11.3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini
rasmiylashtirish tartibi
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o‘tkazilib, unda haqiqatda
bo‘lgan pul mablag‘lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul
qoldig‘iga kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga
oshiriladi. Kassirning kassada mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan pul
mablag‘lari va boshqa boyliklarning borligi to‘g‘risida bayonotlari e’tiborga
olinmaydi. Inventarizatsiyalash paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun
kassa xonasidagi qimmatliklarning hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o‘zning
211
shaxsiy pullarini saqlashga ruxsat etilmaydi.
Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham
tekshiriladi. Ular to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan
tasdiqlanishi kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan
tashkilotlarda hujjatlarga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshiriladi.
Kassa
inventarizasiyasini
o‘tkazish
muddatlari
kompaniyaning
xususiyatidan kelib chiqan holda mustaqil belginaladi.
27
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya
qilishi kerak:
kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;
kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to‘xtatiladi. Agar
xo‘jalik yurituvchi subyektda bir nechta kassa mavjud bo‘lsa, o‘tkazish holida
buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda, muhr esa bosh
buxgalterda qoladi;
kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlar kassir va bosh buxgalter
ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo‘lishidan qat’iy nazar,
to‘liq sanab chiqilishi lozim. Bank o‘ramidagi pullar ham o‘ramidan olib, sanaladi.
Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari
bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va ularning to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga
taftish hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan
rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish
jarayonida hisobga olinmaydi;
kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog‘ozlarning hammasi
shu xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik
yurituvchi subyekt kassasida saqlash taqiqlanadi;
kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘lari to‘g‘risidagi
ma’lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablag‘larining pul mablag‘i yoki
27
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 68 page, 2014
212
kam chiqishi sabablari to‘g‘risida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad
summasi yoki suiiste’mol qilingan pul miqdori haddan ziyod bo‘lsa, buxgalter bu
haqda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga xabar beradi;
kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalar,
obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat’iy
hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yo‘llanmalar va boshqa pul
hujjatlari miqdori dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Kassani
inventarizatsiyalash
natijalari
“Naqd
pul
mablag‘larini
inventarizatsiyalash dalolatnomasi”da aks ettiriladi. Unda inventarizatsiyalash
kunida qimmatliklarning inventarizatsiyalash natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i
va hisob ma’lumotlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd
pul aniqlanganda dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari
ko‘rsatiladi. Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a’zolari va moddiy
javobgar
shaxs
imzolaydilar.
Dalolatnomaning
bir
nusxasi
tashkilot
buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi.
Ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan
undirilishi kerak.
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks
ettiriladi:
ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar”
kamomad aniqlanganida:
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
kamomad summasini kassir bevosita kassaga to‘laganida:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”
213
kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida:
Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”
Dostları ilə paylaş: |