O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1.
Buxgalteriya hisoboti nima va uning ahamiyati nimalardan iborot? 
2.
Buxgalteriya hisoboti to‘g‘risida tushuncha, uning boshqaruvdagi roli.


162 
3.
Buxgalteriya hisobotiga qo‘yilgan talablar nimalardan iborot? 
4.
Buxgalteriya hisobotini tuzish, topshirish va tasdiqlash tartibi. 
5.
Buxgalteriya hisobotini xususiy korxonalar topshirishi shartmi? 
6.
Buxgalteriya va statistika hisobotlarni qanday bog‘liqlik tomoni bor? 
7.
Dastlabki hisobotga qaysi hujjatlar kiradi? 
8.
Dastlabki va yig‘ma hisobotlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tavsifi. 
9.
Hisobotdagi xatolar qanday usullar bilan tuzatiladi? 
10.
Hisobotlar kimga, qaysi muddatlarda topshiriladi? 
11.
Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ishlari qanday amalga oshiriladi? 
12.
Hisobotning qanday shakllari mavjud? 
13.
Hisobotning qanday turlarini bilasiz?
14.
Hisobotning qaysi shakli muhimroq deb hisoblaysiz? 
15.
Korxona hisobotini rasmiylashtirishga kim javobgar?
16.
Oylik, choraklik, yillik hisobotlar va ularning ahamiyati. 
17.
Statistik hisobotni topshirish shartmi? 
18.
Statistik va buxgalteriya hisobotlari va ularning tavsifi. 
19.
Xususiy korxonalarda hisobotni tuzish zaruriyati mavjudmi? 
20.
Yig‘ma hisobotga qaysi hujjatlar kiradi? 
 
 


163 
9-BOB. BUXGALTER KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
 
9.1. Buxgalter kasbi 
Umumqabul qilingan jahon amaliyotida buxgalteriya xodimlari ikki toifaga 
bo‘linadi – buxgalter (accountant) va hisobchi (bookkeeper). Mamlakatimizda, 
MDH mamlakatlarining ko‘pchiligida bo‘lganidek, ushbu tushunchalar yahlit 
holga keltirilgan. Odatda buxgalteriya hisobi mutaxassislarining hammasini, 
malakasi va bajarayotgan ishi xususiyatidan qat’i nazar, buxgalter deb atashadi. 
Buxgalter kam deganda bakalavr diplomiga ega bo‘ladi. Uning vazifalariga 
buxgalteriya yozuvlarini tekshirish va ichki nazorat tizimini tashkil etish, 
buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish, soliq hisob-kitoblarini tayyorlash 
kiradi. Bundan tashqari, buxgalter byudjetlarni tuzish hamda moliyaviy 
ko‘rsatkichlarni yaxshilash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha menejment 
uchun tavsiyalar ishlab chiqish uchun javobgar bo‘ladi. 
Bunday mutaxassislarni Amerikada qasamyod qilgan buxgalterlar 
(auditorlarga aynan o‘xshash malakaga ega bo‘lgan), boshqaruv buxgalterlari 
(rahbariyat uchun ichki hisobotlarni tayyorlashga ixtisoslashgan), byudjet 
tashkilotlarining ichki auditorlari va buxgalterlariga bo‘ladilar. Qimmatli qog‘ozlar 
va fond birjalari bo‘yicha AQSh komissiyasiga (SEC) taqdim etiladigan ommaviy 
kompaniyalar (ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari)ning moliyaviy hisobotini 
tuzishga faqat qasamyod qilgan buxgalterlar haqlidir. Ular Amerika qasamyod 
qilgan buxgalterlar institutining litsenziya yoki sertifikatiga (SRA) ega bo‘lishlari 
kerak. Litsenziya oliy ma’lumot, ish staji bo‘lganda va malaka imtihonlari 
muvaffaqiyat bilan topshirilganda beriladi. Amerikada alohida auditorlik 
litsenziyasi yo‘q, u erda qasamyod qilgan buxgalter litsenziyasi beriladi. U 
korxonada emas, balki auditorlik kompaniyasida ishlashi va auditorlik 
tekshiruvlarini o‘tkazishi mumkin. Qasamyod qilgan buxgalter, boshqalari bilan 
bir qatorda, Odob-ahloq kodeksi, xususan insayderlik axborotidan foydalangan 
holda investitsiyalash bo‘yicha cheklovlar bilan bog‘langan. Tekshiruv 


164 
o‘tkazadigan auditor bilan balansni imzolaydigan bosh buxgalter malakasi 
o‘rtasida farq yo‘q. Bunday holat bir qator rivojlangan mamlakatlarda mavjud. 
Odatda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy hisobotini qasamyod 
qilgan buxgalter tuzadi. 
Hisob ilmidan bexabar kishigina buxgalter kasbi bittagina kasb deyishi 
mumkin. Mutaxassislar esa ularni bajariladigan ishlarning turiga qarab bosh, 
moddiy, hisob-kitob buxgalterlari, buxgalterlarning yordamchilariga bo‘ladilar. 
Bunday taqsimlashni ish beruvchilarning ehtiyoji taqozo etadi. Bo‘sh ish 
o‘rinlarining ko‘pchiligi «bosh buxgalter» lavozimiga, eng oz talab esa «moddiy 
buxgalter» lavozimiga to‘g‘ri keladi. Yordamchilar va hisob-kitob buxgalterlari 
uchun ham ko‘p ish taklif etiladi. 
Bo‘sh ish o‘rinlariga talabgorni qidirish vaqtiga kelsak, bosh va moddiy 
buxgalterlarni yollash e’lonlari «faol» holatda bo‘ladi. Ushbu lavozimlarga ish 
tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar izlanadi, ularga katta talablar qo‘yiladi. 
Ish beruvchilar yaxshi ta’lim olmagan buxgalteriya hisobi mutaxassisi 
qanchalik xavfli ekanligini yaxshi biladilar. Avvalo noto‘g‘ri hisob soliq 
qonunchiligi talablari buzilishiga, buning oqibatida, birinchi navbatda rahbar 
javobgar bo‘lishiga olib keladi. Ayni shu sababli birinchi o‘rinda buxgalterning 
tajribasi bor-yo‘qligi baholanadi. Albatta, yoshlarni «o‘stiradigan» va talabalik 
davridan boshlang‘ich bilim beradigan tashkilotlar bor. Biroq bundaylar kam 
uchraydi, ish beruvchilar hatto «buxgalter yordamchisi» lavozimiga kechagi 
talabalar yoki kurs bitiruvchilarini olavermaydilar. Ushbu mutaxassis loaqal bir yil 
ishlashi kerak. Ish tajribasi muhim emas deb ko‘rsatadigan tashkilot juda kam. 
Bosh buxgalter lavozimiga da’vogarlardan ish tajribasi ko‘proq talab 
qilinadi: odatda shu kasbdagi staji 5 yildan oshadiganlarni olishni istaydilar. 
Kamida 3 yillik stajning bo‘lishi – ularning yordamchilari uchun mezon. Moddiy 
yo‘nalish mutaxassisiga bir yildan ko‘proq, hisob-kitob buxgalteriga 1–3 yillik 
professional staji bo‘lganda e’tibor qaratishadi. Buxgalter yordamchisi qilib 
tajribasiz kishini olishlari ham mumkin, biroq loaqal 1 yillik amaliyot o‘tagan 


165 
bo‘lishini ma’qul ko‘rishadi. 
Tajriba – ish beruvchi buxgalterlarni tanlashi uchun hisobga olinadigan 
birdan-bir mezon emas. Ma’lumoti ham muhim. Ilgari unga alohida talablar 
qo‘yishmagan, hozir esa diplomli mutaxassislarni kutadilar. Ko‘pincha ish 
beruvchilarni oliy ma’lumotli da’vogarlar qiziqtiradi.
Diplomi borligi uchungina buxgalterni yuqori darajadagi mutaxassis deb 
bo‘lmaydi. Ularning hammasi ham iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtidan 
kelmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘p hollarda bunday ta’lim muassasasini 
tugatmagan buxgalterlar ham tekshiruv yakunlari bo‘yicha a’lo natijalar 
ko‘rsatadilar. Mutaxassislarning ko‘pchiligi – amaliyotchilar, ko‘pincha xodimni 
tanlash chog‘ida, tajribasidan tashqari, u haqda avvalgi ish joylaridan olingan 
ma’lumotlarga ham e’tibor qaratadilar. 
Malakasini doimo oshirib boradigan, malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan 
talabgorlarning imkoniyati ancha katta. Bugungi kunda ushbu sohada CAP/CIPA 
dasturi bo‘yicha buxgalterlar va auditorlarning sertifikatlanishi ancha 
ommalashgan. Ixtiyoriy asosda mutaxassislarni milliy sertifikatlashtirish dasturini 
barpo etish masalasi muhokama qilinayapti. O‘zbekistonda olish mumkin bo‘lgan 
sertifikatlashtirishning boshqa turlari ham mavjud. Kurs va seminarlarda ham 
malaka oshirish mumkin, ularda tarmoq va xususan buxgalteriya hisobini 
rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shu sababli nafaqat 
mutaxassisning boshlang‘ich ma’lumoti, balki kasbda rivojlanish xohishini ham 
baholash muhimdir. 
Tarmoqda chop etilgan e’lonlarda ko‘pincha talabgorlarning yoshi 
ko‘rsatiladi. Ish beruvchilar uchun 20–50 yashar talabgorlar eng jozibali sanaladi. 
Hatto buxgalter yordamchisi lavozimiga 22 yoshli mutaxassislar uchun bo‘sh ish 
o‘rinlari kam uchraydi. Ehtimol, bunda gender masalasi rol o‘ynar, zero ushbu 
lavozimda ko‘proq ayollar ishlaydi, ular yoshroq bo‘lgan davrda ish o‘rniga oila 
to‘g‘risida ko‘proq o‘ylaydilar. Davlat organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ham 
talab qilinayotgan mutaxassislarning yoshi ko‘rsatilmaydi. 


166 
Nomaqbul mutaxassisni ishga qabul qilishdan imkoni boricha xalos 
bo‘lishni xohlaydigan ish beruvchilar talabgor qanday ko‘nikma va xislatlarga ega 
bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tadilar. Nomzodning shaxsiy xislatlariga 
qo‘yiladigan eng ko‘p uchrovchi talablardan biri – zo‘riqishlarga bardoshli bo‘lish. 
Bu talabni tushunsa bo‘ladi – ish murakkab, aniqlikni talab etadi. Mutaxassisni 
batartib, kirishimli, amaliy muloqot ko‘nikmalarini egallagan shaxs sifatida 
ko‘rishni xohlaydigan ish beruvchilar bor. Ehtimol, buxgalter bunday korxonada 
mijozlar bilan ham shunday muloqotda bo‘lar. Boshqalarga zararli odatlarga ega 
bo‘lganlar kerak emas – ularda chekuvchilarga o‘rin yo‘q! Yana bir talab – 
sarosimaga tushib qolmaslik talabidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin