115
taqsimot shakllarini yaratishda katnashuvchi barcha asosiy omillarni e‘tiborga
olinishini taqozo etadi.
Ko‗p o‗lchamli iqtisodiy o‗sishni amalda keng qo‗llaniladigan bitta ko‗rsatkich
milliy boylik bilan xarakterlashimiz mumkin. Chunki, milliy
boylik tarkibiga tabiiy
resurslar, ishchi kuchi,
ishlab chiqarish fondlari, ilm-fan va boshqa iqtisodiy
ko‗rsatkichlar kiradi.
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish tahlilida iqtisodiy
faoliyatning ayrim
yo‗nalishlarini va mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini miqdoriy aniqlash
qo‗shimcha murakkabliklar bilan bog‗liq.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari
bir-biridan ham shaklan, ham
mazmunan farq qiladi. Bu elementlarning natural ko‗rinishlari ham, boshqa
ko‗rinishlari ham bir xil bo‗lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni
agregirlashni ham
turli sifatlarni bir vaqtda o‗lchaydigan va baholaydigan yagona,
umumiy shart
mavjud bo‗lgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda statistik ma‘lumotlar bilan ta‘minlash
muammolari yuzaga keladi. Chunki, ma‘naviy boyliklar va ishlab chiqarish hamda
iste‘mol bo‗yicha ko‗p hollarda kuzatuvlar olib borilmaydi. Ayrimlarini faqat tanlab
baholanadi va bu esa to‗liq bo‗lmagan statistik axborotga ega bo‗lishga sabab bo‗ladi.
Ayrim hollarda iqtisodiy o‗sishning elementlarini
va qoidalarini qisman
baholashgagina imkon beradigan statistik ma‘lumotlar mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: