91
masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush
oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj
qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomala-
lariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh
buxgalter tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul
ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar
ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi
grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: