73
SMM= YaMM – Aa.
Agar jamiyatdagi yalpi mahsulot 100 mln. birlikka teng bo‗lsa, shundan 20
mln. birlik eskirgan mashinalar, uskunlar, bino-inshootlar o‗rnini qoplash uchun
ketsa, ya‘ni bu amortizatsiya uchun ketgan mahsulot bo‗ladi. Resurs shaklida
bo‗lgan, lekin ishlab chiqarish uchun sarflangan mahsulot o‗rnini qoplash uchun
kerak. Shu sababli uni chegirib tashlash zarur. Bizning misolda 100 mln.-20 mln.= 80
mln. Mana shu miqdor sof milliy mahsulotni tashkil etadi, u hali iste‘mol va ishlab
chiqarish omillarining ortib borishini ta‘minlay oladi. SMM mohiyati bilan mehnat
tufayli yangidan hosil etilgan mahsulot bo‗lib, u pul shaklida o‗lchanadi. SMM ikki
qismdan iborat: 1) zaruriy mahsulot: 2) qo‗shimcha mahsulot. Zaruriy mahsulot -
SMM yaratishda o‗z mehnati bilan ishtirok etganlarning - ishchi-dehqon,
xizmatchilarning ishlash qobiliyatini tiklash, oilasini ta‘minlash uchun ketadigan
mahsulot. Qo‗shimcha mahsulot zaruriy mahsulotdan ortiqcha bo‗lgan mahsulotdir.
Agar zaruriy mahsulot ish kuchi egalariga yoki mehnat sohiblariga tegsa, qo‗shimcha
mahsulot moddiy-ashyoviy omil egalariga, ularning daromaddagi hissasiga qarab
beradi. SMM ni yaratishda ishtirok etgan omillar egasiga daromad bo‗lib - yer
egasiga - renta, kapital egasiga - foyda va foiz, ish kuchi egasiga - ish haqi,
menejerga - ish haqi va foyda shaklida tegadi.
SMMning jamiyat a‘zolariga ularning daromadi sifatida tekkan qismi milliy
daromad (MD) deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: