O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solish usullari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

 
7.3. Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solish usullari 
 
Jamiyatda qanday tizim hukmron bo‗lmasin, unda davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi sezilib turadi, ammo bu aralashuv ma‘lum doirada amal qilishi lozim, 
xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida. Bunda quyidagi masalalarga alohida e‘tiborni 
qaratish lozim. Birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali (davlat aralashuvi 
cheklangan). Ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda 
markazlashgan boshqarish yo‗li, uchinchidan, iqtisodiy jarayonlardagi aralashuvi va 
bozor mexanizmlarini birgalikda uyg‗unlashtirib ish yuritish. 
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi va aralashmasligi to‗g‗risidagi bir 
qancha nazariyalar mavjud. Birinchi bo‗lib, davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash 
va uni tartiblashda bozor mexanizmidan foydalanish masalasini A.Smit bayon etgan 
edi. A.Smit nazariyasini ayrim iqtisodchilar qo‗llab-quvvatlasalar, boshqalari unga 
qarshi edilar, ular fikricha bozor iqtisodiyoti o‗zini-o‗zi tartiblash va boshqarishga 


148 
qobil desalar, boshqalari bunga qarshi edilar. Bunday ko‗zga ko‗ringan 
iqtisodchilardan biri Dj.Keyns edi. Uning fikricha, iqtisodiyotni boshqarish va 
tartiblashda davlat ishtiroki zarurdir, ammo u cheklangan bo‗lishi lozim degan fikrni 
olg‗a surdi. Chunki uning fikricha, bozor iqtisodiyoti ayrim muammolarni hal etishga 
qodir emas deb qaradi. Masalan, ijtimoiy muammolar, mudofaa, ilm-fan taraqqiyoti va 
boshqalar. Bu masalalarni hal qilishda davlatning roli katta deb qaradi. Uning fikri 
to‗g‗ri ekanligi vaqt o‗tishi bilan o‗z isbotini topdi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarish va 
tartibga solishda davlatning roli kattadir. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor 
mexanizmining amal qilishiga ko‗maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini 
bozorning salbiy oqibatlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ko‗radi.
Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarib, tartibga solishdan asosiy 
maqsad – bozor munosabatlarini muayyan va ma‘lum yo‗nalishlar asosida 
rivojlantirib, iqtisodiy tanglik va qiyinchiliklarning oldini olish, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasining pasayishiga yo‗l qo‗ymaslikdan 
iborat. Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan O‗zbekistonda davlat tomonidan 
tartibga solinadigan va boshqariladigan, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish maqsadida o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar o‗z natijalarini 
bermoqda. Bu eng avvalo mulk shakllarining o‗zgarib borishi, mulkka munosabat, 
davlat mulki asosida ko‗plab nodavlat mulklarning paydo bo‗lishi, sanoat va qishloq 
xo‗jaligiga investitsiyalarining, xususan chet el investitsiyalarining kirib kelishi, 
milliy iqtisodiyot modernizatsiyasini amalga oshirish, yangi texnika va 
texnologiyalarni joriy etish, shu asosda xalq turmush darajasining yuksalib borishi 
misol bo‗la oladi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish g‗oyalari g‗oyatda 
murakkab va keng qirralidir. Ularning eng asosiylari quyidagilardir: 
1.
Har qanday jamiyatda nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, 
kimlarga ishlab chiqarish, kim foydalanadi degan savol qo‗yish va unga javob topish 
lozim bo‗ladi. Bu savolga javob berishga qarab iqtisodiy tizimlar bir-biridan farq 
qiladi. 


149 
2.
Boshqaruvda yakka hokimlikdan bozor tizimiga o‗tish, davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini cheklash. 
3.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. 
4.
Mavjud bozor mexanizmlaridan samarali foydalanish; 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho, narxlar iqtisodiyotni tartiblashning muhim 
vositasi hisoblanadi. Bunda davlat narxlarning oshib ketmasligi va boshqalarni 
hisobga olib iqtisodiyotga aralashib turadi va bozor iqtisodiyoti mexanizmlari to‗la 
bajara olmagan vazifalarni o‗z zimmasiga oladi. 
Bozor mexanizmining samarali ishlash uchun sharoit yaratib beradi. Bunda 
davlat quyidagilardan foydalanadi. 
iqtisodiy subyektlarning faoliyat qoidalarini belgilashdan; 
aholini bozor sharotilari, iqtisodiyotning holati borasidagi axborotlardan 
boxabar qiladi; 
iqtisodiyot subyektlari o‗rtasidagi munozara, bahs, ziddiyatlarni hal qilishga 
ko‗maklashish chora-tadbirlarini ko‗radi. 
Bozor iqtisodiyotida davlat o‗z mulkiga asoslanib, tadbirkorlik bilan 
shug‗ullanadi. U hech qachon yuqori mavqega ega bo‗lmasligi kerak. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishning eng muhim 
shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Rejalashtirish va prognozlashtirish 
qisqa muddatga (1-2 yil), o‗rta muddatga (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) 
mo‗ljallanishi mumkin. 
Davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solish va boshqarishda turli usullardan 
foydalanadi, undan asosiy maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush 
darajasini yuksaltirish, farovonlik va tinchlikni saqlashdan iborat. 
Iqtisodiyotni tartiblashda asosan 2 usuldan foydalaniladi: 
ma‘muriy usul; 
iqtisodiy usul 
Ikkala usul ham bir-birini to‗ldirish va yagona mexanizm kabi harakat qilish 
lozim, aks holda ko‗zlangan maqsadga erishib bo‗lmaydi. Bozorni tartibga solishda 
qo‗l keladigan bir necha ma‘muriy usullar mavjud. Bulardan biri monopoliyaga 


150 
qarshi qo‗llaniladigan usul hamda ayrim faoliyat turlarini cheklash, atrof-muhitni 
mahofazalash, resurslardan foydalanish milliy standartlarini ishlab chiqish, ijrosini 
qattiq nazorat qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini ko‗rishdan 
iborat. 
Aytilganlar asosida davlat kerakli ma‘muriy-iqtisodiy chora-tadbirlarni ko‗radi. 
Bundan tashqari davlat pul-kredit, bank tizimi sistemasining qay darajada 
rivojlanayotganligi, iqtisodiyotni rivojlantirishda ularning rolini oshirish, bank 
faoliyatini kengaytirish, ular ko‗rsatayotgan faoliyat turlarini ko‗paytirish chora-
tadbirlarini ko‗radi.
Bozor iqtisodiyotini tartiblash va boshqarishdan asosiy maqsad mamlakat 
iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlashdan iborat. Bunda davlat kadrlar tayyorlash va 
yangi yo‗nalishlarga asosiy e‘tiborni qaratishini ham yoddan chiqarmaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartiblashda ta‘kidlaganimizdek, baholar, raqobat kurashi, 
qiymat qonuni, talab va taklif, pul muomalasi va boshqa qonun va mexanizmlardan 
keng foydalanadi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin