O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Nazorat savollari 
1. Bir va ko‗p o‗lchamli o‗sishning qiyosiy tahlili nimadan iborat? 
2. Iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning ekonometrik modellarini tushuntiring. 
3. Milliy daromad va iqtisodiy o‗sish nima? 
4. Iqtisodiy o‗sish va rivojlanishga xarakteristika bering. 
5. Ishlab chiqarish funksiyalarining qanday turlari mavjud? 
Q
s
 
Q
D
 
Q
0
 


P
1
 
P
0
 
Q
1
 
Q
S
1
 
Q
s
 
Q
S
1
 
Q
D
 
Q
0
 


P
0
 
Q
1
 
P
1
 

Q
s
 
Q
S
1
 
Q
D
 
Q
0
 


P
2
 
P
0
 
Q
1
 
P
1
 




100 
6. Mehnat unumdorligini tushuntirib bering?
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda nimani tushunasiz? 
8. Ishlab chiqarish funksiyasi yordamida nimani aniqlash mumkin? 
9. Iqtisodiy muvozanat nima? 
10. Muvozanat modellarining qanday turlari mavjud? 


101 
V bob. BIR OMILLI VA KO„P OMILLI IQTISODIY RIVOJLANISh 
MODELLARI 
5.1. Ishlab chiqarishning miqdoriy o„zgarishi. 
5.2. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar. 
5.3. Ishlab chiqarishdagi sifat o„zgarishlar. 
5.4. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati. 
5.5. Bir omilli empirik modelda mehnat omili. 
5.6. Ko„p omilli iqtisodiy rivojlanish modelida omillar to„plami. 
5.1. Ishlab chiqarishning miqdoriy o„zgarishi 
Iqtisodiy adabiyotlarda butun ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligiga baho 
berish masalasi keng yoritilgan. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 
nazariyasini tadqiq qilish bilan ko‗plab olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
borishgan. Shunga qaramay, uning ayrim jihatlari chuqur tadqiq qilinmasdan, 
munozaraligicha qolmoqda. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat 
samaradorligini miqdoriy yondashuvlar asosida baholash haqidagi masalalar shular 
jumlasidandir. 
Iqtisodiy 
fanlarning 
rivojlanib 
borishi 
jarayonida 
mehnat 
samaradorligini baholashda miqdoriy yondashuvlar tadqiq qilingan bo‗lsada, biroq 
ushbu tadqiqotlarda mavjud miqdoriy yondashuvlarning mohiyati va o‗zaro 
samaradorlik ko‗rsatkichlarini taqqoslash masalalari tadqiqot obyekti sifatida tadqiq 
etilmagan. 
Mehnat samaradorligini miqdoriy yondashuvlar asosida baholash, ularning 
barchasi umumiy bo‗lgan belgilari bo‗yicha bir-biridan farq qiluvchi ―resurs-sarf‖ va 
―maqsadga yo‗naltirilganlik‖ yondashuvlarga bo‗linadi. Quyida ularning mohiyati va 
mazmunini batafsil tahlil qilib chiqamiz. 
Birmuncha keng tarqalgan ―resurs-sarf‖ yondashuvda mehnat samaradorlikni 
o‗lchash unumdorlik ko‗rsatkichlaridan foydalanish orqali ifodalanadi. ―Resurs-sarf‖ 
yondashuvi orqali mehnat samaradorligini baholashda mehnat unumdorligi 
ko‗rsatkichlaridan foydalanishda unumdorlik va samaradorlik tushunchalarining 


102 
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko‗ra turli xil kategoriyalar ekanligi hisobga olinmog‗i 
lozim. Agar unumdorlik tushunchasi faqat ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‗liq 
bo‗lsa, samaradorlik shu faoliyat natijasi bilan aniqlanadi. Resurs-sarf yondashuvi 
doirasida unumdorlik va samaradorlikning o‗zaro bog‗liqligining asosiy sababi 
shundaki, bu yondashuv XIX asrning boshlarida, ya‘ni industrial iqtisodiyotning 
shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga kela boshlagan. Albatta, bu holda 
resurslar yondashuvi moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish ommaviy standartlash 
asosida samaradorlikni baholash masalasini nazarda tutadi. Bunda asosiy maqsad 
bo‗lib ―eng kam sarf qilib yuqori xo‗jalik foydasiga erishish‖ hisoblanadi. Mazkur 
maqsaddan kelib chiqqan holda shuni qayd etishimiz mumkinki, industrial iqtisodiyot 
sharoitida moddiy ishlab chiqarish asosiy ahamiyatga ega bo‗lgan. Natijada bu 
yondashuvga asosan har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi - maksimal 
foyda olish hisoblanadi. Yana shuni ta‘kidlash mumkinki, XX asrning boshlarida 
ham kam sarflar evaziga yuqori foyda olish samarali faoliyatning asosiy maqsadi, 
balki iqtisodiyot nazariyasi fanining ham birlamchi maqsadi hisoblangan. 
Mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsuldorligi iqtisodiy 
makonning bir-birini to‗ldirib turuvchi parametrlaridir. Chunki, ular ayni bir o‗sha 
obyektning – ishlab chiqarilgan mahsulotini turli tomondan, ya‘ni jonli mehnatni 
tejash, ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish va jamiyat ehtiyojini mumkin qadar 
qondirish tomonidan ko‗rib chiqadi. Iqtisodiy makonning aniqlangan parametrlari 
tabiiydir, chunki ular iqtisodiy hodisalar mohiyati va tabiatini aks ettiradi. Shunday 
qilib, resurs-sarf nuqtai nazaridan mehnat samaradorligi va mehnat unumdorligini 
tahlil qilishda bir xil ko‗rsatkichlar sifatida tadqiq etiladi. Shuning uchun resurs-sarf 
yondashuvi bo‗yicha mehnat samaradorligini baholashda unumdorlik ko‗rsatkichlari 
tizimiga to‗xtalish maqsadga muvofiq. 
Ushbu unumdorlik ko‗rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish omillari nazariyasi 
asosida amal qiladi. Mazkur nazariyaga muvofiq unumdorlikning asosiy vazifasi - 
minimal sarflar asosida maksimal natijalarga erishish hisoblanadi. Bunga ko‗ra 
unumdorlikni umumiy formulasi quyidagicha: 
U
rs
=
M
ich
/
C

(1) 


103 
bu yerda: 
U
rs
– resurs-sarf yondushuvida unumdorlik; 
M
ich
– mahsulot ishlab chiqarish hajmi; 
C
 
– qilingan sarf miqdori. 
Mazkur ko‗rsatkichni hisoblashda bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi 
unumdorlikni ajratib ko‗rsatishimiz mumkin: xususiy unumdorlik, umumiy 
unumdorlik, ko‗p omilli va ishlab chiqarish omillarining yalpi unumdorligi. 
Xususiy unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foydalaniladigan bir 
resursni pirovard natijaga nisbatan tavsiflaydigan ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich ishlab 
chiqarishning bir omilli samaradorligini namoyon etadi. 
Umumiy unumdorlik – ishlab chiqarish omillari sifatida bir necha resurslarni 
pirovard natijalariga nisbatan tavsiflovchi ko‗rsatkich. Mazkur ko‗rsatkich ishlab 
chiqarish omillarining samaradorligini ifodalaydi. 
Yalpi unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foylanadigan barcha 
resurslarni barcha pirovard natijaga nisbatini tasniflaydigan ko‗rsatkich bo‗lib, yalpi 
faoliyat samaradorligini ifodalaydi. 
Shuni e‘tirof etish mumkinki, yalpi, umumiy va xususiy unumdorlik qabul 
qilingan ko‗rsatkichlar bo‗lib, ishlab chiqarishning barcha darajalarida, ya‘ni tarmoq, 
soha, hudud yoki alohida korxona miqyosida foydalanish mumkin. 
Unumdorlikni hisoblashda xususiy unumdorlik ko‗rsatkichini hisobga oluvchi 
ishlab chiqarishning uch omili (mehnat, kapital va materiallar) asosida aniqlanadi (1-
jadval). 
Hozirda amal qilayotgan unumdorlik ko‗rsatkichlari turlicha bo‗lib, tarkibiga 
mehnat unumdorligi, material qaytimi, fond qaytimi, rentabellik kabilarni qamrab, 
ularni hisoblash yagona tamoyil asosida ishlab chiqarish natijalarini sarflarga nisbati 
asosida (1-formula asosida) amalga oshiriladi. 
Quyidagi 1-jadval ko‗rsatkichlar tasnifi ishlab chiqarish natijalarini (ishlab 
chiqarish hajmi, foyda, qo‗shilgan qiymat) hamda ishlab chiqarish omillari mezon 
asosida turli xil variantlardan foydalanish bo‗yicha tuzilgan. 
Ushbu tasnifda unumdorlik qiymat va natural ko‗rinishida ifodalangan. 


104 
1-jadval 
Ishlab chiqarish omillari unumdorligining asosiy ko‗rsatkichlari 
Natija,sarflar

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin