O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Investitsiyalashda laglar. Davriy tebranishlar



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

7.6. Investitsiyalashda laglar. Davriy tebranishlar. 
 
7.1. Takror ishlab chiqarish sikllari va muddatlari 
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, 
ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmagan, aksincha, barcha 
mamlakatlar uchun ham davriy rivojlanish xosdir. 
Ishlab chiqarish, bandlik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga 
iqtisodiy davrlar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‗tish davrining 
davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil 
bosqichlardan tashkil topadi (1-rasm). 
1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi 
Iqtisodiy davrlar to‗rtta bosqichni o‗z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy 
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‗lib, u «cho‗qqi» deb 
yuritiladi. Bunda iqtisodiyotda ish bilan to‗liq bandlik, ishlab chiqarishning to‗la 
Cho‗qqi 
Cho‗qqi 
YIM 
Vaqt, t 
Retsessiya 
Potensial YIM 
trendi 
Ko‗tarilish 
Pasayishning quyi nuqtasi 
Iqtisodiy davr 


144 
quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlar baho darajasining o‗sish holati 
kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va 
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‗sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich 
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‗sish darajasi sustlashishi mumkin. 
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va 
turg‗unlik davri boshlanadi.
Ko‗tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, 
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq foydalanish va to‗liq bandlik darajasiga 
erishiladi. 
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega 
bo‗lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‗ra o‗zaro farq qilib turadi. Shuning 
uchun ham iqtisodchilar bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy 
tebranishlar deb atash to‗g‗ri bo‗ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning 
asosiy sababi sifatida esa ular uch omilni ko‗rsatishadi.
Bir guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi - texnika va 
texnologiyalarda ro‗y beradigan o‗zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, 
fan-texnika yutuqlarini qo‗llash natijasida iqtisodiyotda o‗sish ro‗y beradi. Masalan, 
avtomobilning yaratilishi yoqilg‗i sanoati, neft qazib chiqarish, kimyo, yo‗l qurilishi 
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Yangi texnologiyalar 
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish esa, ilgari foydalanilmagan 
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Ammo, texnik va texnologik 
yangiliklarning doim ham yaratilavermasligi, iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab 
bo‗ladi. 
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy 
vaziyatlarga bog‗lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog‗laydigan olimlar ham 
mavjud. Ya‘ni, davlat qanchalik ko‗p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik 
kamayib boradi va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‗lsa, ishlab chiqarish 
ko‗lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi.


145 
Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo, 
barcha iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajalarining yalpi talab; boshqacha 
aytganda, yalpi xarajatlar miqdoriga bog‗liqligi haqidagi fikrni qo‗llab-quvvatlaydilar. 
Chunki, korxonalar o‗z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‗lsagina ishlab chiqaradi. 
Ya‘ni, talab katta bo‗lmaganda, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda 
ishlab chiqarish foydali emas. O‗z navbatida, ishlab chiqarishda bandlik va daromadlar 
darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‗ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‗p 
bo‗lsa, ishlab chiqarishning o‗sishi katta foyda olib keladi hamda ishlab chiqarish, 
bandlik va daromadlar darajasi ortib boradi.
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish, 
iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy 
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin