O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


  5.4. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

 


112 
5.4. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati 
 
Iqtisodiy o‗sishni ko‗pchilik modellariga kam omilli konsepsiyasi xarakterlidir. 
Iqtisodiy o‗sish modellari odatda ikki omilli yoki ayrim hollarda bir omilli bo‗ladi. 
Iqtisodiy o‗sish nuqtai nazarida mehnatning nafaqat miqdori balki, sifati ham katta 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Mehnat sifati, ya‘ni uning murakkabligi uni 
bajaruvchilarning bilim darajalari, amaliy tajribalari, murakkab operatsiyalarni 
bajarish qobiliyatlari, chaqqonligi kabi ko‗rsatkichlar bilan baholanadi. 
Empirik modellarga omil sifatida kiruvchi mehnat inson faoliyatning faqat 
miqdoriy ko‗rsatkichini ifodalovchi tor ma‘nodagi tushunchadir. Bunday modellarda 
mehnat hajmi ko‗p hollarda bajarilgan ish soatlari yoki ishlab chiqarishda band 
bo‗lgan odamlar soni bilan belgilanadi. 
Ayrim hollarda mehnat sifatini aniqlashga harakatlar bo‗lgan edi. Bunda 
mehnat sifatini aholining bilim darajasi, mehnatkashlarning yoshi va jinsi kabi 
ko‗rsatkichlar bian izohlangan. 
Yuqorida qayd qilganimizdek, kam omilli modellarda mehnat va asosiy 
fondlardan tashqari ayrim hollarda boshqa omillardan ham foydalanishimiz mumkin. 
Bu omillar o‗z ma‘nolarini bo‗yicha uch guruhga bo‗linadi.
Birinchi guruh ishlab chiqarish resurslarining turlari, masalan ekin maydonlari 
va yer osti qazilma boyliklaridir.
Ikkinchi guruh mehnat va asosiy fondlarning sifat xususiyatlari hisoblanadi.
Uchinchi guruh omillari ishlab chiqarish shart-sharoitlarini ifodalovchi 
xususiyatlardir. Masalan, ishlab chiqarishni tashkil qilinish darajasi, ishlab 
chiqarishning institutsional shakllarining miqdor va sifat xususiyatlari, tashqi savdo 
aloqalari omillarning birinchi yoki uchinchi guruhlariga taalluqli bo‗ladi. 
Mehnatning har bir aniq shakli har xil murakkablik darajasida namoyon 
bo‗ladi. Sarf qilingan mehnatlarning murakkablik darajasini o‗lchash, aniqlash 
imkoniyati mavjud emas, ularning har birining sifat o‗zgarishini alohida taxminiy 
baholash mumkin. Bu sifat o‗zgarishlarini ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichlar ishchilar 


113 
tarkibi malakasi va uning o‗zgarishi, har xil kasbiy tayorgarliklarini va malakalarini 
talab kiluvchi mehnat turlari o‗rtasidagi nisbatlar bo‗ladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin