209
olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni
oxirida kassir:
bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi;
kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi;
ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti
sifatida kassa kirim va
chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo‘ydirgan
holda topshiradi.
Agar kuniga unchalik katta bo‘lmagan operatsiyalar (umumiy summasi eng
kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha) amalga oshirilsa,
kassir
buxgalteriyaga hisobotlarni 3-5 kunda bir marta topshirishi mumkin.
Elektron kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab
o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ammo yil
yakunida daftar baribir bosmadan chiqarilishi, varaqlarning
umumiy soni rahbar
hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi, tashkilot muhri bilan muhrlanishi
lozim bo‘ladi.
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000
hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha 1-jurnal-orderda va debeti bo‘yicha 1-
vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi.
Kassa operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari:
Bankdagi hisobraqamdan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi,
nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun):
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo‘naklarning
qaytarilishi aks ettirildi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar”
Mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi aks ettirildi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
210
Kredit 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”
Pul mablag‘larining kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi
aks ettirildi:
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Hisobdor summalarning berilishi aks ettirildi:
Debet
4200
“Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Hisoblangan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (mukofot va shu
kabilar) berilishi aks ettirildi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Puli berilgan holda sotilgan tovarlarning qaytarib olinishi aks ettirildi:
Debet 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Dostları ilə paylaş: