O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari



Yüklə 455,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix24.10.2023
ölçüsü455,92 Kb.
#160430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari


19 
bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayoni 
qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda 
investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash; moliyaviy moddiy va aqliy 
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga 
tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
Mazkur investitsion siyosatni amalga oshirishdagi tadbirlarni to’g’ri 
yuritilishini ta’minlashda buxgalteriya hisobini zamon talabi darajasida va 
buxgalteriya hisobining milliy hamda xalqaro standartlari asosida yuritilishini 
tashkil qilish zarurdir. 
Bizga ma’lumki, investitsiyalar- ma’lum davr davomida iqtisodiy foyda 
ko’rish maqsadida qo’yilgan kapitalni bildiradi. Investitsiyalarning tarkibiy 
qismi bo’lgan moliyaviy investitsiyalar bu daromad olish va asosiy kapital 
qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli 
investitsiyalarga ajratilgandir. 
Investitsiyalar hisobini zamon talablari va makon amaliyoti talablari 
darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari 
quyidagilardir: 
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hamda ular bo’yicha 
olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash; 
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan 
mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
-moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMA va BXXAlarni keng 
qo’llash; 
-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning 
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash; 
-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli 
qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq 
to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida 
o’tkazishni ta’minlash; 


20 
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan 
mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji 
uchun ishlatishni ta’minlash. 
Korxonalarda ko’pgina muammolar tug’ilmoqda. quyida ushbu 
muammolarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz: 
1.
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari 
bo’yicha foizlar hisobi. 
Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha instruksiyada xarid qilib olingan 
qimmatli qog’ozlar qiymatiga «xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya 
hisobiga qabul qilgungacha ularni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari 
bo’yicha to’langan foizlar» ham xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga 
(tannarxiga) qo’shilishi ko`zda tutilgan. Bunda yuqorida keltirilgan tartibdan 
quyidagi xulosaga kelish mumkinki, qarz mablag’lari bo’yicha foizlarni xarid 
qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari 
qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim. 
Bu yerda qarz mablag’larining ishlatilishi deyilganda, qimmatli qog’ozlar 
qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tartibga asosan, 
agar xarid qilinayotgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha huquqlar ularning 
to’lovigacha olingan bo’lsa u holda qarz mablag’larining ishlatilishi qimmatli 
qog’ozlar qiymatiga qo’yilmaydi. Bu xarajatlarning korxona foyda va zararlar 
schotiga olib borilishi to’g’riroq bo’ladi. 
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish uchun olingan qarz mablag’lari bo’yicha 
foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish uchun olingan 
qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartib joriy qilingan. 
Yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarga asosan, 08 «Kapital qo’yilmalar» 
schyotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga qilingan qo’yilmalariga shu 
maqsadlar uchun korxonalarning bank krediti bo’yicha to’lanadigan foizlari va 
boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha xarajatlari kiradi. 
Bunda asosiy vositalar ob’yektlarini foydalanishga topshirilishi va hisobga 
olingandan keyin to’langan (hisoblangan) foizlar 9910 «Yakuniy moliyaviy 


21 
natijalar» schyotiga olib borilishi yoki boshqa shunga o’xshash manbalardan 
foydalanish mumkinligi ko’zda tutilgan. 
Fikrimizcha qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz 
mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni 
xarid qilishdagi qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi kabi bir xil tartibda 
amalga oshirilishi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona va 
tashkilotlar uchun to’liq asoslidir, chunki ular tomonidan qimmatli qog’ozlarni 
xarid qilish doimiy uchrab turadigan operatsiyalar turiga kirmaydi. 
Qonunchilikda ya’ni me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda aynan mana shunga 
urg’u berilgan. 
Biroq qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli 
qog’ozlar bo’yicha operatsiyalari aksariyat hollarda ularning asosiy faoliyat 
turlariga kiradi. Shuni hisobga olgan holda qonunchilikda qimmatli qog’ozlar 
jarayoni va ularning tannarxini to’g’ri shakllantirish masalalarida ularning, 
faoliyat turi xususiyatlarini hisobga oluvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilsa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
2.
Qimmatli qog’ozlarni hisobdan chiqarishga taalluqli xarajatlarni aks 
ettirish tartibi. 
Bugungi kunda qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari 
oldida turgan yana bir muhim masalalardan biri, bu qimmatli qog’ozlarni 
hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortilishining buxgalteriya 
hisobi hisoblanadi. 
Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar 
rejasini qo’llash bo’yicha instruktsiyasiga muvofiq qimmatli qog’ozlarning 
balans qiymati, ularni sotish bahosi hamda boshqa moliyaviy qo’yilmalar 9220 
«Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotida aks ettiriladi. 
9220 schotning debetida hisobdan chiqarilayotgan qiymatliklarning balans 
qiymati hamda u bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. Ma’lumki, qimmatli 
qog’ozlarning vositachilarga to’langan komission mukofot xarajatlarini o’zida 
aks ettirgan xarid qiymati hisobdan chiqarilishi balansda 9220-«Boshqa 


22 
aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotining debeti va 0600 «Uzoq muddatli 
moliyaviy qo’yilmalar» schyotlarida aks ettiriladi. Shunday qilib, qimmatli 
qog’ozlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni 9220-«Boshqa 
aktivlarni hisobdan chiqarishlar» schyotining debetida hisobga olinadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 oktyabr 
№444-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish 
va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to’g’risidagi» Nizomda boshqa turdagi mulk va sotishdan tashqari olingan 
daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar) soliqqa tortilishida, moliyaviy natijadan sotilgan maxsulot tannarxi, 
asosiy vositalar va korxonaning boshqa mulklari va sotishdan tashqari olingan 
daromadlar va ushbu operatsiyalar bo’yicha xarajatlar chiqarilishi ko’zda 
tutilgan. 
Fikrimizcha xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomda boshqa turdagi mulk 
realizatsiyasi moliyaviy natijasi tushunchasiga aniqlik kiritilmagan. Yuqorida 
qayd etilganidek buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha 
instruksiyada keltirilishicha, boshqa turdagi mulk realizatsiyasi bo’yicha 
moliyaviy natijalar tarkibiga uning realizatsiyasi bilan bog’liq xarajatlar ham 
kiradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasining «Korxona va 
tashkilotlarning byudjetga daromad (foyda) solig’ini hisoblashi va to’lashi 
tartibi» to’g’risidagi yiriqnomasida boshqa turdagi realizatsiyasidan (Ushbu 
turga qimmatli qog’ozlar ham taalluqli) olingan foydani (zarar), soliqqa 
tortishda mulkning boshlang’ich qiymati va sotilgan bahosi o’rtasidagi farq soliq 
bazasiga qo’shilishi nazarda tutilgan. 
Demak, shunday nuqtai nazar ham mavjudki, unga ko’ra yuqorida qayd 
etilgan instruktsiyaga muvofiq qimmatli qog’ozlarning realizatsiyasi bilan 
bog’liq xarajatlar soliqqa tortilmaydi. 
Biroq yo`riqnomaga to’liq amal qilinishiga to’g’ridan-to’g’ri olib 
borilmaydigan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi amalga oshirilishida yuzaga 
keladigan umumxo’jalik xarajatlarining miqdoriga korxona daromad solig’i 


23 
bazasi kamaytirilmaydi. 
Yuqorida qayd etilganidek, investitsion institutlar tomonidan qimmatli 
qog’ozlar operatsiyalarining amalga oshirilishi ular faoliyatining asosiysi 
hisoblanadi. Bular kompaniya ustavida keltirilgan. 
Shunday qilib, ba’zi me’yoriy hujjatlar qimmatli qog’ozlar bozori 
professional ishtirokchilarining faoliyatini asosiyligini tasdiqlasa, boshqalari esa 
uni boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqligini tasdiqlaydi. 
Qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari faoliyatining to’g’ri 
aniqlanishi-soliq bazasini to’g’ri aniqlash va hisoblash shu jumladan, qimmatli 
qog’ozlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning hisobi uchun, hamda 
asosiy faoliyat bilan bog’liq umumxo’jalik xarajatlarini to’g’ri hisoblash uchun 
kerakli sharoitdir. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida sanab o’tilgan 
holatlarning kelib chiqishiga asosiy sabab qimmatli qog’ozlar bozori 
professional ishtirokchilarining faoliyatini soliqqa tortish bo’yicha tartibning 
yo’qligidir. Amaldagi qonunchilikda professional ishtirokchilarning statusi 
belgilanmagan, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchilari soliq 
qonunchiligi va buxgalteriya hisobining mustaqil sub’yektlari hisoblanmaydi. 
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan asosiy faoliyat (qimmmatli qog’ozlar 
oldi-sotdisi) qonunchilikda ba’zi hollarda boshqa faoliyat turiga olib borilgan. 
Qonunchilikdagi keltirilgan bunday qarama-qarshiliklar eng kamida 
ikkilamchi hisobni yuritishni taqozo etadi: buxgalteriya va soliq hisobi. Bunday 
hisobda investitsiya kompaniyalari barcha faoliyatidan soliq to’lab, bunda o’z 
faoliyatini amalga oshirishidagi xarajatlarni hisobga olisha olmaydi, hamda 
ba’zi zararlar mavjudki, ular bilan fond bozorida normal faoliyat yuritish 
murakkab hisoblanadi. 

Yüklə 455,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin