O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash 
Eskirgan asbob-uskunalarni 
foydalanishdan chiqarish 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentini kengaytirish 
Mahalliy resurslar bazasida 
innovatsion 
texnologiyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish 
Chiqitsiz va ekologik sof 
texnologiyalarni joriy 
etish 
Ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnika va 
texnologiyalar bilan 
jihozlash 
Ishlab chiqarish 
xarajatlarini pasaytirish 
va resurslarni tejash 
Sifatni boshqarish va 
sertifikatlash tizimini 
joriy etish 


19 
kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berdi. Ushbu 
yo‗nalishdagi muhim qarorlardan biri – milliy valyuta almashuv kursining bozor 
mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini 
bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‗liq amaliy qadamlar bo‗ldi.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta‘minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy 
barqarorlikning kafolati bo‗lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish 
dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda 
inflyatsiyaning past va barqaror ko‗rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini 
oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‗sish sur‘atlarining 
pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri 
bo‗lishi kerak. Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar 
omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi 
hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib, mavjud iqtisodiy 
resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, 
YaIM deflyatori va pul massasi o‗zgarishi o‗rtasida aniq va barqaror o‗zaro 
bog‗liqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‗rsatkichlari 
o‗zgarishi ham ushbu ko‗rsatkichlar dinamikasining o‗zgaruvchan xarakterga ega 
ekanligini, pul-kredit ko‗rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda 
xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‗rsatadi (8-rasm). 
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‗‘tadil 
darajada o‗sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat 
qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‗rsatkichlar o‗rtasida aniq bog‗liqlikning mavjud 
emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini 
bermaydi. 
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an‘anaviy 
tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat‘iylashtiradi. Ushbu choralarning 
iqtisodiyotning real sektoriga ta‘sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati 
transmission 
mexanizmlarining 
samaradorligi 
bilan 
belgilanadi. 
Pul-kredit 


20 
siyosatining transmission mexanizmi o‗zida Markaziy bank foiz stavkalari 
o‗zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta‘sir o‗tkazish 
jarayonini aks ettiradi. 
8-rasm. Pul multiplikatorq dinamikasi
10
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta‘siri alohida transmission kanallar orqali 
amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 
- foiz kanali; 
- kredit kanali; 
- valyuta kursi kanali; 
- inflyatsion kutilmalar kanali; 
- aktivlar bahosi kanali. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
 
Ishbilarmonlik muhitini 
shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‗llab-
quvvatlash va kelgusida rag‗batlantirish borasida ko‗rilayotgan chora-tadbirlar 
natijasida, 2017- yilda 38,2 mingdan ortiq kichik biznes (dehqon va fermer 
xo‗jaliklarisiz) subyektlari tashkil etildi yoki 2016- yilning shu davriga nisbatan 
122,0 foizga ko‗paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyot tarmoqlaridagi 
ulushi eksportda – 27,0% (2016- yilda 26,0%), sanoatda – 39,6% (45,3%), 
10
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari. // http://cbu.uz/uzc/monetarnaya-politika/concept/

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin