ishlarini bajarish grafigi
hujjatlar aylanishi grafigi bilan uning davomi
va mantiqan tugallanishi sifatida chambarchas bog‘liqdir. Agar hujjatlar aylanishi
grafigida hujjatlarning ularni tuzishdan to foydalanilishigacha bo‘lgan harakati
qayd etilsa, hisob ishlarini bajarish grafigida buxgalteriyada kelib tushgan va
ishlov berilgan dastlabki hujjatlar asosida bajariladigan hisob ishlarnning ro‘yxati
ko‘rsatiladi. Bunday grafik o‘z hisob apparatiga ega bo‘lgan har bir tarkibiy
bo‘linmalarda alohida tuzilishi mumkin, so‘ngra umuman xo‘jalik bo‘yicha yoki
xo‘jalikdagi barcha hisob ishlari markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘lsa, u
195
holda faqat xo‘jalik bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Hisob ishlarini bajarish grafigida: tegishli hisob registrlarining (jurnal-
orderlar, yordamchi vedomostlar, ishlab chiqarish hisobotlari va shunga
o‘xshashlar) nomi va nomeri, ularning har biriga asoslanib tuziladigan hujjatlar
bajarish muddatlari va ularni kim tuzishi ko‘rsatiladi. Hisob ishlarini bajarish
grafigi shunday tuzilishi kerakki, bunda hisob apparati butun oy mobaynida bir
tekis yuklama (ish) bilan ta’minlanishi kerak. Bu buxgalteriya hisobini ratsional
tashkil etishning muhim shartidir.
Hisob ishlarini bajarish grafigi hujjatlar aylanishi grafigi bilan
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu demak, hujjatlar aylanishi grafigidagi
tegishli holatlar bo‘yicha yakuniy bosqichlar hisob ishlarini bajarish grafigidagi
xuddi shu holatlarning boshlang‘ich bosqichlari bilan muvofiq kelishi kerak.
Masalan, kassa hujjatlari bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasi kassirning hisobotini
tuzish bilan uni bajaruvchi va bajarishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan holda
tugallanadi. Hisob ishlarini bajarish grafigida kassirning hisoboti 1- jurnal-orderni
tuzish uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. Tegishli ravishda ana shu
turdagi ishlar bo‘yicha ularni bajarish muddatlarining muvofiqligi ta’minlanishi
kerak.
Buxgalteriyada vazifalarni taqsimlash ham hisob ishlarini bajarish rejasi
bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etilgandek hisob ishlarini bajarish rejasi hisob
apparatining oy davomida bir tekisda ish bilan ta’minlanishini ko‘zda tutishi kerak.
Buxgalteriyadagi xizmat vazifalarini taqsimlash ham birinchi navbatda ana
shundan kelib chiqib hal etiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunda boshqa omillar
ham: u yoki bu ishning muhimligi, bajaruvchilarning malakasi, hisob jarayonining
tashkiliy tuzilmasi va boshqalar hisobga olinadi.
Xizmat vazifalarini taqsimlashda eng mas’uliyatli va murakkab ishlar
ko‘proq malakali xodimlar tomonidan bajarilishi lozimligidan kelib chiqiladi.
Masalan, bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o‘rinbosari odatda kassa va bank
hujjatlariga ishlov berish va ularni registrlarga yozish ishlarini bajaradilar.
196
Buxgalteriyaning malakali xodimi (odatda bosh buxgalter o‘rinbosari) ishlab
chiqarishga, ayniqsa chorvachilikka qilinadigan xarajatlarning hisobini amalga
oshiradi. Tajribali xodim moliya hisobini olib borishi kerak. Vazifalar taqsimoti
shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, bunda xodimlarning o‘zaro almashtirilishi (bir-
birining o‘rnini bosishi) ta’minlanishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashtirilgan
buxgalteriya, mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta-
maxsus ma’lumotga ega professional buxgalter tomonidan ham yuritilishi mumkin.
Hisob jarayonini to‘liq markazlashtirish shundan iboratki, bunda butun hisob
jarayoni markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘ladi. Xo‘jalik bo‘linmalarida faqat
dastlabki hisob amalga oshiriladi. To‘ldirilgan dastlabki hujjatlar markaziy
buxgalteriyaga kelib tushadi. Bu yerda ular tekshiriladi, ishlanadi, solishtiriladi va
hisob registrlaridagi barcha yozuvlar amalga oshiriladi. Biroq keyingi yillarda,
ayniqsa hisobning kompyuterlashtirilishi va boshqaruvning bo‘linma tuzilmasi
qo‘llanilishi bilan hisob jarayonini bunday tashkil etish tobora keng tarqalib
bormoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida hisob jarayonini to‘liq markazlashtirmaslik
nisbatan kam qo‘llaniladi. U shundan iboratki, xo‘jalikning har bir bo‘linmasida
hisob ishlarining to‘liq davri: dastlabki hujjatlarni to‘ldirishdan boshlab barcha
hisob registrlarini rasmiylashtirish va balans tuzishgacha bo‘lgan ishlar yuritiladi.
Xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida bunday holda faqat umumxo‘jalik
bo‘yicha yig‘ma hisob yuritiladi.
Qisman markazlashtirilmaganlik eng keng tarqalgan hisoblanadi. Bunday
holda xo‘jalik bo‘linmalarida xo‘jalik muomalalarini hujjat bilan rasmiylashtirish,
shuningdek,
hujjatlarni
va
ishlab
chiqarish
hisobotlarini
tuzishgacha
guruhlashtirish va yig‘ish ishlari yuritiladi. Bu erda, odatda ish haqi (mehnatga haq
to‘lash) hisoblab yoziladi va to‘lov vedomostlari tuziladi. Bajarilgan muomalalarni
hisobi registrlarda aks ettirish bo‘linmalardan beriladigan ishlab chiqarish
hisobotlarini moddiy hisobotlar va boshqa yig‘ma hujjatlar asosida xo‘jalikning
197
markaziy buxgalteriyasida amalga oshiriladi.
Hisob jarayonining bunday tashkiliy tuzilmasi fermer xo‘jaliklari uchun
xarakterli bo‘lgan. So‘nggi yillarda u agrofirmalarda ancha ko‘p qo‘llanila
boshladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, hisobni kompyuterlashtirish joriy
etilishi bilan, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishning bo‘linma tuzilmasi
joriy etilishi bilan hisob jarayonini tashkil etishning markazlashtirilgan tamoyiliga
asoslangan turi tobora ko‘p qo‘llanilmoqda.
Hisob jarayonining hisob ishlarini to‘liq markazlashtirishga asoslangan
tashkiliy tuzilmasida markaziy buxgalteriyada xizmat vazifalarni taqsimlash
shunday tashkil etiladiki, bunda xodimlar ayrim muomalalar: hujjatlarni qabul
qilish, hujjatlarni ishlash, hujjatlar ma’lumotini, hisob registrlariga yozish va
hokazolar bo‘yicha ixtisoslashadilar. Bunda har bir xodim bir necha xil o‘zaro
bog‘liq schyotlar bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarishi mumkin. Masalan, ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi bo‘yicha bitta xodim dastlabki hujjatlarni
qabul qilishi va ular bilan ishlashi mumkin, boshqasi - undagi ma’lumotlar bilan
ishlashi va ishlab chiqarish hisobotlarini tuzishi mumkin, uchinchisi - hisob
registrlariga yozib borishi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish
vedomosti va daftarlari hamda tegishli jurnal-orderlarda aks ettira borishi mumkin.
Boshqa variantda esa har bir xodimga balans schyoti bo‘yicha hisob ishlarining
barcha kompleksi biriktirib qo‘yiladi. Masalan, tegishli balans schyoti bo‘yicha
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha bitta xodim
hujjatlarni qabul qiladi, ular bilan ishlaydi, dehqonchilik bo‘yicha qilingan
xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha registrlarga tegishli yozuvlarni yozadi, boshqa
xodim chorvachilik bo‘yicha hisob ishlari kompleksini, uchinchisi sanoat,
yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisob ishlarini yuritadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan variantlarning har biri xo‘jalikdagi aniq sharoit va hisob
xodimlarining malakasiga qarab qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |