O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Iqtisodiy o„sish. Iqtisodiy o„sishning asosiy ko„rsatkichlari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

1.4. Iqtisodiy o„sish. Iqtisodiy o„sishning asosiy ko„rsatkichlari 
Iqtisodiy o‗sish jarayoni jamiyatdagi bir qator miqdoriy va sifat jihatdagi 
o‗zgarishlar bilan kuzatiladi. Shulardan birinchi navbatda iqtisodiyotning tarkibiy 
transformatsiyasini alohida ko‗rsatish kerak. 
Iqtisodiy o‗sishni ko‗zlagan mamlakatlarda birinchi navbatda qishloq 
xo‗jaligining milliy mahsulot va bandlikdagi ulushini kamaytirishi xarakterlidir. 
Mavjud ma‘lumotlarga ko‗ra, AQShda 1920- yilda ishchi kuchining 70 % qishloq 
xo‗jaligida band bo‗lgan, bu ulush 1941- yilga kelib 20 %dan kamni va 1987- yilga
 
kelib atigi 3 %ni tashkil qilgan.
Jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan va iste‘mol qilinadigan xizmatlar turli 
xildagi kategoriyalarga bo‗linadi: 
- maxsus bilimlarni talab qiluvchi intellektual xizmatlar (ta‘lim berish, 
vositachilik, reklama faoliyat turlari); 
- sog‗liqni saqlash, ta‘lim bilan bog‗liq xizmatlar; 
- mehmonxona va restoranlar faoliyati bilan bog‗liq xizmatlar; 
- aloqa vositalari (transport, pochta, telekommunikatsiya); 


28 
- moliyaviy xizmatlar (banklar tomonidan taqdim qilinadigan kredit va boshqa 
xizmatlar, sug‗urtalash); 
- jamiyat himoyasini ta‘minlovchi va uning a‘zolari o‗rtasidagi aloqalarni 
tartibga solib turuvchi umumiy xizmatlar (mamlakat mudofaasi, jamoat tartibini 
saqlash, adliya, milliy va mahalliy darajadagi umumiy boshqaruv). 
Iqtisodiyot jabhalaridagi o‗zgarishlar ijtimoiy institutlar, insonlar xatti-
harakatlari va mafkuralarida sezilarli o‗zgarishlarga olib keladi. Mazkur o‗zgarishlar 
modernizatsiya deb yuritiladi.
Shved iqtisodchisi G. Myurtal «uchinchi dunyo» mamlakatlari iqtisodiy 
taraqqiyotiga bag‗ishlangan «Osiyo dramasi» nomli kitobida modernizatsiyaning 
quyidagi tamoyillarini ko‗rsatib o‗tgan: 
1. Ratsionalizm. An‘anaviy fikrlash tarzi va ishlab chiqarish shaklini
o‗zgartirish, jamoatchilik va inson faoliyatining barcha sohalarida yangi metod va 
modellarni qo‗llash. 
2. Iqtisodiy rejalashtirish. Xo‗jaliklar taraqqiyotini oshirish maqsadida
qo‗llaniladigan iqtisodiy siyosat. 
3. Tenglik. Barcha uchun yanada teng ijtimoiy va huquqiy mavqe, daromadlar
va hayot tarzining yaratilishini ta‘minlash. 
Ijtimoiy institutlar va aql-idrokdagi o‗zgarishlar. Bu yerda mehnat 
unumdorligini oshiradigan, raqobatni rivojlantirib tadbirkorlikka yo‗l ochadigan
ma‘lum bir ma‘noda insonlar xohish va imkoniyatlaridan foydalanishga zamin 
yaratadigan o‗zgarishlar to‗g‗risida fikr yuritiladi. 
Institutsional o‗zgarishlar o‗z ichiga yer islohotlari, monopoliyaga qarshi 
kurash, ta‘lim va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish va davlat 
boshqaruvining o‗zgarishini oladi. 
Turli xildagi ishlab chiqarish omillarini birikishi hamda har-xil davlatlarning 
rivojlanishi sharoiti, iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilab berishga yo‗l qo‗ymaydi, 
degan bir fikr mavjud. Buning uchun bir qator asosiy ko‗rsatkichlar qo‗llaniladi: 
1. Aholi soniga to‗g‗ri keladigan YaIM.
2. Aholi soniga to‗g‗ri keladigan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari.


29 
3. Aholini turmush darajasi va sifati. 
4. Iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlarining natijasi. 
Aytib o‗tish joizki, iqtisodiy rivojlanish darajasi bu tarixiy tushuncha bo‗lib, 
milliy iqtisodiy rivojlanishning har bir pog‗onasi hamda jahon hamjamiyatiga uning 
asosiy ko‗rsatkichlariga ozmi-ko‗pmi o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Aholi soniga to‗g‗ri keladigan YaIM ko‗rsatkichi iqtisodiy rivojlanish 
darajasini aniqlab beruvchilardan hisoblanadi. Bir qancha rivojlangan davlatlar 90 
yillarning o‗rtalarida aholi soniga YaIM ko‗rsatkichi juda yuqori darajada boshqa 
rivojlangan davlatlarga solishtirganda, lekin boshqa ko‗rsatkichlarga qaraganda 
iqtisodiyot sohasining tizimi aholi soniga to‗g‗ri kelgan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning turlari va boshqalar bunday davlatlar rivojlangan davlatlar sarasiga 
kirmaydi. Boshqa ko‗rsatkichlar xalqaro ko‗lamda keng qo‗llaniladigan, iqtisodiyot 
sohasining tizimi hisoblanadi, tizimlarga bo‗lib chiqarilib, unga YaIM asnosida 
tashhis qo‗yiladi. 
Birinchi navbatda milliy iqtisodiyot sohasida yirik tizimlardan, ya‘ni moliyaviy 
va moliyaviy bo‗lmagan mahsulotlar orasidagi farq o‗rganilib chiqiladi. Bu 
solishtiruv birinchi navbatda ishlab chiqarishni umumiy belgilab beradi. Boshqa 
sohalarning tizimini o‗rganib chiqish ham katta ahamiyatga ega.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin