198
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish
usullarining tartiboti
bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki
kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash
(baholash va kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schyotlar va ikkiyoqlama yozuv) va
yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya
hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda
amalga oshiradigan hisob
siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks
ettirish tartibi va hokazolarning muayyan usullarini
tanlash imkoniyati
korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining asosiy vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada
obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va
ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks
ettirish (to‘liqlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z
vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili);
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida
tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar
yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib
chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib
chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi
tamoyili);
har oy oxiriga sintetik hisob schyotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning
analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili);
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining
shart-sharoitlaridan kelib
chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili).
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) xo‘jalik yurituvchi
199
subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va
tuzish
uchun asoslarni belgilab beradi.
Bu maqsadga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob
siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan konsepsiyalar hamda moliyaviy
hisobotning mazmuniga eng kam miqdordagi talablar ko‘zda tutilgan.
Ayrim operatsiyalar va voqealarni aks ettirish, ularni o‘lchash hamda ochib
berish uchun batafsil talablar BHMSlarda bayon qilinadi.
Moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlarga
talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar moliyaviy
hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari
mumkin.
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektlarining mablag‘larini
hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.
Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi
va tarmoqqa tegishli subyektlar quyidagi sohalar bo‘yicha o‘zining hisob
siyosatini
tanlab olishi mumkin:
-
asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash;
-
asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish;
-
materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish;
-
moddiy aylanma mablaglarining hisobini tashkil qilish va baholash;
-
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;
-
materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, jo‘natilgan
tovarlarni baholash;
-
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni hisobda
aks ettirish;
-
mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish;
-
shubhali qarzlar bo‘yicha har xil zaxira (rezerv)larni yaratish;
-
sof foyda hisobidan har xil jamg‘armalarni xosil qilish va boshqa masalalar