178
Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va
tartibini ishlab chiqish
“Buxgalteriya apparati xodimlarining
lavozim yo‘riqnomasi”ni ishlab
chiqish
Buxgalteriya hisobini
tashkil etish tizimi
“Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida
Nizom”ni ishlab chiqish
Hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyasini tuzish
Hujjatlar aylanish grafigini tuzish
Hujjatlarni qiymati va saqlash
muddati bo‘yicha ekspertiza qilish
10-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI XIZMATINI TASHKIL ETISH
10.1. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq
hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Iqtisodiyot turli sohalarga qarashli korxona muassasa, uyushma, birlashma,
konsern va boshqalar faoliyati ustidan umumiy davlat boshqaruvini o‘rnatish,
ulardan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyati haqidagi ma’lumotlar esa, ular buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
asoslanadi. Demak, xo‘jalik yurituvchi subyektlar qaysi mulkchilik shakliga
asoslanganidan qat’iy nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun,
ko‘rsatma nizomlarga va qo‘llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo‘jalik
faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab
chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga
oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ularning
elementlarini tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki
hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy
shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi
lozim.
18-rasm.
Dostları ilə paylaş: