1.3. Iqtisodiy dinamikaning turlari va ko„rsatkichlari
Iqtisodiy dinamika zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy
ahamiyatga ega bo‗lgan ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa
muddatli ravnaqi emas, balki, uzoq muddatli vaqt oralig‗idagi ishlab chiqaruvchi
kuchlar rivojlanishiga bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarish real hajmining tabiiy
darajasining uzoq muddatli o‗zgarishi tushuniladi. Bunday yondashuvda iqtisodiy
o‗sish dinamikasi va takliflar omili diqqat markazda turadi.
Real iqtisodiy o‗sish tahlilida o‗qitish predmeti iqtisodiy dinamikani aniqlovchi
omillargina emas, shuningdek tarmoqlar va takror ishlab chiqarish proportsiyasining
o‗zgarishi, iqtisodiy o‗sish jarayonidagi institutsional tuzilmalar transformatsiyasi,
o‗sish sur‘atlarini tiyib turish yoki rag‗batlantirish bo‗yicha davlat siyosati, real ishlab
chiqarish potensial ishlab chiqarish hajmidan ortda qolish sabablari va boshqalar ham
bo‗lishi mumkin. Real iqtisodiy o‗sish mohiyati iqtisodiyotining asosiy
ziddiyatlarining yangi darajasida qayta tiklash va ruxsat berishdan iborat: ishlab
chiqarish
resurslarining
cheklanmaganligi
va
jamiyat
ehtiyojlarining
cheklanmaganligi orasida.
13
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari
126,6
124,6
121,2
123,9
121,5
120,0
122,1
127,4
125,2
125,5
128,1
120,7
118,9
146,9
0
50
100
150
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
Andijon
Buxoro
Jizzax
Qashqadaryo
Navoiy
Namangan
Samarqand
Sirdaryo
Surxondaryo
Toshkent
Farg‗ona
Xorazm
Toshkent sh.
24
Bu qarama-qarshilik ikki asosiy usulda bo‗ladi:
- ishlab chiqarish quvvatining oshishi hisobiga;
- ishlab chiqarish quvvati va jamiyatning ehtiyojlarining rivojlanishiga ega
bo‗lgan samarali foydalanish hisobiga.
Biroq, bu jarayonda har bir yangi bosqichda ishlab chiqarish imkoniyatlari
kengayishidagi rivojlanishda barcha jamiyat ehtiyojlari qondirilmaydi. Jamiyat
ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi bo‗lsada, bu
ehtiyojlarni qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma‘lum mamlakatning ishlab
chiqaruvchilari yoki import mahsulotlar vositalari o‗zlashtirganda vujudga keladi.
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, ehtiyojlarining vujudga kelishi qadam-
baqadam ommaviy tus oladi va ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini nazarda
tutadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‗sishi
miqdori bilangina emas, ularning tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va
boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi. Ishlab chiqarish resurslari va
chiqarish tuzilmasi, qoidaga ko‗ra ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‗zgarishi mumkin
emas. Mahsulot yoki xizmatga yangi ehtiyoj tug‗ilishi uchun uning bir vaqtda ishlab
chiqarishni o‗zlashtirish va bozorda iste‘molchilar talablariga mos, to‗lash
qobiliyatiga ega o‗z sifati va narxi bilan ular talabiga javob beradigan yangi
mahsulotning paydo bo‗lishi fakti yetarli.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‗sishning yuzaga kelishi shakllari izohida
ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‗sishni YaIM
(MD) real hajmi o‗sish sur‘ati yoki bu ko‗rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida
oshirish sur‘ati bilan o‗lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining
jami xarakteristikasi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‗sishni hisoblaydi u yoki
bu uslubni qo‗llash zarurati odatda tadqiqot masalalari bilan bog‗liq. Iqtisodiy
o‗sishni hisoblashning birinchi usuli, qoidaga ko‗ra, mamlakatning iqtisodiy
salohiyati kengayish sur‘atlarini baholashda qo‗llaniladi, ikkinchisidan esa aholining
qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayot
25
darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‗sish nazariyasida ikkinchi
hisoblash usuli afzal deb qaraladi.
Iqtisodiy o‗sishda real milliy daromad oshish sur‘atlari aholi o‗sishi sur‘atlarini
oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‗sish muammolarini
tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko‗rib
chiqishni taqozo etadi.
Iqtisodiy o‗sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur‘atlari nuqtai
nazaridan qarab chiqishda odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur
tuzilmaviy va institutsional o‗zgarishlari yuz bermasligi taxmin qilinadi. Ishlab
chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‗zgarmas hisoblanadi.
Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘sirda balanslangan va
yaxlitlik xususiyatiga ega bo‗lgan iqtisodiy tizim uchun o‗ziga xos.
Uzoq muddatli davr sifatida asosiy kapitalning tekis hayotiylik doirasi ko‗rib
chiqiladi. Bunday yondashuv iqtisodiy o‗sishning neokeynscha va neoklassik
nazariyasi uchun xarakterli.
Iqtisodiy o‗sish nazariyasidagi boshqa yondashuv industrial va postindustrial
jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‗llaniladi. Bu nazariyalar qachonki,
o‗zgarishlarga hokimlik, boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi
tuzilmaviy o‗zaro ta‘sir va uning tashqi muhit bilan o‗zaro aloqasining asosiy
institutlari duch kelganda, ―yuqori uzun‖ davrda iqtisodiy dinamika muammolarini
tahlil qiladi. Ta‘kidlash kerakki, ―uzoq muddatli‖ va ―yuqori uzun‖ davrlar
tushunchalari dinamika nazariyasida iqtisodiy vaqt haqida gap borar ekan, xuddi
o‗zining vaqtinchalik masofasi va konseptual yo‗nalish kabi farqlanadi (hodisalar
sodir bo‗lish tezligi). ―Yuqori uzun‖ davr o‗zining vaqtinchalik masofasi hodisalari
qatorida uzoq muddatli davr va uning an‘anaviy tushunchasida qisqa bo‗lishi
mumkin. Xususan, bu mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida, uning
uchun xarakterlidir. Bunda tuzilmaviy, institutsional va funksional o‗zgarishlar ishlab
chiqarish real hajmi tabiiy o‗sish jarayonini aniqlaydigan ishlab chiqarishning tekis
omillari o‗zgarishidan ko‗ra tezroq yuz beradi.
26
Yuqori uzun davrdagi iqtisodiy o‗sish tahlilining ikki asosiy xususiyatini
ajratish mumkin:
- iqtisodiy o‗sish iqtisod rivojlanishining tashkiliy elementi sifatida qaraladi. U
bir tomondan rivojlanishning siklik xarakterini ifodalaydi, ikkinchi tomondan o‗zi
pasayish va depressiya davrlariga tayyorlovchi o‗zgarishlar natijasi hisoblanadi.
Shuning uchun asosiy e‘tibor iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga emas, balki iqtisodiyotdagi
global o‗zgarishlar, barqaror tendensiya va qonunchiliklar va ularning yangi sifat
o‗zgarishlariga qaratiladi;
- makroiqtisodiy tanaffuslar qatorida iqtisodiy rivojlanishning va industrial
asoslari, tadbirkorlik muammolari, ishlab chiqaruvchilar qiziqishlari ziddiyatli siljishlari,
iste‘molchilar va davlat hokimiyati institutlari iqtisodiy faoliyat samaradorligini
oshishiga yo‗l qo‗ymaydigan yangi iqtisodiy tuzilmaning shakllanishi va uning tashqi
muhit o‗zgaruvchanligi sharoitidagi barqarorligini tekshiradi.
Iqtisodiy dinamika deb – ma‘lum bir iqtisodiy tizimda vaqt oralig‗ida o‗zgarib
turuvchi iqtisodiy holatga aytiladi.
Iqtisodiy dinamika statik va dinamik bo‗lishi mumkin.
Statik dinamika deganda, bu iqtisodiy tizimda ma‘lum bir o‗zgarishlar
bo‗lmasligi, iqtisodiy faollikning pasayib borishi tushuniladi.
Dinamik holatda esa iqtisodiy tizim turli xil omillar va jarayonlarning ta‘siri
ostida doimiy ravishda o‗zgarib borishi tushuniladi.
Iqtisodiy dinamikaning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – bu iqtisodiy o‗sishdir.
Iqtisodiy o‗sish deganda, odamlarning talab-ehtiyojini qondirish uchun zarur
bo‗lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya‘ni barcha noz-ne‘matlarni ishlab
chiqarishning ko‗payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‗sish nafaqat iste‘mol
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya‘ni resurslarni ham ko‗plab ishlab
chiqarishini anglatadi, chunki o‗sish jamiyat a‘zolarining joriy iste‘molini qondirish
bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‗lg‗usi
iste‘molni qondirishni ham mo‗ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati jamiyat hayotining
birlamchi asosi bo‗lganidan iqtisodiy o‗sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin
yaratib beradi. Jamiyatdagi chuqur va sifatli o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga
27
qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda jamiyat hayotidagi shiddatli o‗zgarishlar
barqaror o‗sish natijasidir. Iqtisodiy o‗sish jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmini yoki
aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmini ortib borishi bilan
o‗lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy mahsulot yoki real milliy daromadning
ko‗payishi ifoda etadi.
Makroiqtisodiy o‗sish – butun jamiyat miqyosidagi, masalan, mamlakat
miqyosidagi iqtisodiyotni o‗sishdir. U jamiyat ishlab chiqarish faoliyatining natijasi
bo‗ladi, turli korxona va tarmoqlardagi makroiqtisodiy o‗sishning mazmuni sifatida
yuzaga keladi.
Mikroiqtisodiy o‗sish – bu korxona, xo‗jalik, firma va tarmoq doirasidagi
o‗sishdir, shu doiradagi mehnat qiluvchilarning iqtisodiy, aniqrog‗i guruhiy
faoliyatning natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |