13
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 4653 ming so‗mni tashkil etdi va bu
ko‗rsatkich o‗tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 %ga yuqoridir.
Iqtisodiy o‗sish sur‘ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida
kuzatilgan ijobiy
dinamika bilan bog‗liq. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi
qo‗shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 85,5% ini tashkil etdi va
5,0 % ga o‗sdi (YaIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 4,4 % punktni tashkil etdi).
Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 14,5%
ni tashkil etdi
va 4,5% darajasida o‗sish qayd etildi (YaIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 0,5% punkt) (1-
rasm).
1-rasm. 2018 yil yanvar-iyun oylarida YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‗yicha
o‗sish sur‘atlari
4
YaIM o‗sish sur‘atiga xizmatlar sohasi eng katta ta‘sir ko‗rsatdi (1,9% punkt)
va bu soha o‗tgan yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 %ga o‗sdi. Jumladan, savdo,
yashash va ovqatlanish bo‗yicha xizmatlar 1,7 %ga,
tashish va saqlash, axborot va
aloqa 5,6 %ga va boshqa xizmatlar 5,0 %ga o‗sdi (2-jadval).
Sanoat tarmog‗ining qo‗shilgan qiymatida 6,1% o‗sish qayd etildi.
Sanoat
ishlab chiqarishining YaIM mutloq o‗sish sur‘atiga ijobiy ta‘siri 1,4% punkt
darajasida baholandi. Sanoat tarmog‗idagi ijobiy dinamika tog‗-kon sanoati va ochiq
konlarni ishlash tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 34,3 %ga,
ishlab chiqaradigan
(qayta ishlash) sanoat tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 0,9 %ga va boshqa sanoat
tarmoqlarining 2,0 %ga o‗sishi hisobiga ta‘minlandi.
4
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari
Dostları ilə paylaş: