Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta
YaMM = YaMM + Muayyan mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining xorijdan oladigan foyda va daromadlari – Xorijiy investorlar va ishchilarni shu mamlakatda olgan foyda va daromadlari YaMMni hisoblashda ayrim kamchiliklarga yo‗l qo‗yilishi tabiiy. Chunki,
hisobot yilida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga shu mahsulotni ishlab
chiqarishda iste‘mol qilingan asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati qo‗shiladi.
Shuning uchun ham milliy hisobchilik tizimida SMM ko‗rsatkichi hisoblanadi.
SMMning YaMMdan farqi, yuqorida aytganimizdek, amortizatsiya ajratmalari
miqdoriga teng.
MD - bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab
chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig‗indisidir. Demak, MD resurslarni
yetkazib beruvchilarning, shuningdek, boshqaruv xodimlarining hisobot yilidagi
daromadlari miqdorini ko‗rsatadi. Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, davlat o‗zi oladigan
biznesga egri soliqlar o‗rniga ishlab chiqarishga hech narsa qo‗ymaydi, ya‘ni davlatni
iqtisodiy resurslar ta‘minotchisi sifatida baholamaymiz. Demak, joriy yilda yaratilgan
YaMM tarkibidan ish haqi, renta to‗lovlari, foiz va olingan foydalarning umumiy
miqdorini aniqlashda biz SMM tarkibidan biznesga egri soliqlar miqdorini olib
tashlashimiz lozim. Shunday usulda olingan ko‗rsatkich milliy daromad (MD)
hisoblanadi. Resurslar ta‘minlovchilar nuqtai nazaridan MD joriy ishlab chiqarishda
qatnashish natijasida olgan daromadlar miqdorini bildirsa, kompaniyalar nuqtai
nazaridan ishlab chiqarish omillari bahosini bildiradi. MD joriy ishlab chiqarishga
ketgan iqtisodiy resurslarning bozor bahosini anglatadi. (5-jadval).
131
5-jadval
Milliy hisobchilik tizimida o‗lchaniladigan makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗zaro
nisbatlari (raqamlar shartli)