O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Glossary
................................................................................................................ 192 
Recommended literature
.................................................................................... 194 


10 
KIRISH 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab jamiyatni demokratik 
yangilash va milliy iqtisodyotni erkinlashtirish yo‗lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. 
Bu avvalambor milliy iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar va natijalar negizida 
iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni modernizatsiya qilishning 
puxta ishlab chiqilgan modeli va uzoq muddatga mo‗ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy 
dasturlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‗yicha olib borilayotgan tizimli
izchil, qat‘iy harakatlar majmuasi ekanligini ko‗rish mumkin.
Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasi uchun jahon hamjamiyatida munosib 
o‗rinni egallash, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uning barqaror 
rivojlanishini ta‘minlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining tobora yuksalib borayotgani, so‗nggi 
yillarda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning 
tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
ulushini ko‗paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib 
borilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasida 
2018 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga 
bag‗ishlangan kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida respublikamiz iqtisodiyotini 
rivojlantirish masalalariga to‗xtalib, ―Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil 
etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‗paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy 
saldosi 854 million dollarga etdi. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga 
kirishdik‖
1
, - deb ta‘kidlab o‗tdi. 
―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida‖ gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‗ra 
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi. http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-2017. 


11 
mamlakatimizda 2017-2021 yillarda "...iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va 
liberallashtirishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va 
yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish, ... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini 
rag‗batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali 
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb 
etish ko‗zda tutilgan"
2

―Iqtisodiy o‗sishning matematik modellari‖ fani iqtisodiyotning o‗sishi va 
rivojlanishida o‗zgaruvchan raqobat muhiti va bozor sharoitini ilg‗ab olish, ularning 
rivojlanish qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda iqtisodiy-matematik, ekonometrik, 
imitatsion modellardan foydalanish, iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning ko‗p variantli 
muqobil yechimlarini ishlab chiqish, iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning asosiy 
yo‗nalishlarini aniq belgilash masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini 
o‗rganishda talabalarni zarur bo‗lgan bilimlar bilan qurollantiradi. 
Ushbu o‗quv qo‗llanma orqali talabalar iqtisodiy o‗sish jarayonlarining nazariy 
tomonlari, mazkur jarayonlarning mavjud matematik modellarini har tomonlama 
o‗rganib oladilar. 
Taqdim qilinayotgan o‗quv qo‗llanma magistraturaning «Ekonometrika» 
mutaxassisligi talabalari uchun mo‗ljallangan. 
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar 
strategiyasi to‗g‗risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so‗zi. 2017- yil 8- fevral. 


12 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin