish-
chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashi; 
- og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishi va ularni 
tamg‘alashning belgilangan muddatlariga rioya qilishi shart. 
To‘satdan o‘tkaziladigan inventarlashlarda barcha tovar-moddiy boyliklar 
inventarlash komissiyasi hozirligida, qolgan hollarda esa - oldindan tayyorlab 
qo‘yiladi. Boyliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular miqdorini 
sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha 
joylashtirilishi kerak. 
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul 
mablag‘lari va boshqa boyliklarni inventarlash ularning har bir joylashgan yeri va 
ana shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, 
xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) 
albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi. 
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida 
tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 


117 
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va 
tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, 
ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan 
aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash 
va 
texnik 
hisob-kitoblar 
asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash 
dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan 
ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi 
inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. 
Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari 
solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida 
tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi. 
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori 
ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida 
ko‘rsatiladi. 
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy 
javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar 
komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga 
nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar 
mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar. 
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar 
shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash 
ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi 
xususida imzo chekadilar. 
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida 
ro‘yxatlar tuziladi. 
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlarining 
tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak. 
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik 
o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarlanganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun 


118 
tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin