194
shunga o‘xshashlar. Bunday holda hujjatlar aylanishi grafigida tegishli hujjatni
markaziy buxgalteriyaga ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga
yozuvlarni yozish uchun bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar
(ular ko‘p qismni tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma hujjatlarda
umumlashtiriladi. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va mehnatni
hisobga olish bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli jamg‘arma
vedomostlarida yoki jurnallarda qayd etiladi, moddiy boyliklar harakati
ko‘rsatkichlari - moddiy boyliklar harakatlari haqidagi hisobotlarda, kassa
hujjatlari ma’lumotlari – kassirning hisobotlarida qayd etiladi va h.k. Hisob
registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma hujjatlar asosida olib
boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasida
dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli yig‘ma hujjatni
rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi. Bunda ko‘pchilik hollarda
bu ishlar xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida emas, balki bo‘linma
buxgalteriyasida qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab chiqishda
xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi va undan keyin
amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli manbalar juda kam
uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish grafigi bilan birga hisob
ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni tashkil etishda bir qator
murakkabliklarni bartaraf qiladi.
Hisob
Dostları ilə paylaş: