O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

 
9.3. Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi 
Buxgalter sertifikati - buxgalteriya hisobi sohasida faoliyatni amalga 
oshirish uchun buxgalterning professional malakasini tasdiqlaydigan hujjat 
(bundan keyin - sertifikat). 
Buxgalterlarni sertifikatlash ikki darajadan iborat: 
1-daraja – “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” – “Milliy qonun 
hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi” va “Soliq solish” fanlari bo‘yicha 
imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda Nizomga 1-ilovaga
22
binoan shaklda 
beriladi. 
2-daraja – “Sertifikatlangan professional buxgalter” - 1-darajali sertifikat 
mavjud bo‘lganda va “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi” va 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar 
muvaffaqiyatli topshirilganda yoki barcha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda 
1-darajali sertifikat mavjud bo‘lmaganda Nizomga 2-ilovaga
1
binoan shaklda 
beriladi. 
Sertifikat egasi respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi, respublika buxgalterlar va auditorlar jamoat 
birlashmalarining Buxgalterlar odob-ahloq kodeksiga rioya etishi va sertifikat 
olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili mazkur Nizom bilan belgilangan 
dastur bo‘yicha malaka oshirish kursini o‘tashi shart. 
Imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish respublika buxgalterlar va auditorlar 
professional jamoat tashkilotlari ta’sis etadigan mustaqil Imtihon markazi 
tomonidan shartnomaviy shartlarda amalga oshiriladi. Imtihonlarni o‘tkazish 
jadvali va qiymatini har yili respublika buxgalterlar va auditorlar professional 
22
“O’zbekiston buxgalterlarini sertifikatlash to’g’risida” Nizom "Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi" 
MChJ ishtirokchilari umumiy yig’ilishi majlisining 2015 yil 21 noyabrdagi 3-son bayonnoma qarori bilan 
tasdiqlangan.


172 
jamoat birlashmalari tasdiqlaydi. 
«Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter» sertifikatini olishga da’vogar 
quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak: 
1) o‘rta yoki oliy ma’lumot, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasasida olingan va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq 
e’tirof etilgan ma’lumotning mavjudligi; 
2) ta’lim muassasasini bitirgandan keyin buxgalteriya hisobi, audit, soliq 
maslahati, soliq nazorati sohalarida yoki ushbu sohalarda dars berish bobida uni 
bitirgandan keyingi besh yilning kamida bir yili mobaynida amaliy ish (shu 
jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) stajining mavjudligi;
3) «Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi» va «Soliq solish» 
fanlariga doir imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish (basharti birinchi va oxirgi 
imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa); 
4) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan 
biriga a’zo bo‘lish. 
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olishga da’vogar 
quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak: 
1) Oliy iqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim 
muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi 
oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning 
mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati 
sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini 
bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida ikki yili davomida amaliy ish stajiga 
(shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; 
yoki oliy noiqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy 
ta’lim muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday 
ma’lumotning mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq 
nazorati sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim 


173 
muassasasini bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida uch yili davomida 
amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; 
2) basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi 
bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi”, 
“Soliq solish”, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni 
muvaffaqiyatli topshirish. “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” sertifikati 
mavjud bo‘lganda, basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari 
o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, 
“Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari 
bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish; 
3) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlaridan 
biriga a’zo bo‘lish. 
“Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olish uchun, basharti 
imtihonlarni topshirish paytidan boshlab ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, 
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Soliq solish”, “Boshqaruv hisobi”, 
“Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha CIPA dasturi 
(basharti imtihonlar 2014 yil martga qadar, mart ham kiradi, topshirilgan bo‘lsa) 
yoki “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi” fanlari bo‘yicha 
boshqa xalqaro e’tirof etilgan sertifikatsiya dasturlari (ASA, ASSA, CPA, SGA, 
CIMA va boshqalar) bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi 
to‘g‘risidagi hujjat, e’tirof etiladi. 
Sertifikat olish uchun da’vogar respublika buxgalterlar va auditorlar 
professional jamoat birlashmalaridan biriga ariza taqdim etadi, unga quyidagi 
hujjatlar ilova qilinadi: 
a) belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa; 
b) pasport nusxasi; 
c) notarial yoki uni bergan ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan 
ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi; 


174 
d) notarial yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan 
ko‘chirma yoki nusxa (o‘rindoshlik bo‘yicha ish staji mavjud bo‘lganda bu haqda 
mehnat daftarchasidagi yozuv bilan); 
e) ikki fotosurat (3 x 4 o‘lchamli); 
f) tegishli imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risida guvohnoma 
yoki (tegishli imtihonlar hisobga olinganda) auditorning malaka sertifikatining 
notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tasdiqlagan nusxasi, buxgalter xalqaro 
sertifikati nusxasi; 
j) hujjatni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmasi tasdiqlagan a’zolikni tasdiqlaydigan hujjat nusxasi. 
Auditor malaka sertifikati yoki buxgalter xalqaro sertifikati tegishli sertifikat 
olingan yoki uzaytirilgan yildan keyingi yildan boshlab malakaning har yili 
oshirilishini tasdiqlaydigan guvohnoma mavjud bo‘lganda hisobga qabul qilinadi. 
Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki olinganligi to‘g‘risidagi 
bildiruvnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etiladi. 
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalarida 
arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrda belgilangan tartibda ip o‘tkazib tikilgan va 
raqamlangan, vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan kitobda amalga 
oshiriladi, parallel ravishda reestr mundarijasi elektron ifodalovchida aks ettiriladi. 
“Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” yoki “Sertifikatlangan professional 
buxgalter” sertifikatlarining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos 
hisoblanadi: 
a) sertifikat egasining arizasi; 
b) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasidagi 
a’zolikni tugatish; 
c) har yilgi buxgalterlar malakasini oshirish kurslarida uch yil mobaynida 
o‘qimaslik; 
d) Buxgalterlar odob-ahloq kodeksini buzish. 
Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidan 


175 
boshlab tugatiladi.
Sertifikatlar quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
a) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining 
sertifikat berish to‘g‘risida qarori noqonuniyligi; 
b) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sertifikat olish dalili; 
c) da’vogar tomonidan o‘n ikki oy mobaynida sertifikat olinmaganligi. 
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining 
sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori 
asoslangan bo‘lishi, Imtihon markazi ushbu qaror haqida xabardor qilinishi va 
mazkur qaror respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat 
birlashmasining veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak.
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror besh 
kun (ish kuni) ichida sertifikat egasiga yuboriladi.
Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor 
qilish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida 
sertifikatning asli uni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional 
jamoat birlashmasiga yo‘q qilish uchun qaytariladi.
Sertifikatlarining amal qilishi yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun 
tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslar uning amal qilishi tugatilgan yoki 
bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida sertifikatlarni takror olish 
uchun imtihon topshirish va ariza berishga qo‘yilmaydi.
Faoliyati maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan qasamyod qilgan 
buxgalterlardan tashqari, ushbu hamjamiyatga byudjet tashkilotlarining boshqaruv 
buxgalterlari, ichki auditorlari va buxgalterlari ham kiradilar. Ular ham tegishli 
Boshqaruv buxgalterlari institutining (SMA) va Ichki auditorlar institutining (IIA) 
kasbiy sertifikatsiyasidan o‘tadilar. 
Shu tariqa, buxgalter (accountant) oliy ma’lumotdan tashqari, sertifikat yoki 
litsenziyaga ega bo‘lgan va qonun hujjatlarining uning kasbi uchun belgilangan 
talablarini bajaruvchi mutaxassisdir. Uning kasbiy maqomi muayyan jihatlarda 


