224
bosma shaklda chor etiladi.
Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarda qo‘llaniladi.
Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar
tomonidan belgilanadi.
BPK
— bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov
vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi
mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz
hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va
bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va
bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va
ularga xizmat ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: