229
saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt:
a) mol-mulkni (asosiy
vositalar,
nomoddiy aktivlar,
tovar-moddiy zaxiralar
va boshqa aktivlarni) chet el valyutasida xarid qiladigan yoki sotadigan;
b) to‘lanadigan yoki olinadigan summalari
chet el valyutasida
belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan;
c) zimmasiga chet el valyutasida majburiyat oladigan yoki uni so‘ndiradigan
hollarda chet el valyutasida sodir etiladigan bitimlar hisoblanadi.
Chet
el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha
operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi:
a)
kassadagi,
bankdagi
depozit
va
ssuda
hisobraqamlaridagi,
akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
c) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar
va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish
sanasida kirim
qilish;
d) chet el valyutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish;
e) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
f) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansning
valyuta moddalarini har oyi
hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalarni
amalga oshirish sanasida
Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi. Baholash va kurs
farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablag‘lari,
shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
c) chet el valyutasida ifodalangan qisqa
muddatli va uzoq muddatli
investitsiyalar;
230
d) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar
va pul qarzlar.
19-jadval
Dostları ilə paylaş: