O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

To‘lov talabnomasi
— mablag‘larni oluvchining mablag‘larni to‘lovchi 
tomonidan to‘lov talabnomasida ko‘rsatilgan summani bank orqali to‘lash 
to‘g‘risidagi talabi nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati. 
To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun, shuningdek 
mablag‘larni oluvchi hamda mablag‘larni to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada 
nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. 
To‘lov talabnomalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Aktseptli to‘lov talabnomasi — to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan 
summa mablag‘larni to‘lovchi tomonidan aktseptlanganidan (tan olinganidan) 
so‘ng, to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati; 
2.
Aktseptsiz to‘lov talabnomasi — to‘lov talabnomasida nazarda tutilgan 
summa mablag‘larni to‘lovchining roziligi bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, 
to‘lovlar amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjati. 
Inkasso 
topshiriqnomasi
— mablag‘larni oluvchining inkasso 
topshiriqnomasida 
ko‘rsatilgan 
summani 
mablag‘larni 
to‘lovchining 
hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘i nazarda 
tutilgan hisob-kitob hujjati. 
Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega: 
a) davlat soliq xizmati organlari: 

davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
undirish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 


220 
tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va 
tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni undirish uchun; 

fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 
jamg‘arib boriladigan badallar bo‘yicha to‘lovlarni undirish uchun; 

debitorlarning 
bank 
hisobvaraqlariga 
o‘zaro hisob-kitoblarning 
solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to‘lovchining soliq qarzi 
summasini undirish uchun; 

yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun 
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzni undirish uchun; 
b) bojxona organlari — o‘z muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlari va 
jarimalarni undirish to‘g‘risida; 
c) sud ijrochilari va undiruvchilar — ijro hujjatlari bo‘yicha pul 
mablag‘larini undirish to‘g‘risida; 
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

respublika 
byudjetidan 
moliyalashtirish 
jarayonida 
belgilangan 
miqdordan ortiq o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarish uchun byudjet tashkilotlarining 
byudjet hisobvaraqlariga; 

tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo‘yilgan O‘zbekiston 
Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari va ular bo‘yicha hisoblangan 
foizlari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga; 

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni 
qaytarish va foizlar to‘lash bilan bog‘liq majburiyatlar bo‘yicha qarzdorlarning 
milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga. 
Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi: 
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan 
xizmat ko‘rsatilganda — inkasso topshiriqnomalari to‘rt nusxada taqdim qilinadi. 


221 
Bunda inkasso topshiriqnomasining: 
birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxalari — ijro uchun bankda qoldiriladi; 
to‘rtinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning 
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga 
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi; 
b) bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso 
topshiriqnomalari uch nusxada bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari — ijro hujjatlari ilova qilingan holda ijro 
uchun bankda qoldiriladi; 
uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning 
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga 
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi; 
c) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari 
uch nusxada faqatgina mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim 
qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
birinchi va ikkinchi nusxalari — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda 
mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va 
unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka yuboriladi; 
uchinchi nusxasi — qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda mijozning 
hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga 
biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi. 
Mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan inkasso 
topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan 
xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, inkasso 
topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 


222 
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi; 
uchinchi nusxasi — shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga 
mablag‘larni oluvchiga beriladi; 
b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga 
oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi;
c) hududlararo hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to‘lov amalga 
oshirilgandan so‘ng, inkasso topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni to‘lovchiga beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin