231
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy
vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunalari, kapital qo‘yilmalari,
tovar-moddiy zaxiralari;
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi subyektning, shuningdek
chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari)
ulushlarining nisbatlari.
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga
keladigan kurs farqlari to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi
schyotlarda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
schyotining debeti bo‘yicha.
Buxgalteriya hisobida
Dostları ilə paylaş: