O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

IPAT
»
9
foydalandik: 
T
A
P
I
(1) 
Foydalanilayotgan o‗zgaruvchan miqdorlar tegishli ravishda, ta‘sir kattaligi, 
aholi soni, farovonlik va texnologiyalar rivojlanish darajasini baholaydi. 
Noiqtisodiy rivojlanishga o‗tishning ehtimoliy stsenariysida iqtisodiy 
rivojlanishning maksimum samarasiga erishilgandan so‗ng muqobil xarajatlarning 
ko‗payib boruvchi oshishi namoyish qilinadi. Iqtisodiy zarar (
ED
) jahon yalpi 
mahsulot ishlab chiqarish hajmidan (
GWP
) orta boshlasa, iqtisodiy rivojlanish 
noiqtisodiy rivojlanishga o‗tadi. 
Zamonaviy antropotsentrik iqtisodiy rivojlanish faqat iqtisodiy zarurat 
paradigmasi yangi yanada yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan 
paradigmaga almashtirilgan holdagina amalga oshishi mumkin bo‗ladi. Iqtisodiy 
rivojlanishning sikllar xususiyatini shu bilan izohlash mumkin. 
Mehnat iqtisodiy zarurat sifatida anglash iqtisodiy rivojlanish chegaralarining 
mavjudligini taqozo etadi. Ayni paytda mehnatga o‗z salohiyatini ro‗yobga chiqarish 
jarayoni sifatida qarash, ushbu chegaralarni olib tashlaydi. Aholining ko‗plab yuqori 
ehtiyojlari turli-tuman va bitmas-tuganmas va shuning uchun iqtisodiy rivojlanish 
salohiyati ham rang-barang va cheksizdir. 
 
6.5. Iqtisodiy o„sishni ta‟minlashda intellektual iqtisodiyotni shakllantirish 
Zamonaviy 
tsivilizatsiya 
zamonaviy 
dunyoga 
bilimlarga 
asoslangan 
iqtisodiyotni taklif etdi. Moddiy boyliklar va xizmatlarni vositalar va mashinalar 
yordamida ishlab chiqarishni ikkinchi o‗ringa suradigan intellektual faoliyat 
axborotlashtirish va kompyuterlashtirish negizida yuzaga kelgan yangi xo‗jalik yuritish 
9
Ehrlich P., Holdren J.
Impact of population growth 
URL:http://www.sustainablescale.org/ConceptualFramework/
 Under standing 
Scale/MeasuringScale/TheIPATEquation.aspx,


137 
tarzining o‗zagi hisoblanadi. Intellektual faoliyat uning qo‗shimcha qismi bo‗lishdan 
to‗xtadi. Moddiy va pul shaklida kapital to‗plash, axborotni to‗plash va o‗zlashtirish, 
kredit berish va ijodiy faoliyatga avans ajratishga o‗z o‗rnini bo‗shatib bermoqda. 
Foydali qazilmalarni topish aqlli odamlar, g‗oyalar, ixtiro va konsepsiyalarni topish 
sa‘y-harakatlari tomonidan ikkinchi o‗ringa surilishi mumkin. Shuningdek, bandlik 
tuzilmasida ham jiddiy o‗zgarishlar ro‗y beradi: shu paytgacha noma‘lum bo‗lgan toifa 
– ilgari sanoat xodimlari yoki undan ham oldin dehqonlarga tegishli bo‗lgan o‗rinni 
egallaydigan bilimlar xodimlari (
knowledge workers
) asosiy ishlab chiqarish kuchiga 
aylanadi. ―Axborot hamjamiyati‖ ―bilimlarga asoslangan jamiyat‖, ―axborot 
iqtisodiyoti‖, ―intellektual iqtisodiyot‖, ―bilimlarga asoslangan iqtisodiyot‖ tushuncha 
va atamalari ham bejiz paydo bo‗lgani yo‗q. 
Insoniyat tarixi davomida bilimlar har doim intellektual va iqtisodiy 
rivojlanishning muhim omili bo‗lib kelgan. Biroq, so‗nggi yillarda yangi bilimga ega 
bo‗lish jarayoni o‗zgardi: innovatsiyalar bevosita innovatsiya jarayoniga ta‘sir qildi. 
Bilimlar yaratilishi, joriy etilishi va ulardan foydalanishga yordam beradigan 
vositalar ham tubdan yangilandi. Axborotni qayta ishlash, jo‗natishning yangi 
vositalari, 20-30 yil avval mumkin bo‗lmagan taqsimlangan axborot tarmoqlari 
ko‗plab jarayonlarni birxillashtirdi. 
Menejment sohasida taniqli olim Piter Druker
1
―Kapitalizmdan bilimlar 
jamiyati sari‖ maqolasida ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan va XX asrning 
80-yillarida yorqin namoyon bo‗lgan boshqaruv sohasidagi inqilobni zamonaviy 
insoniyatni rivojlantirishning mustaqil bosqichi sifatida ajratgan. 
Inson ehtiyojlari yuksalishi va qobiliyatlari shakllanishi jarayoni iqtisodiy 
rivojlanish bilan uzviy bog‗liqligi belgilangan. Agar insonda iqtisodiy faoliyatda o‗z 
salohiyatini ro‗yobga chiqarish yuksak ehtiyoji shakllansa, iqtisodiy rivojlanish va 
inson kamoloti vektorlari o‗zaro mos keladi, demak iqtisodiy rivojlanish yangi 
antropotsentrik sifat kasb etadi. 
Progressiv adaptatsion imkoniyatlar iqtisodiyoti tizimli adaptatsion salohiyat 
xususiyatiga ega bo‗lib, bu unga tashqi ta‘sirlarga, jumladan innovatsion iqtisodiyot 
1
Peter F.Drucker1939‘s‖The End of the Economic Man‖to ―Vanaging in the Next Society‖.


138 
tomonidan uzatiladigan impulslarga javob qaytarishda, uning maqsadlariga mos 
rivojlanish traektoriyasini tanlashda muayyan erkinlik darajasini kafolatlaydi. Ushbu 
adaptatsion salohiyat tashqi moliyaviy-iqtisodiy yoki institutsional ekspansiya tahdidi 
oldidagi milliy raqobatbardoshlik resursini saqlash va ko‗paytirish garovi 
hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish polimorfizmi milliy iqtisodiyotlarning 
rivojlanish xususiyatlarini aks ettiruvchi turli xil statistik ma‘lumotlar bilan 
tasdiqlanadi. Ular milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini 
yaratuvchi jahon yalpi mahsulotiga katta ulushi va iqtisodiy rivojlanishning o‗rtacha 
sur‘atlari bilan ajralib turadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning mohiyat aniqligini aks ettiruvchi 
kontseptual belgilarning umumlashtiruvchi tavsiflari antropokratik muammolarga 
mansublik, iqtisodiy rivojlanishni barqaror va samarali sifatida belgilash layoqati 
hisoblanadi (2-rasm). 
2-rasm. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati tarkibiy qismlarining tuzilmaviy 
sxemasi 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin