4.3. Ishlab chiqarish jarayonida qo„llaniladigan omillarning umumiy
samaradorligini aniqlash
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko‗rsatkichlarining barchasini
uch guruhga birlashtirish mumkin:
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning vaqt bo‗yicha darajasini
aks ettiruvchi ekstensiv foydalanish ko‗rsatkich;
- asosiy fondlardan quvvati unumdorligi bo‗yicha foydalanish darajasini aks
ettiruvchi intensiv foydalanish ko‗rsatkichi;
- barcha omillar ta‘sirini hisobga oluvchi, ham intensiv va ham ekstensiv,
asosiy fondlardan foydalanishning integral ko‗rsatkichi.
Birinchi guruhga - jihozlardan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, jihozlar
ishining o‗zgarishi koeffitsienti, jihozlarni ish bilan band qilish koeffitsienti, jihozlar
ishi smena tartibi (rejimi) vaqti koeffitsienti.
Jihozlardan ekstensiv foydalanish koeffitsientini qo‗yidagi formula yordamida
aniqlash mumkin:
K
eks
=
t
j.h.
/
t
j.r.
bu yerda:
t
j.h.
- jihozlarning haqiqiy ishlagan vaqti, soat;
90
t
j.r.
- jihozlarning reja (me‘yor) bo‗yicha ishlash vaqti (korxona ish rejimi va
rejali ta‘mir o‗tkazish uchun kerak minimal vaqtni hisobga olib, o‗rnatiladi).
Misol. Agar 8 soatlik smenada, ta‘mirlash o‗tkazish uchun rejalashtirilgan
ishlar vaqti 1 soat, dasturning haqiqiy ishlagan vaqti 5 soat bo‗lsa, ekstensiv
foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng:
K
eks
= 5/8-1=0,71.
Demak, dastgohning (stanok) rejalashtirilgan ish vaqtidan 71% foydalanilgan.
Jihozdan ekstensiv foydalanish uning ishining smenalik koeffitsienti bilan ham
tavsiflanadi. Smenalik koeffitsienti berilgan turdagi jihozlarning kun davomida
ishlaganlari umumiy sonini eng katta smenada ishlagan dastgohlar soniga nisbati kabi
aniqlanadi.
Bu koeffitsient har bir jihoz yil davomida o‗rtacha necha smena ishlaganligi
ko‗rsatadi.
Smenalik koeffitsientning soddalashtirilgan hisobi qo‗yidagicha: tsexda 270
dona jihoz o‗rnatilgan, ulardan birinchi smenada 200 ta jihoz, ikkinchi smenada 190
ta jihozlar ishladi. Smenalik koeffitsienti:
K
sm
=(200+190/270)=1,44 bo‗ladi.
Jihozlar ishining smenalik koeffitsientini oshirish korxona iqtisodiga katta
ahamiyatga ega.
Jihozlarning smenalik ishini oshirishning asosiy yo‗nalishlari:
- ta‘mir ishlarini yaxshi tashkil etish, ta‘mir ishini tashkil etishning ilg‗or
usullarini qo‗llash;
- ommaviy ishlab chiqarishni va jihozlarni ish bilan yuklanishini o‗sishini
ta‘minlovchi ish o‗rnining ixtisoslashtirilganlik darajasini oshirish;
- ishning bir me‘yordaligini oshirish;
- ish o‗rniga xizmat ko‗rsatishni tashkil etishda, dastgoh ishchilariga tayyorlov
mahsulotlari, uskunalar bilan ta‘minotida kamchiliklar bilan bog‗liq to‗xtashlarni
kamaytirish;
91
- asosiy va ayniqsa, yordamchi ishchilarning mehnatini mexanizatsiyalash va
avtomatizatsiyalash. Bu ishchi kuchini bo‗shatish va uni og‗ir yordamchi ishdan
ikkinchi va uchinchi smenadagi asosiy ishga o‗tkazishga imkon beradi.
Jihozlarni ish bilan yuklash koeffitsienti
ham jihozlarni vaqt ichida
foydalanishni bildiradi. U asosiy ishlab chiqarishda bo‗lgan mashina narxining
hammasi uchun o‗rnatiladi va jihozda tayyorlanadigan hamma mahsulotlar mehnatga
talabchanligining jihoz ishining vaqt fondiga nisbati kabi hisoblanadi. Shunday qilib,
jihozlarni ish bilan yuklash koeffitsienti smenalik koeffitsientidan farqli ularoq,
mahsulotlarning mehnatga talabchanligi haqida ma‘lumotlarni hisobga oladi.
Amalda,
ish
bilan
ta‘minlanganlik koeffitsienti, odatda, smenalik
koeffitsientining yarimiga (ikki smenalik ish rejimida) va uchdan bir qismiga (uch
smenalik rejimda) teng deb olainadi. Bizning misolda:
K
i.t
= 1,44/2 = 0,72.
Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsenti asosiy texnologik jihozning faktik
unumdorligi uning normativ (me‘yoriy) unumdorligiga nisbati bilan aniqlanadi.
Ya‘ni, progressiv, texnik asoslangan unumdorlik.
Bu ko‗rsatkichni hisoblashda quyidagi formuladan foydaliniladi:
K
int.
=
M
f
/
M
t
bu yerda:
M
f
– vaqt birligida jihozda ishlab chiqarilgan mahsulotning faktik miqdori;
M
t
- vaqt birligida jihozning texnik asoslangan mahsulot ishlab chiqarishi
(jihozning pastport ma‘lumotlariga asosan olinadi).
Misol.
Jihoz smena davomida 5 soat ishladi. Uning 3 soatlik bekor turishini
faraz qilib, jihozdan intensiv foydalanish koeffitsientini hisoblab, 5 soat ichida undan
foydalanish samaradorligini tahlil qilamiz. Faraz qilaylik, jihozning pasport bo‗yicha
quvvati bir soatda 100 mahsulot birligiga teng, 5 soat davomida haqiqatdan ham u 80
mahsulot birligini chiqardi. Unda,
K
int.
=80/100=0,8.
Demak, jihoz quvvatidan 80% foydalanildi.
92
Asosiy fondlardan foydalanishning uchinchi guruh ko‗rsatkichlariga,
jihozlardan foydalanishning integral koeffitsienti, ishlab chiqarish quvvatidan
foydalanish koeffitsienti, fond qaytimi, fond sig‗imi koeffitsientlari kiradi.
Jihozlardan foydalanishning integral koeffitsienti jihozlardan foydalanishning
ekstensiv va intensiv koeffitsientlarining hosilasi sifatida aniqlanadi va jihozlarni vaqt
bo‗yicha hamda quvvati bo‗yicha ekspluatatsiya qilinishini ifodalaydi.
Bizning misolda
K
ekst
=0,71;
K
int.
=0,8. Demak, integral foydalanish
koeffitsienti:
K
int.f.
=
K
eks.
x
K
int.
- 0,71x0,8 = 0,57.
Shunday qilib, bu ko‗rsatkich miqdori hamma vaqt oldingi ikki ko‗rsatkich
miqdorlaridan past, chunki u jihozlardan ekstensiv, ham intensiv foydalanish
kamchiliklarini bir yo‗la hisobga oladi. Ana shu ikki omillarni hisobga olganda
jihozdan faqatgina 57% foydalanilgan.
Asosiy fondlardan yaxshi foydalanishning natijasi hammadan oldin ishlab
chiqarish hajmining oshishidir. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlardan
foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko‗rsatkichi ishlab chiqarilgan
mahsulotni uni ishlab chiqarishida ishlatiladigan jami asosiy fondlar bilan andozalash
tamoyili asosida qurilishi kerak. Bu ishlab chiqarilgan mahsulotning har bir so‗m
asosiy fondlar qiymatiga to‗g‗ri keladigan miqdoriy ko‗rsatkichi bo‗lib, u fond
qaytimi deyiladi.
Fond
qaytimi
ko‗rsatkichini aniqlash uchun qo‗yidagi formuladan
foydalaniladi:
F
q
=
T
/
F
.
bu yerda,
T
- tovar yoki yalpi, yoki sotib bo‗lgan mahsulot hajmi, so‗m;
F
- korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‗rtacha yillik qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning o‗rtacha yillik qiymati quyidagicha
aniqlanadi:
F
o„.y.
=
F
1
+
12
12
2
2
1
n
Ф
n
Ф
93
bu erda:
Ф
1
- korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati,
so‗m;
Ф
k
- yil davomida yangi qo‗shilgan asosiy ishlab chiqarish fondlar
qiymati, so‗m;
Ф
2
- yil davomida eskirib, ishdan chiqqan asosiy ishlab chiqarish
fondlarining qiymati, so‗m;
n
1
– yangi fond qo‗shilgan vaqtdan boshlab, to‗liq oylar soni;
n
2
– eski fondning chiqqan vaqtidan boshlab, to‗liq oylar soni.
Fond qaytimi asosiy fondlardan foydalanishning eng muhim ko‗rsatkichidir.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida fond qaytimining o‗sishi murakkablashadi,
chunki, mehnat sharoitini yaxshilash, tabiatni asrash va hokazolarga yo‗naltirilgan
xarajatlar ko‗payishi, joriy etishga tayyor jihozlarni almashtirilishi, bu ko‗rsatkichni
pasaytiradi.
Mahsulotning fond sig‗imi – fond qaytimining teskari ko‗rsatkichi bo‗lib, har
bir so‗m chiqarilgan mahsulotga asosiy fondlar qiymatining ulushini ko‗rsatadi. Agar
fond qaytimi oshishga mayl etilishi lozim bo‗lsa, mahsulotning fondga talabchanligi
esa pasayishga mayl bo‗lishi kerak.
Korxona ishining samaradorligi ko‗p miqdorda mehnatni fond bilan
qurollanganligi darajasi bilan bog‗liqdir. Bu ko‗rsatkich korxona asosiy ishlab
chiqarish fondi qiymatining ishchilar soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu miqdor
uzluksiz o‗smog‗i kerak, chunki, texnik qurollanish bunga bog‗liq, demak mehnat
unumdorligi ham bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: |