Υ
t
/
N
t
= const
yoki
Ý
t
=
Ň
t
,
bu yerda:
N
t
- foydalanilayotgan resurslar soni (masalan, band bo‗lganlar soni);
Ň
t
- resurslarning ma‘lum davrda o‗sishi.
Iqtisodiy o‗sishning ikkinchi shakli intensiv o‗sish deb atalib, bunda
YaIMning o‗sishi foydalanilayotgan resurslar hajmini o‗sishiga qaraganda tezroq
bo‗ladi.
Ý
t
>
Ň
t
,.
Ma‘lumki, iqtisodiyotning intensiv o‗sishi jamiyat taraqqiyotining asosi
hisoblanadi. Shu bilan birga ekstensiv o‗sish iqtisodiy o‗sishning sodda shakli
hisoblanadi.
Uning asosiy afzalligi xo‗jalik rivojlanishi sur‘atini oshirishning oson yo‗li
ekanligi hamda mamlakat iqtisodini nisbatan tez va arzon o‗sishni ta‘minlaydi.
Ekstensiv o‗sish tarixan intensiv o‗sishdan oldin kechadigan jarayon. Har bir
mamlakat o‗z vaqtida ekstensiv o‗sishni boshdan kechiradi. Misol uchun, G‘arb
86
mamlakatlari XX asrning birinchi yarmida ekstensiv o‗sishdan intensiv o‗sishga
o‗tganlar. Golland iqtisodchisi Y.Tinbergenning ma‘lumotlariga ko‗ra 1870-1914
yillarda ekstensiv va intensiv o‗sishning o‗zaro nisbati quyidagi ko‗rinishda
bo‗lgan (1-jadval)
1-jadval
Iqtisodiy o‗sishda ekstensiv va intensiv omillarning nisbati
Mamlakat
O‗sishning ekstensiv/intensiv omillari %
Buyuk Britaniya
80/20
Germaniya
60/40
AQSh
73/27
Keyinroq amerikalik iqtisodchi R.Solou AQShda 1909-1949 yillarda
YaIMning 80%dan ortiq o‗sishiga texnik taraqqiyot, ya‘ni intensiv o‗sish sabab
bo‗lganini aniqladi.
Turli omillarning iqtisodiy o‗sishga ta‘sirini hisoblash bo‗yicha yirik
tadqikotchilardan biri bo‗lib amerikalik iqtisodchi E.Denison tanilgan. U iqtisodiy
o‗sishni izohlovchi omillarni ikki toifaga ajratadi. Birinchi toifaga ishlab
chiqarishning jismoniy omillari (mehnat va kapital), ikkinchi toifaga mehnat
unumdorligini oshishi kiritildi.
Inson omilining ta‘sirini hisoblashda faqat ishchi kuchining sonigina emas,
balki ishchilarning jinsi, yoshi, ma‘lumoti va kasbiy tayyorgarligidan kelib
chiqadigan mehnat unumdorligini hisobga olgan, Kapital omili ta‘sirini hisoblashda
ham u bir qator o‗zgartirishlar kiritgan, ya‘ni turar joy, ishlab chiqarish dastgohlari,
sanoat inshootlari, tovarlar zahirasi, xorijiy investitsiyalar ta‘sirini ham hisobga olgan.
Shularni hisobga olgan holda har bir alohida omilning iqtisodiy o‗sishga qo‗shgan
hissasini aniqlagan.
Mehnat unumdorligani iqtisodiy o‗sishga ta‘sirini hisoblashda E.Denison
fikricha bu ta‘sir quyidagi jarayonlar natijasida hosil bo‗ladi:
1.
Texnologik bilimlarni chuqurlashuvi yoki ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish sharoitni yaxshilanishi.
2.
"Qo‗ldan berilgan imkoniyatni qayta tiklash", bu yuqori rivojlangan
mamlakatlar tomonidan qoloq mamlakatlarga o‗z bilim va tajribalarini berish va bu
87
orqali ularni optimal nuqtaga yetkazish.
3.
Ishlab chiqarishning jismoniy omillarini yaxshilanishi, bu omillarni
ko‗proq foyda keltiradigan soha va mintaqalarga sarflanishi. Qachon omillarni
joylashtirishda optimal holat yuzaga kelsa, ishlab chiqarish o‗sadi. E.Denisonning
fikricha bu xildagi optimallashtirishning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
a) qishloq xo‗jaligini intensivlashuvi natijasida hosil bo‗lgan ortiqcha ishchi
kuchini joylashtirilishi natijasida yig‗ilgan kapitalni yaxshiroq ishlatilishini
ta‘minlanadi;
b) kichik, mustaqil ishlab chiqaruvchilar sektorini qisqartirish (qishloq
xo‗jaligidan tashqari band bo‗lganlar) orqali agrar sektorda bo‗layotgan o‗xshash
o‗zgarishlarga erishish;
v) xalqaro savdodagi mavjud cheklovlarni bekor qilish orqali xalqaro mehnat
taqsimotini yaxshilash.
4. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va milliy bozorlarning yiriklashuvi orqali
iqtisodiyot masshtablarining o‗sishi.
Yaponiyada iqtisodiy o‗sishning 50 % mehnat va kapital sarfi xarajatlarini
oshirish hisobiga, qolgani mehnat unumdorligini o‗stirish hisobiga ro‗y berdi.
E.Denisonning fikricha, Yaponiyadagi iqtisodiy o‗sishning asosiy omili - bu kapital
ko‗yilmalarning hajmini oshishiga bog‗liq bo‗lgan. Bu omil hisobiga 1948-1969
yillardagi yillik 8,81 % iqtisodiy o‗sishning 2,1 %ga to‗g‗ri kelgan. Texnologik
rivojlanish hisobiga 1,97 %, ishlab chiqarishning kengaytirilishi hisobiga 1,94 %,
iqtisodiy resurslarning samarali joylashtirilishi hisobiga 0,94 % to‗g‗ri kelgan.
Oxirgi omilning ta‘sirini yuzaga kelishiga sabab qishloq xo‗jaligining iqtisodiyotdagi
salmog‗ini tahlil qilinayotgan oralikda 35,6 %dan 14,6 %ga qisqarishi hisoblanadi.
E.Denison tahlili juda qiziqarli va kutilmagan xulosalarga boy, mantiqiy
ketma-ketliqda va aniq edi, shunga qaramay bu tahlil e‘lon qilingach, juda ko‗p
tanqidiy fikrlar paydo bo‗ldi. Tadqiqotlarning asosiy kamchiligi – E.Denison
tomonidan omillarning iqtisodiy o‗sishga ta‘sirini alohida o‗rganganligida va bunda
ularning o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro ta‘sirini e‘tibordan chetda qoldirganligida
bo‗ldi.
88
1970- yillarda AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotning
o‗sishi sekinlashdi. Bunga asosiy sabab, mehnat unumdorligi o‗sish sur‘ati
pasayganligi bo‗ldi. 1980-1990 yillarda bu sur‘at bir muncha o‗sgan bo‗lsada, lekin
"tez iqtisodiy o‗sishning oltin davri" deya ta‘riflangan 1960- yillardagi darajaga eta
olmadi. Mehnat unumdorligi o‗sishining pasayishini iqtisodchilar qator sabablar
ta‘siri bilan izohlaydilar:
•
Ishchi kuchini jinsiy/yoshi tuzilmasi holatini yomonlashishi bilan (yoshlar
sonini nisbatan ko‗payishi, urushdan keyingi yillarda tug‗ilganlar sonini ko‗payishi
va qisman ish bilan bandlar sonini ko‗payishi);
•
atrof-muhitni yaxshilash uchun xarajatlarning ko‗payishi;
•
shu davrda dunyo bozorida neft narxlarining oshib ketishi (10-11 barobar);
•
yangiliklarni kiritishni kamayib ketishi;
•
davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning kuchayishi.
Ba‘zi mualliflarning ta‘kidlashlaricha, neft narxlarining oshishi natijasida
mavjud kapitalning qadrsizlanishi va yangi sarmoyalar ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish o‗rniga mazkur kapitalni qoplashga yo‗naltirilishi sababli iqtisodiy
o‗sish sur‘atlariga ta‘sir ko‗rsatadi. Shubhasiz, bunday argument tahlil qilinayotgan
davrga nisbatan to‗g‗ri bo‗lishi mumkin, biroq, energiya jamg‗arish tarmoqlarida
energetik texnologiyalarni almashtirgandan so‗ng iqtisodiyotning teskari rivojlanishi
- ishlab chiqarish sur‘atlarining o‗sishi kuzatiladi (80-90 yillar bunga misol bo‗la
oladi).
Ba‘zi olimlarning fikricha, davlat nazoratining kuchayishi esa barcha
tarmoklarda iqtisodiy o‗sishga salbiy ta‘sir ko‗rsatgan. Shuningdek, R.Dornbush va
S.Fisher bu to‗g‗risida shunday adolatli fikrni bildirganlar: «Davlatning aralashuvi,
masalan iflosgarchilikni oldini olishga qaratilgan harakatlari atrof-muhitning
tozaligiga va millatning sog‗ligiga katta hissa qo‗shadi, ammo YaIM o‗sishida hech
qanday ta‘siri bo‗lmaydi».
Intensiv o‗sish modeli bir qator yangi tavsiflarga, xususiyatlarga va
ustunliklarga ega:
89
- iqtisodiyot o‗sishining bir muncha qiyin usuli bo‗lib, unda ilmiy-texnik
rivojlanish hal qiluvchi o‗rinni egallaydi. Shunga muvofiq, u ishlab chiqarish
kuchlari, texnika, texnologiyalarning yuqori darajada o‗sishini va xodimlarning
yuqori ma‘lumotini va mutaxassisligini nazarda tutadi;
- iqtisodiyotning aynan mana shu o‗sish usuli resurslarning chegaralanganlik
muammosini hal etish imkonini beradi. Bu esa, aynan mana shu usulda iqtisodiy
o‗sishining asosiy manbalaridan biri bo‗lib, resurslarni tejash hisoblanadi, bu jamiyat
uchun resurslar o‗sishiga qaraganda bir muncha arzonga tushadi. Misol uchun, 1 t.
yoqilg‗ini tejash (7 ming kilokaloriya), 1 t. yoqilg‗ini qazib chiqarishga qaraganda 3-
4 marotaba kam xarajatni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |