6.4. Iqtisodiy o„sish va rivojlanish tahlilining ekonometrik modellari
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarni samarali hal qilish uchun quyidagi sharoitlar yaratishi lozim: jamiyat
a‘zolarining farovonligini oshirish, kambag‗allikni tugatish, insonni har tomonlama
rivojlantirish, mehnat va ijtimoiy hayot jarayonini insonparvarlashtirish. Iqtisodiy
rivojlanishning yanada yuqori sifatini maqsadli shakllantirish zamonaviy iqtisodiyot
fani tomonidan o‗rganilayotgan murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Buning
uchun zarur barcha ishlab chiqarish omillari, kapital tuzilmasini modernizatsiyalash,
ijtimoiy munosabatlar tizimi va iqtisodiy agentlarning harakat modellarini jiddiy isloh
qilish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va institutsional taraqqiyotini hamda hayot sifatini
ko‗p jihatdan belgilab beradi.
133
Global iqtisodiy inqirozning jamiyatga umumiy tizimli ta‘siri zamonaviy
iqtisodiy rivojlanishning yangi sifatiga erishish vazifasini dolzarblikdan hayotiy zarur
toifaga o‗tkazadi va uni hal etishni oliy milliy ustuvorliklar qatoriga kiritadi. Uning
ta‘sirida shakllangan ijtimoiy buyurtma zamonaviy bosqichga mos amaliy
yechimlarni izlashni faollashtiradi, bu esa qonuniy ravishda boshlang‗ich nazariy
qoidalar bazasini qayta anglashga va o‗sish nazariyasi metodologiyasi kengayishiga
olib keladi.
Olimlar e‘tibori markazida iqtisodiyotni uzoq muddatli barqaror rivojlanish
yo‗liga olib chiquvchi iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish jarayoning shartlari va
omillarini aniqlash hamda tahlil qilishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab
chiqish, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish motivatsiyalari tizimini
qurish vazifasi paydo bo‗ldi. O‗sib borayotgan ehtiyojlar, ijtimoiy ishlab chiqarish
texnologik usuli va tuzilmasida fundamental transformatsiyalar jarayoni yuzaga
kelmoqda. Yangi imkoniyatlar va harakatlantiruvchi rivojlanish kuchlari
shakllanmoqda: o‗sib boruvchi mahsuldorlik sharti, multiplikativ tarmoq samaralari,
intellektual texnologiyalar va intellektual renta.
Iqtisodiy o‗sish nazariyasi rivojlanishining an‘anaviy yondashuvni yengib
o‗tayotgan zamonaviy bosqichi o‗ziga xosligi umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini
belgilab beruvchi rivojlanishning antropotsentrik sifati nazariy va metodologik
asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bunda iqtisodiy tizim dinamik beqarorligining
endogen manbalari va tizimning o‗zi ko‗payib borayotgan sifat o‗zgarishlari
holatlarini yuzaga keltiradigan ijobiy teskari aloqa natijasida hosil bo‗ladigan
tuzilmaviy o‗zgartirishlar samarasi asosiy masalaga aylanadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati O‗zbekiston uchun alohida ahamiyat
kasb etadi. Milliy iqtisodiyotning yaqin o‗tmishdagi juda qulay jahon kon‘yunkturasi
va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik ko‗rinishi sharoitidagi rivojlanish traektoriyasi
bo‗ylab harakati inson kapitaliga keng miqyosli investitsiyalar kiritish va asosiy
kapitalni ommaviy o‗zgartirish bilan birga olib borilmadi. Qayta o‗zgartirilgan
iqtisodiy fe‘l-atvorning nisbiy qulayligi barqaror rivojlanish makroiqtisodiy dasturini
amalga oshirish va tegishli institutlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
134
Iqtisodiy bilimlarning ushbu sohasida xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan
doimiy izlanishlar olib borilayotganiga qaramasdan zamonaviy iqtisodiy rivojlanish
sifati konsepsiyasi yetarlicha ilmiy asoslanmaganligini qayd etishimiz mumkin.
Tadqiqotchilik yondashuvlarining beqarorligi sharoitida zamonaviy iqtisodiy
rivojlanish sifati nazariyasining ko‗pgina qoidalari noaniqligi ilmiy munozara uchun
sharoit yaratadi, iqtisodiy siyosat yo‗nalishlarini aniqlashtirishga xizmat qilmaydi.
Inqirozdan chiqish yo‗llarini izlash va barqaror iqtisodiy rivojlanish traektoriyasini
tanlash mazkur sohadagi metodologik-nazariy tadqiqotlarni chuqurlashtirishni taqozo
etadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish o‗z tabiatiga ko‗ra xususiyatlari tez
o‗zgaradigan dinamik jarayon hisoblanadi, bu to‗plangan bilimlardan uning yangi
sifatini tahlil qilish va iqtisodiyotning harakatlanish traektoriyasini prognozlash
uchun
foydalanishni
sezilarli
darajada
murakkablashtiradi.
Iqtisodiyotni
intellektuallashtirish sharoitida zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati sohasidagi
asarlarni tizimlashtirish darajasi yetarlicha emas, bu uning sifat holatlari
transformatsiyalarini,
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar
va
uning
zamonaviy
xususiyatlarini belgilovchi va uni yaxshilash dasturlarini ishlab chiqishni
ta‘minlovchi institutlarni qo‗shimcha tahlil qilish zaruratini belgilaydi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati iqtisodiyotni globallashtirish va
intellektuallashtirish uning ichki omillariga aylanishi bilan belgilangan iqtisodiy
rivojlanish sifat va miqdoriy xususiyatlari dinamik nisbati bilan belgilanadi. Ushbu
asosda zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati mazmuni ochib beriladi, u
texnologik tartiblar almashuvi, texnologik taraqqiyotning ekzogen rivojlanish
omilidan endogen omilga aylanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va natijalariga
intellektual mehnat ulushning ortishi, shuningdek, u zamonaviy texnologiyalarning
nomoddiy
ishlab
chiqarish
sohasiga
jadal
kirib
kelishi
umumiqtisodiy
tendensiyalarini aks ettiradi.
Iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish zamonaviy iqtisodiy rivojlanish
sifatining umumlashtiruvchi belgisi ekanligi isbotlandi, bu harakatning innovatsion
traektoriyasini tanlashda o‗z ifodasini topadi va ijtimoiy ishlab chiqarish texnologik
135
asoslari va tuzilmasida hamda zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining multiplikativ
samaralaridagi o‗zgarishlarning o‗zaro bog‗liqligini ta‘minlaydi.
Iqtisodiyotni intellektuallashtirish integral indeksini qurishning quyidagilarga
asoslangan metodikasi ishlab chiqilishi lozim: 1) iqtisodiyotni intellektuallashtirish
salohiyati, jarayoni va natijalarini aks ettiruvchi boshlang‗ich ko‗rsatkichlarni
aniqlash; 2) boshlang‗ich ko‗rsatkichlarni iqtisodiyotni intellektuallashtirish integral
indeksi oqilona tuzilmasini shakllantiruvchi alohida indekslarga aylantirish usulini
asoslash, uni baholash milliy iqtisodiyot rivojlanishining sifat xususiyatlarini
aniqlashni ta‘minlaydi. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati qaror
shakllanishining strategik yo‗nalishlari belgilanganda quyidagilarga etibor qaratiladi:
1) uning maqsadi va asosiy omili sifatida inson kapitalining roli ortib borishi; 2)
iqtisodiyotning ilm va texnika talab ishlab chiqarishlar ustuvorligiga yo‗naltirilgan
diversifikatsiyasi;
3)
iqtisodiyotni
texnologik
modernizatsiyalash
va
kompaniyalarning innovatsion faolligini rag‗batlantirish; 4) barqaror agentlararo va
tizimlararo aloqalar rivojlanishiga xizmat qiluvchi tub institutsional islohotlarni
o‗tkazish; 5) ijtimoiy sohaning faoliyati samaradorligini oshirish.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifatini faqat uni ijtimoiylashtirish tendensiyasi
va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash hamda saqlashga yo‗nalganligini hisobga olgan
holda aniqlash mumkinligi isbotlanadi. Ushbu isbotlash asosini aniqlangan
tendensiyalar tashkil qiladi: jamg‗arishning nomoddiy shakllari rivojlanishi, iqtisodiy
faoliyatni intellektuallashtirish, mehnatga nisbatan shaxsning o‗z salohiyatini ro‗yobga
chiqarish jarayoni sifatidagi munosabtning shakllanishi.
Tuzilmaviy-iqtisodiy daraja pozitsiyasidan iqtisodiy rivojlanishning yuqori
sifati tuzilmaviy diversifikatsiya vositasida ta‘minlanadi, bu ilm talab ishlab
chiqarishlar, xomashyoni qayta ishlash darajasi yuqori korxonalar ustuvorligiga
hamda kapitalni nomoddiy jamg‗arish infratuzilmasi rivojlanishiga olib keladi.
Tahlilning ijtimoiy-iqtisodiy jihati zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning inson
ehtiyojlarini qondirishga relevantlik darajasi bilan belgilanadi, uning o‗lchovi
insonning mehnat jarayonida o‗z salohiyatini ro‗yobga chiqarishi uchun sharoitlar
mavjudligi hisoblanadi.
136
Iqtisodiy-matematik model tahlili asosida belgilangan resurs-maqsad
cheklovlarida zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning texnogen jihatini yuqori darajada
absolyutlashtirish «noiqtisodiy o‗sish»ga o‗tishga olib keladi. Modellashtirishda
P.Erlix va Dj.Xoldrenning insonning atrof-muhitga moddiy ta‘siri formulasidan
«
Dostları ilə paylaş: |