Xo‘jalik operatsiyalari reestri
20__ yil ______________ oyi uchun
N
t/r
Sana
Boshlang‘ich
hujjatning nomi
va raqami
Operatsiya
mazmuni
Summasi
(so‘m)
Hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
debet
kredit
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish
mumkin:
1.
Bosh daftar.
2.
Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda
Bosh daftarga ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda vedomostlar
ma’lumotlari asosida yozib boriladi.
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida,
dastlabki
xujjat
tartib
raqami,
jarayon
mazmuni,
summasi,
korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi.
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari
quyidagilardan iborat:
-
yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
-
hisob ishlari kamayadi;
-
qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi;
-
sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat
yuqoladi;
-
hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining
Bosh daftar shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular
139
quyidagilardan iborat:
-
korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay
qoladi;
-
qo‘llaniladigan schyotlar miqdori kupayishi, xato yozuvlar aks ettirilishi
extimolini oshiradi;
-
hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini
ta’minlamaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar
shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib
borilishiga xizmat qiladi
Bosh daftarda yil boshiga har bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks
ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik
tartibda har bir dastlabki xujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda,
sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra,
korrespondentsiyalangan schyotlar debeti va kreditida yoziladi.
Oy ohirida har bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va
jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali
tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks
ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro
teng bo‘lishi bilan birga “Tekshiruv summasi” qatoridagi jami summaga ham teng
bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng, har bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi.
Oy ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv
schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir.
So‘ngra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti
tuziladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini,
kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «Excel»da samarali qo‘llashi
mumkin.
140
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar,
hisob shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi
shaklini talab drajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida
takomillashgan jurnal-order shakli vujudga keldi. 1949 yilda ilg‘or korxonalar
buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining
me’yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu hisob registrini jurnal-order deb
atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham jurnal-order shakli deb
atalishiga asos bo‘ldi.
1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona
schyotlar rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
namunali ravishda ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar
buxgalteriya hisobi printsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar
buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib kelardi.
Buxgalteriya
hisobining
Jurnal–order
shakli boshlang‘ich
xo‘jalik
ma’lumotlarini guruhlab jamlash printsipiga asoslangan. Bu jamlashda
buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini
sintetik va analitik hisobi ta’minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki xujjat ma’lumotlarini tizimlash va jamlash
hisobga olinishi kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi
bo‘yicha aks ettirish imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi.
Demak, memorial-orderlarni tuzish zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining
jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-
order va yordamchi vedomostlarda aks ettirilib boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib
borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ba’zilarida bir turdagi
xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish
zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir
bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa,
jamlangan ma’lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi
141
vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga
ma’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida
ham foydalaniladi.
Yordamchi vedomostlar buxgalteriya hisob obyektlarini guruhlashda ham
ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab
chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham
yordamchi vedomostlardan foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va
oy ohirida jurnal-orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini
jurnal-orderlarda to‘g‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida schyotlar krediti
bo‘yicha korrespondentsiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini
ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik
hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli quyidagi asosiy printsiplarga
asoslangan:
-
jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot
krediti bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi;
-
iqtisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar
bo‘yicha jurnal-orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;
-
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi:
-
buxgalteriya hisobi xo‘jalik jarayonlarini;
-
nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda
kerakli ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish;
-
korresondensiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari
(jurnal-order, yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi.
-
hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.
Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga aga
bo‘linadi:
-
hisob ishlari osonlashadi;
142
-
xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
-
hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil
etiladi va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;
-
hisob ishlari xarajatlari kamayadi;
-
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
-
hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob
yozuvlari birgalikda olib boriladi deb ta’kidlandi. Ba’zi hisob obyektlari bo‘yicha
analitik hisob uchun analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob
obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik
hisobi uchun AV–6a “Asosiy vositalar inventar kartochlari” yuritiladi. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun
kartochkalar yoki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi vedomostlar ham
yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma’lumotlari
asosida aylanma vedomostlar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x’isob registri
(jurnal-order, yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi
xujjat sifatida maxsus ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registri – Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va
hisobot boshqa shakllari tuziladi.
Bosh kitobda har bir schyot bo‘yicha varaq ajratilib, unda schyotga taalluqli
boshlang‘ich qoldiq, debet oborotlari har bir mos ravishdagi kreditlanuvchi
schyotlar bilan birga, hamda kredit oborot umumiy summasi, oy ohiriga qoldiq
summasi ko‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schyotlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli
jurnal-order, yordamchi vedomostlardan olinadi.
Demak, jurnal-order ma’lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish
uchun asos hisoblanuvchi. Bosh kitob ma’lumotlarini ham to‘g‘riligini ta’minlaydi.
Jurnal-orderlar
xo‘jalik
jarayonlarini
sintetik
hisobini
yuritishga
143
mo‘ljallangan bo‘lib, bir schyot kreditda va boshqa schyotlar debetlanishi sifatida
shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi. Ba’zi schyotlar kredit
oborotlarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu
schyotlarning debet oborotlarini hisobga olib boruvchi yordamchi vedomostlar
ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan
“Tovarlar” schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti hisobi uchun
jurnal-order, debet oboroti hisobi uchun yordamchi vedomostlardan foydalaniladi.
Schyotlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi vedomostlardagi
yozuvlar ham kreditlanuvchi schyotlar bilan aks ettiriladi, ya’ni shaxmat yozuvi
usulida yoziladi.
Shaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi.
Ba’zi schyotlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash
bo‘lganligi sababli, ular hisobi uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan.
Masalan, “Asosiy vositalar”, “Asosiy vositalar eskirishi” schyotlari iqtisodiy
mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan
foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
Bosh daftarga esa, har bir schyot bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli
ma’lumotlar umumiy yuritilgan jurnal-orderdan olib yoziladi. Buxgalteriya
hisobining jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan Bosh daftarning xususiyati
shundaki, unda schyot ma’lumotlarini bir oyligi emas, balki, bir yil davomida
yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order ma’lumotlarini umumlashtirish, hisobot shakllarini
tuzish uchun har bir schyotlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun
mo‘ljallangan.
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma
sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy
omillaridan biridir.
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini
oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya
144
hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi.
Hisob ishlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish yordamchi quyidagi
imkoniyatlarni yaratiladi:
1.
Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi.
2.
Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
3.
Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
4.
Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi.
5.
Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
6.
Korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi:
7.
Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalariga asoslangan shakli asosida
buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga
ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish
hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob
ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot
tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda.
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar
bilan birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga
olib boriladi.
Boshqarishning
avtomatik
tizimi
korxonalar
xo‘jalik
faoliyatini
boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish,
natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan
shakli kompyuter dasturlari dan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
145
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy
boskich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir.
Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin,
ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida xujjatlar aylanishi ham shu shaklga
moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashag mo‘ljallangan
dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari
ham ushbu shakldagi boskichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob
registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-
orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan
foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini
hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda
buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar,
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va
boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining
xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik
korxonalar va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
buxgalteriya hisobining namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablag‘lar va
ularning manbalari hisobini asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va
bu orqali umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan
nazoratni ta’minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya
146
hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi Rejasini tuzish huquqiga egadirlar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi
registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil
ravishda moslashtirib olishlari mumkin:
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga;
- tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga;
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga;
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni
tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga.
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab
chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks
ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda
tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida
registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin:
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;
- Tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari.
Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda
boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va
satrlarni kiritish huquqiga egadirlar.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va
ularning ma’lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni
aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi.
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni
147
xulosa qilish mumkinki, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo
boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning
yakuniy ma’lumotlari asosida to‘ldirish mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida,
uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar
shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va
raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh
buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr
izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular
mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar
summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng "Operatsiyalar mazmuni"
ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik
operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi.
Bunda, Daftarda "Nazorat summasi" ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid
summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq
turlarini hisobga olish hisobvaraqlarining "Debet" va "Kredit" ustunlari bo‘yicha
bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi.
Barcha hisobvaraqlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit
oborotlari umumiy yakuni va "Nazorat summasi" yakuniga teng bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha
zarur hisobvaraqlar keltirilishi mumkin.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi - 1-son shakl,
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik
moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.
Dostları ilə paylaş: |