O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Ko„rsatkichlar 
Shartli belgilar 
Miqdor 
1.Yalpi milliy mahsulot 
«Minus», amortizatsiya 
YaMM 

100 

2. Sof milliy mahsulot 
«Minus», biznesdagi egri soliqlar 
SIM 
92 
12 
3. Milliy daromad 
«Minus»- ijtimoiy sug‗urta to‗lovlari 
- daromad (foyda) solig‗i 
- taqsimlanmaydigan daromad (foyda) 
«Plyus» + transfert to‗lovlari 
MD 
80 
-14 
-10 
-12 
+ 10 
4. Shaxsiy daromad 
«Minus»- individual soliqlar 
MD 
54 
-8 
6. Soliq to‗langandan keyingi daromad, ya‘ni
ixtiyordagi daromad 
 
ID 
46 
Milliy daromad SMM ning biznesga bilvosita soliqlarni olib tashlagach, qolgan 
qismidan iborat.
Ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi 
(ijtimoiy sug‗rtalarga to‗lovlar, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning 
taqsimlanmagan foydasi) amalda uy xo‗jaligiga tushmaydi. Aksincha, ya‘ni uy xo‗jaligi 
hisobiga to‗g‗ri keladigan daromadlarning bir qismi, (masalan, transfert to‗lovlari) 
mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to‗lovlariga sug‗urta tashkilotlari tomonidan 
to‗lanadigan, ya‘ni, qarilikda va baxtsiz hodisalar ro‗y berganda, shuningdek, ijtimoiy 
dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to‗lanadigan nafaqalar, ishsizlarga va 
pensionerlarga to‗lanadigan nafaqalar, iste‘molchilar va davlat tomonidan to‗lanadigan 
foiz to‗lovlari va boshqa to‗lovlar kiradi. 
MDdan shaxsiy daromadlar ko‗rsatkichiga o‗tishda, aholi tomonidan haqiqatda 
ishlangan, ammo olinmagan daromadlarni olib tashlaymiz, shuningdek aholi 
tamonidan olingan, ammo joriy mehnat faoliyati natijalarini bildirmaydigan 
daromadlarni qo‗shamiz. 
Shaxsiy daromad hisoblangan daromadning individual soliqlar to‗lagandan 
keyingi qismidir. Individual soliqlar - daromad solig‗i, xususiy mol-mulklarga va 
meros qolgan mulklarga soliqlardan iborat. 


132 
YaMMni hisoblashda kompaniyalarning moliyaviy hujjatlaridan statistik 
ma‘lumotlarni olamiz va ular YaMMning haqiqiy nominal ko‗rsatkichini aniqlashga 
imkon beradi. Chunki, biror-bir yilda yaratilgan nominal YaMMning o‗sishi bir 
tomondan ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishini, ikkinchi tomondan bahoning 
o‗zgarishini bildiradi deya olmaymiz. Muammo shundan iboratki, qiymat (vaqt, 
miqdor) ko‗rsatkichlarini shunday tuzatishimiz kerakki, u ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar fizik hajmining o‗zgarishini aniq ifodalasin. 
Bu muammo yechimi iqtisodchilar tomonidan topilgan. Ya‘ni, baholar o‗sib 
borganda nominal YaMM ko‗rsatkichi kamaytiriladi va aksincha baholar kamayib 
borganda ko‗paytiriladi. Bu to‗g‗rilashlar turli yillarda YaMM ko‗rsatkichlarini 
solishtirish imkonini beradi. Joriy baholarda (baholarning o‗zgarishini hisobga 
olmagan holda) hisoblangan YaMM nominal YaMM ni bildiradi. Demak, bunga 
teskari ravishda inflyatsiya darajasini (ya‘ni, baholarning o‗sishi) yoki deflyatsiya 
(ya‘ni, baholarning kamayishi) darajalarini hisobga olgan holda hisoblangan YaMM 
real YaMM sanaladi. 
Real YaMM = (Nominal YaMM / baho indeksi)x100%. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin