15
3-rasm. 2018- yil yanvar-iyun oylarida YaIMning tarmoqlar bo‗yicha tarkibi
7
2017- yil yanvar-dekabr oylarida O‗zbekiston Respublikasi iste‘mol
sektorida
inflyatsiya holati. Iste‘mol narxlari indeksi (INI), mamlakat iste‘mol sektorida
inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy indikatordir.
Mamlakatimizda INI
hisoblash tizimi 1994- yilning yanvar oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi ning
(XVF) texnik ko‗magi asosida amalga oshirila boshladi.
Hozirgi vaqtda INI hisoblashda iste‘moldagi 350
turdagi tovar va xizmatlar
to‗plamidan foydalaniladi. Bular uch yirik guruhga – oziq-ovqat (96 ta), nooziq-ovqat
tovarlari (188 ta) hamda xizmatlarga (66 ta) bo‗lingan. Shunday qilib,
INIni hisoblash
uchun iste‘mol to‗plami, aholi tomonidan eng ko‗p iste‘mol qilinadigan
tovar va
xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‗lgan guruhini ifodalaydi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, INIni hisoblashda narx omiliga qo‗shimcha ravishda
(ya‘ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o‗zgarishida) ma‘lum tovar va
xizmatlarning o‗ziga xos aniq hissalari ham ta‘sir qiladi.
Iste‘mol narxlari indeksi va inflyatsiya darajasi. 2017- yilda Respublika
iste‘mol sektorida inflyatsiya darajasi 14,4 %ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat tovarlari 15,9 %ga, nooziq-ovqat tovarlari 16,1 %ga, xizmatlar
8,6 %ga qimmatlashdi (4-rasm).
7
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari
16
4-rasm. 2017 yilda iste‘mol narxlari indeksi (2016 yil dekabr oyiga
nisbatan % da)
8
Iste‘mol narxlarining o‗rtacha oylik o‗sish sur‘ati 1,1 %ga oshib borishi
mahalida, narxlarning sezilarli darajada noyabrda 2,0 %ga va dekabr oyda 2,7 %ga
ko‗tarilishi kuzatilib, minimal o‗sish esa iyunda 0,3 % va iyul oyida 0,4 % qayd
etildi.
5-rasm. 2017- yilda tovar va xizmatlarning iste‘mol narxlari indeksi dinamikasi
(o‗tgan oyga nisbatan % da)
9
Dostları ilə paylaş: