O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Nazorat savollari 
1. Ishlab chiqarishning miqdoriy o‗zgarishi nimalardan iborat? 
2. Miqdoriy o‗zgarishda resurslarning rolini tushuntirib bering. 
3. Unumdorlik nima va u qanday o‗lchanadi? 
4. Qaysi tamoyillar asosida ishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar ajratiladi? 
5. Xorijiy investitsiyalar qanday taqsimlanadi? 
6. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini tushuntirib bering. 
7. Tarmoqlarda xorijiy investitsiyalar samaradorligini qanday aniqlash mumkin? 
8. Ishlab chiqarishdagi sifat o‗zgarishlar qanday aniqlanadi 


116 
9. Innovatsiya nima va uni tarmoqlar va korxonalarda qanday aniqlash mumkin? 
10. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati nimadan iborat? 
11. Mehnat va uning xususiyatlarini tushuntirib bering. 
12. Bir omilli empirik modelning mohiyatini tushuntirib bering. 
13. Mehnat unumdorligining o‗sishga olib keluvchi omillarni tushuntirib bering. 
14. Fan-texnika taraqqiyotini mohiyati nimalardan iborat? 
15. Ishlab chiqarish real hajmining o‗zgarishi nimalarga bog‗liq? 
16. Ko‗p omilli iqtisodiy rivojlanish modelida qatnashuvchi omillar nimalar? 


117 
VI bob. IQTISODIY RIVOJLANISH OMILLARI
6.1. Iqtisodiy rivojlanish omillari tasnifi. 
6.2. Iqtisodiy rivojlanishni aks ettiruvchi asosiy modellar. 
6.3. Iqtisodiy rivojlanishning asosiy indikatorlari. 
6.4. Iqtisodiy o„sish va rivojlanish tahlilining ekonometrik modellari. 
6.5. Iqtisodiy o„sishni ta‟minlashda intellektual iqtisodiyotni shakllantirish. 
6.1. Iqtisodiy rivojlanish omillari tasnifi
Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya sharoitida iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy omillarini ekonometrik usullar va kompyuter texnologiyalari 
yordamida o‗rganish, tadqiq qilish va ularni ilmiy asosda miqdoriy baholash zarur 
hisoblanadi. Umuman, bular, nafaqat butun iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga 
solishda, balki tarmoqlar, birlashmalar va korxonalar rivojlanish ko‗rsatkichlarining 
tahlilida, ular uchun uzoq muddatli prognozlar tuzishda ham e‘tiborga olinishi 
mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillarini, talab va taklif tomon omillari, kabi 
guruhlash asosiysidir. Umuman, talab va taklif omillari o‗zaro bog‗liqdir. Jami talab 
oshsa va qo‗shimcha resurslardan samarali foydalaniladigan bo‗lsa, ishlab chiqarish 
potensialining, taklifning oshishi kuzatiladi. Jami talab miqdori, uning o‗zgarishlari 
va taqsimlash va iste‘mol mexanizmining takomillashishi eng muhim omildir, lekin 
bu qanchalik muhim bo‗lmasin, uzoq muddat qaralganda, iqtisodiy o‗sish natijalari, 
taklif va ishlab chiqarish tomondagi omillar (xususan, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, 
inson salohiyati omili, intensiv omillar, 1-jadval) bilan belgilanadi. Shuningdek, 
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, xususan, boshqaruv qobiliyatining, umummilliy 
ma‘naviy-ruhiy muhitning ham roli beqiyosdir. 
Milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi mezon va 
ko‗rsatkichlarni aniq bilish, ularning qaysi omillarga va qanday bog‗liqliqda 
ekanligini aniq tasavvur qilish ham o‗ta muhimdir. Iqtisodiy rivojlanishning 


118 
barqarorligini, aslida, ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlardan birginasi emas, ularning 
kompleksi bo‗yicha baholash mumkin. 
1-jadval
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir etuvchi omillar majmuasi 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin