O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Kassa kirim orderlarini qayd etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Kassa kirim orderlarini qayd etish
DAFTARI
T/r
Kimdan olindi
Maqsadi
Miqdori 
(summasi)
Sana
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-jadval 
Kassa chiqim orderlarini qayd etish
DAFTARI
T/r
Kimga berildi
Maqsadi
Miqdori 
(summasi)
Sana
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to‘lovnomalar 
(schyotlar) va boshqalarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining ijozat beruvchi 
imzosi bo‘lgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo‘lishi shart emas. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari ro‘yxatida turmaydigan 
shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida 
yoziladigan chiqim kassa orderi bo‘yicha beriladi. 
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosuvchi 
hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul ko‘rsatilgan tartibda 
rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan bo‘lsa, chiqim orderi matnida 
pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch 
bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozib qo‘yiladi. Agar pul 


207 
vedomosti bo‘yicha berilayotgan bo‘lsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan 
kassir “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo‘yadi. Ishonchnomani kassir olib 
qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qo‘yadi. 
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish nafaqasi, stipendiya, 
pensiya va mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan, 
to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo‘yicha beradi. 
To‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostining yuzida pul berishga ruxsat 
etuvchi ustxat yozilib, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining 
yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda so‘z 
bilan yozilgan summa bo‘lishi shart. 
Ish haqi sifatida bir marta to‘lanadigan pullar (ta’tilga chiqayotganda, kasal 
bo‘lganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga 
xizmat safari xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar 
ham shu tartibda rasmiylashtiriladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli 
ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron tarzda to‘ldirish va 
keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa orderlariga har qanday o‘chirib yozish 
va tuzatishlar kiritish, izohlar yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kassa limiti – bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bo‘lgan pul 
miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga 
asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan 
holda yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o‘rtacha 
kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga etmaydigan bo‘lsa, 
limit 2 yil muddatga belgilanadi. 
Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, u holda 
kassangiz limiti ham nolga teng bo‘ladi, chunki kassada pul qoldirishga sizda 
ehtiyoj bo‘lmaydi. 
Limit doirasidan ortiqcha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lash 
kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin. 


208 
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to‘liq bankka 
topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning o‘zi uni mustaqil 
ravishda banklarning kunduzgi va kechki kassalariga topshiradi. 
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin