11.2. Kassa muomalalarini hisobga olish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan
203
bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik
shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan
tashkil qilinadi va yuritiladi.
Kassa operasiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan
operasiyalarni majmuasidir.
26
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish
maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni
amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi.
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga
oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan
shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi.
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar
yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng,
kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa
qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun
to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida
buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni Qoidalar bilan tanishtiradi
va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi
taqiqlanadi.
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan
hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs
va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan
shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari
26
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 66 p.
204
tomonidan imzolanadi.
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul
mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt
kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi
hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan
bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Korxona kassasiga naqd pullar:
bank kassasidan - bank cheki asosida;
aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish natijasida olingan
naqd pul tushumi shaklida;
korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi
mumkin.
Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona:
fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi;
xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek
berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasida faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida
foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining
davlat reestriga kiritiligan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday
apparat “O‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan
sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan
NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi
avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan o‘tkazish
kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday – yangi yoki ishlatilgan – NKMni
qo‘llashni boshlashdan avval uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq
205
organida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish kerak.
KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Agar savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shaxobchasi jihozlanishi
kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning
ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKMning fiskal xotirasiga kirishni
kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi uchun
shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha
kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni
kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak) albatta to‘ldirish shart.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1)
bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi)
va unga oid kvitantsiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib
beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga
oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari
yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
• hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart.
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan
tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi
tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlariniqayd etish daftari”da va
“Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini
to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u
to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari
206
(KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov
vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan
beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi
bo‘lishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi
subyekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning
imzosi bo‘lishi kerak.
15-jadval
Dostları ilə paylaş: |