176 
advokat yoki shifokorning maqomiga o‘xshash. To‘g‘ri, kapitalni ochiq moliya 
bozorida jalb etmaydigan kichik kompaniyalar yoki yopiq korporatsiyalar 
moliyaviy hisobot tuzish uchun qasamyod qilgan buxgalterlarni shtatga qabul 
qilishga majbur emaslar. Biroq ularning ko‘pchiligi buxgalterlik firmalarining 
xizmatlaridan foydalanadilar, ular, moliyaviy hisobot auditidan tashqari, 
buxgalteriya hisobini yuritish va soliq deklaratsiyalarini tuzish xizmatlarini 
ko‘rsatadilar. 
Qo‘shma Shtatlardagi buxgalterlarning asosiy qismi, ularning umumiy soni, 
AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda qariyb 1,3 
mln kishini tashkil qilgan, buxgalterlik firmalarida band bo‘lib, ular 
buxgalterlarning professional tarmoq tashkilotlariga birlashishlari mumkin. 
Bunday firma mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining majburiyatlari 
bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi. Biroq buxgalterlar professional tarmoq 
tashkilotlarining barcha a’zolari umumiy brend ostida birlashganlar va yagona sifat 
standartlarini qo‘llaydilar. Kichik firmalarning ko‘pchiligi buxgalteriya hisobini 
yuritish, soliq deklaratsiyalarini, biznes rejalarini tuzish va boshqa ishlar bilan 
shug‘ullanadi. Aksiyalari fond birjalari listingida qayd etiladigan ochiq turdagi 
aksiyadorlik jamiyatlarining auditorlik tekshiruvlari Katta to‘rtlik (Deloitte, PWC, 
Ernst & Young, KPMG) professional buxgalterlik tarmoq tashkilotlarining 
amaldagi monopoliyasidir. 2013 yilgi ularning hisobotlari ma’lumotlariga ko‘ra 
ular ichida eng yirigi Deloitte hisoblanadi. Ushbu tarmoq kompaniyalarining jami 
tushumi 32,4 mlrd AQSh dollarini, ishlovchilari soni 200 ming kishini tashkil 
etadi. Katta to‘rtlikda ommaviy kompaniyalarning auditorlik tekshiruvlarini 
o‘tkazishga rasman monopoliya yo‘q. Biroq SECning moliyaviy hisobotlar sifati 
va ochib berishga doir talablari shunchalik yuqoriki, bunday kompaniyalarning 
auditorlik tekshiruvini faqat Katta to‘rtlik kompaniyalari uddalay oladi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta to‘rtlikka o‘xshash buxgalterlarning 
tarmoq tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi borasida AQSh 
tajribasidan nusxa ko‘chirishdan ma’no bo‘lmasa kerak. Biroq bosh buxgalterlarni 


177 
tayyorlash va sertifikatlashtirish tajribasini o‘zlashtirish mumkin. Ushbu 
yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda – buxgalterlarni milliy sertifikatlash 
rejalashtirilayapti. Fikrimizcha, «auditor» va «qasamyod qilgan buxgalter» 
tushunchalarini birlashtirish hamda Qo‘shma Shtatlarda amal qilayotganiga 
o‘xshash O‘zbekistonda qasamyod qilgan buxgalterlar institutini tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir. Auditorlarga qo‘yiladigan malaka talablari qasamyod qilgan 
buxgalterlarga qo‘yiladigan talablarga o‘xshash bo‘lishi kerak. Xususan, qasamyod 
qilgan buxgalterga kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur litsenziyasi 
bo‘lgan auditorlik kompaniyalari tarkibida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 
imkoniyatini berish kerak. O‘zbekiston qasamyod qilgan buxgalterlar instituti 
professional sertifikatsiyani o‘tkazishi va malaka imtihonlarini tashkil etishi, 
buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa professional standartlarni ishlab 
chiqishi mumkin. Bunda u davlat unitar korxonasi sifatida faoliyat yuritishi 
mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda faqat 
qasamyod qilgan buxgalterlar bosh buxgalter bo‘lishi maqsadga muvofiq 
ko‘rinadi. Bu, bir tomondan, bosh buxgalterlarning korxonalar ijro menejmentidan 
mustaqilligini oshiradi, boshqa tomondan esa, hisobning ochiq-oshkoraligini 
belgilashdagi motivatsiyasini oshiradi, firibgarlik va xatolar uchun javobgarlikni 
kuchaytiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin