5.3. Ishlab chiqarishdagi sifat o„zgarishlar
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir qiluvchi va ishlab chiqarishda amal qiladigan kuchlar -
uning omillari hisoblanadi. O‗sish yuz bermasa iqtisodiyot statik (o‗zgarmas),
aksincha bo‗lsa, dinamik (rivojlanuvchi) holatda bo‗ladi. Iqtisodiy dinamikani esa
ishlab chiqarishni o‗stiruvchi omillar ta‘minlaydi. Eng so‗nggi iqtisodiy o‗sish
nazariyalariga ko‗ra, omillarning asosiylari: tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
mehnat resurslarining miqdori va sifati; ishlab chiqarishdagi asosiy kapital (fond)
108
miqdori va tarkibi; ishlab chiqarishning texnologiya darajasi. Bu ishlab chiqarish
omillarining hajmi va sifatini bildiradi, iqtisodiy o‗sish imkoniyatlarini anglatadi.
Iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashning quyidagi yo‗llari mavjud:
- ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
- fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning
texnik-iqtisodiy darajasini ko‗tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini
qisqartirish;
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatsiyalash va
hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
- boshqarishning strukturasi, moliyalash, baholash va kreditlash hamda
rag‗batlantirish tizimini takomillashtirish;
- inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va
tashabbusini oshirishni yo‗lga qo‗yish;
- investitsiyalarni keng jalb qilish.
Iqtisodiy o‗sishini ta‘minlashning hal qiluvchi yo‗llaridan yana biri - fan-
texnika taraqqiyotini jadallashtirish orqali innovatsiyalarni joriy qilishdir.
Innovatsiyalar qo‗llash xususiyatlariga ko‗ra ikkita guruhga ajratiladi:
- yangi mahsulotlarni, buyumlar, moddalar, yarimfabrikatlar, butlovchi
qismlarni qo‗llashni yangi yoki mukammallashtirilgan mahsulotlarni yaratishni
qamrab olgan mahsulot ko‗rinishidagi innovatsiyalar;
- ishlab chiqarishni tashkil qilish yangi usullarni, yangi jarayonlarni, yangi
texnologiyalarni va ular bilan bog‗langan yangi jihozlar va asbob-uskunalarni qamrab
olgan jarayon ko‗rinishidagi innovatsiyalar.
Innovatsiyalarni quyidagi turlarini ajratiladi:
1. Yangiligiga ko‗ra:
- yirik ixtirolarni amalga oshiradigan va texnikani yangi bo‗g‗inlarini va
rivojlanish yo‗nalishlarini shakllantirilishga asos bo‗ladigan bazis innovatsiyalar;
odatda mayda va o‗rta ixtirolarni amalga oshiradigan va ilmiy-texnik rivojlanish
davrni tarqalish va barqaror bosqichlarida ustunlik qiladigan yaxshilaydigan
109
innovatsiyalar; eskirgan texnika va texnologiya bo‗g‗inlarini qisman yaxshilanishiga
qaratilgan soxta innovatsiyalar.
2. Qo‗llanish xususiyatlariga ko‗ra:
- yangi mahsulotlarni ishlab chikarishga va ishlatishga yo‗naltirilgan mahsulot
innovatsiyalari; yangi texnologiyani yaratishga va tatbiq qilishga qaratilgan
texnologik innovatsiyalar;
- yangi tuzilmalarni qurish va harakatlantirishga moslangan ijtimoiy bir necha
o‗zgarishlarni
ifodalaydigan
kompleks
innovatsiyalar;
yangi
bozorlarda
mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarni qondiradigan bozor innovatsiyalari.
3. Kelib chiqish sababi va manbasi bo‗yicha:
- fan va texnika rivojlanishidan kelib chiqqan innovatsiyalar;
- ishlab chiqarishning ehtiyojlarlaridan kelib chiqqan innovatsiyalar;
- bozor ehtiyojlarlaridan kelib chiqqan innovatsiyalar.
4. Qayta ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyatiga ko‗ra:
- iste‘mol innovatsiyalar; investitsion innovatsiyalar.
5. Innovatsiyani masshtabi bo‗yicha:
- murakkab (sintetik) innovatsiyalar;
- sodda innovatsiyalar.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari inovatsiyalarning joriy qilinishi
bilan birga yuz beradi. Modernizatsiya yangilash, zamonaviylashtirish ma‘nolarini
bildirsa, innovatsiya yangiliklarni joriy qilish degan ma‘noni bildiradi. Innovatsiya
jarayonlari modernizatsiyaning ichida ketadi. Agar modernizatsiyalashni strategiya
deb olsak, innovatsiya jarayonlarini strategiyani amalga oshirish borasidagi taktik
faoliyat desa bo‗ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilinishida innovatsion jarayonlarning asosan
uchta yo‗nalishi muhim hisoblanadi:
1. Xorijiy texnika-texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi.
2. Mamlakatning ilm-fan slohiyati, ilm fan yutuqlarini, yangiliklarni ishlab
chiqarishga joriy qilish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining o‗zaro
hamkorligi.
110
3. Ishchi kuchining sifat darajasining yuqori bo‗lishi, tayyorlanayotgan
kadrlarning bilim darajasi va ularning yangilikka intilishi, yangi texnika va
texnologiyalarni o‗zlashtirish ko‗nikma va qobiliyatlarining shakllantirilganligi.
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlatning
ilmiy-texnologik taraqqiyot sohasida innovatsiya va investitsiya faoliyati uchun zarur
iqtisodiy imkoniyatlar yaratish o‗z tarkibiga soliq, moliya, kredit va bojxona siyosati
kabilarni qamrab oluvchi bilvosita tartibga solishni amalga oshirish davlatning asosiy
vazifalaridan sanaladi. Demak, davlat innovatsiya jarayonlarini bugungi kunda aynan
ular mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilaganligi tufayli ham tartibga solishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta‘kidlash mumkinki, davlat innovatsiya
siyosati 3 asosiy yo‗nalishga ajratiladi:
- innovatsiya faoliyatini faollashtirishni ta‘minlash. U o‗z navbatida
quyidagilarga bo‗linadi: fundamental tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlash, mamlakatda
korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan tijorat innovatsiyalari uchun zarur
iqtisodiy-ijtimoiy muhitni yaratish;
- ta‘lim, ma‘naviyat, ekologiya, ijtimoiy himoya, mudofaa kabi sohalarda
davlat mas‘uliyati talablariga javob beruvchi innovatsiyalarni yaratish va tarqatish
borasidagi maqsadli dasturlar bo‗yicha davlat buyurtmalarini moliyalashtirish;
- alohida korxonalar uchun manfaatdor, ammo zarur darajada yuqori daromad
keltirmaydigan ishlanmalar va yangiliklarni qo‗llab-quvvatlash va tanlab
rag‗batlantirishni amalga oshirish.
Yuqorida berilgan yo‗nalishlarni birinchisi, umuman, milliy korxonalar
raqobatbardoshligini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan, jumladan, korxonalarda ishchi
o‗rinlarini saqlash va yaratish bo‗lib, mazkur maqsadlar uchun soliq to‗lovchilar
hisobidan tushuvchi mablag‗lar sarflanadi.
Ikkinchi yo‗nalish ta‘minotchilar va individual iste‘molchilar o‗rtasida bevosita
ikki tomonlama kelishuvlar asosida o‗zlashtirilishi yoki sotilishi mumkin bo‗lmagan
iste‘mol bozoriga xizmat ko‗rsatadi.
Uchinchi yo‗nalish ikkinchi yo‗nalish bilan munosabatga ega, ammo uncha
kuchli bo‗lmagan oraliq hodisalar uchun mos bo‗lib, ularning tashqi ijtimoiy
111
samaralari o‗z o‗rniga ega va davlatning notijorat mezonlari u yoki bu
innovatsiyalarga nisbatan qo‗llaniladi.
Ilg‗or innovatsiyalarning kichik foizlarni tashkil etishi, bunda ilg‗or
innovatsiyalar nafaqat o‗zi uchun, shuningdek, samarasiz g‗oyalar uchun sarflarni
kompensatsiyalaydi.
1.
An‘anaviy ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi korxonalar
moliyaviy ko‗rsatkichlari yomonlashuvining oldini olish uchun alohida byudjet zarurati.
2.
An‘anaviy faoliyatdan farq qiluvchi innovatsiya faoliyatini baholash
mezonlarining qo‗llanishi. Masalan ―foydaning yillik o‗sishi‖ mezonini har doim
ham qo‗llab bo‗lmaydi, chunki innovatsiya mahsuloti yaqin istiqbol uch-to‗rt yilda
hech qanday foyda bermasdan, shundan so‗ng foyda keskin ko‗tarilib ketishi
mumkin.
3.
Barcha eskirgan vositalardan tizimli ravishda voz kechish, bu esa o‗z
navbatida resurslarni yangi ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun ozod etish
imkonini beradi.
4.
Natijalardan resurslar sarfiga investitsiyalarga qarab uzviy aloqaning
yo‗qligi.
5.
Aniq oraliq natijalar bermaydigan innovatsiyaga mablag‗ sarflashning oldini
olish maqsadida ishni to‗xtatish mumkin bo‗lgan muddatni to‗g‗ri tanlash.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash o‗z-o‗zidan mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan barcha turdagi iqtisodiy resurslarni oqilona ishlatishda asos bo‗ladi.
Bizga ma‘lumki, har qanday mamlakat milliy boyligining ortishi, uning
iqtisodiy o‗sishi, faqat tabiiy resurslar hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda
foydalanilayotgan texnika va texnologiyasining rivojlanganlik darajasiga ham
bog‗liq. Bu holatni P.Piltser quyidagi formula orqali izohlagan:
W
=
R
×
Tn
,
bu yerda:
W
– mamlakatning boyligi,
R
– tabiiy resurslar,
T
– texnologiya,
n
–
texnika taraqqiyotining texnologiyaga ta‘sir darajasi.
Dostları ilə paylaş: |