Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta
Ishlab chiqarish xarajatlari bo„yicha Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar bo„yicha 1.Uy xo‗jaliklarining iste‘mol xarajatlari.
2. Biznesga investitsiya xarajatlari yoki yalpi
xususiy ichki investitsiyalar.
3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi.
4. Sof eksport.
1.Daromadlarni to‗lash bilan bog‗liq bo‗lmagan
xarajat va to‗lovlar (amortizatsiya va biznesga
bilvosita soliqlar).
2. Ish haqi.
3. Renta to‗lovlari.
4. Foiz.
5. Individual mulkdan olingan daromad.
6. Korporatsiyalar foydasi.
To‗rtinchidan, YaMMni hisoblashda ikki tomonlama yondashiladi. Birinchi
yondashuvda YaMM iste‘molchilarning yangidan yaratilgan yakuniy mahsulotlarni
sotib olishga ketgan barcha xarajatlari miqdori bo‗yicha aniqlanadi. Bu usul YaMMni
hisoblashning xarajatlar usuli deyiladi. Ikkinchi yondashuvda esa YaMM tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan daromadlarning yig‗indisi miqdori
asosida aniqlanadi. Bu usul YaMMni daromadlar yordamida aniqlash usuli deyiladi.
YaMMni ishlab chiqarish xarajatlari bo‗yicha hisoblashda asosan pirovard
mahsulot va xizmatlarni yaratishga ketgan barcha xarajatlar hisobga olinadi. Bularga
(4-jadval):
Uy xo‗jaligining iste‘moli xarajatlari (
C ):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari;
b) kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari;
v) iste‘mol xizmatlariga ketadigan xarajatlar.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (
I ):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olish;
b) korxonalar, omborlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan xarajatlar;
128
v) tovar zaxiralari o‗rtasidagi farqlar yoki zaxiralarning o‗zgarishlaridan iborat
bo‗ladi.
4-jadval
Yalpi milliy mahsulotni aniqlashga ikki xil yondashuv