201
11-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI
HISOBI
11.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha
to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni
qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni
amalga oshiradi.
25
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z
mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va
oborotda foydalaniladigan tushumning
bir qismidan tashqari, uning bankdagi
hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni
o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona
o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi
farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari
belgilagan
ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga
rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan
soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib
beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni
kuzatib borish, korxonaga
turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan
ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini
kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur
25
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 62,63 p.
202
axborot bilan ta’minlash;
mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlar talablariga rioya
etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va
hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining
mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul
mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan
biri hisoblanadi;
pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga
muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining
inventarizatsiyasini
tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish;
kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar
mavjudligi va butligini nazorat qilish;
qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida
hisobga olish.
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda
quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining
to‘liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari
bilan birgalikda debitorlik
qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul
mablag‘lari, to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini
belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish
mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan
qarzlarni buxgalteriya
balanslaridan o‘chirish.
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali
boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganizsh.
Dostları ilə paylaş: