XULOSA VA TAKLIFLAR
Bitiruv malakaviy ishi yakunlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, tadqiqotni
o‘tkazish jarayonida olingan asosiy natijalardan kelib chiqib qo‘yidagilarni asosiy
xulosalar sifatida ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
1. Javobgarlikni sug‘urta qilishning iqtisodiy mohiyati sug‘urtalangan
shaxsning harakatlari (harakatsizligi) natijasida uchinchi shaxslarning sog‘lig‘i,
hayoti va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplashdan iborat. Javobgarlikni sug‘urta
qilish sug‘urta faoliyatining mustaqil sohasidir. U mamlakatimiz sug‘urta bozori
uchun nisbatan yangi sug‘urta turi hisoblanadi. Sug‘urtaning mazkur turida
sug‘urta ob’ekti sifatida sug‘urta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldida ularning
shaxsi yoki mol-mulkiga zarar etkazganlik uchun qonun bo‘yicha (shartnomadan
tashqari) yoki shartnoma majburiyati bo‘yicha (shartnomaviy) javobgarligi bilan
bog‘liq mulkiy manfaatlari amal qiladi. Javobgarlikni sug‘urta qilishda sug‘urta
qildiruvchining javobgarligi kelib chiqqani sug‘urta xavfi sifatida e’tirof etiladi.
Bunda javobgarlik ham sud organlari tomonidan belgilanishi, ham zarar etkazuvchi
tomonidan ixtiyoriy ravishda tan olinishi mumkin. Mamlakatimizda bir qator
sug‘urta kompaniyalari sug‘urta xavfi sifatida faqat sud organlari tomonidan
belgilangan sug‘urta qildiruvchining javobgarligini e’tirof etadilar.
2. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishning bosh ijtimoiy vazifasi
jabrlangan uchinchi shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat
va bu chet el mutaxassislari, olimlar va amaliyotchilar tomonidan ham qayd etiladi.
Uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplash, ma’lum turdagi zararlarni qoplash
majburiyligining qonuniy asosi singari, ushbu sohaning ichki mazmunini aks
ettiradi. Bundan tashqari, uning iqtisodiy mazmuni sug‘urta qildiruvchiga e’tirozlar
bildirish va belgilangan limit doirasida zararni qoplash holatining mavjudligida
namoyon bo‘ladi.
3. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga solish bo‘yicha
ancha samarali qonunchilik tizimi yaratilgan. Ushbu tizim umumiy qonunchilik,
maxsus sug‘urta qonunchiligi hamda qonun osti va idoraviy normativ hujjatlar
58
majmuini o‘z ichiga oladi. Mazkur sug‘urta huquqi tizimining mavjudligi
respublika sug‘urta bozorini rivojlantirish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib
xizmat
qildi.
O‘z-o‘zidan
ravshanki,
amaldagi
qonunchilik
tizimi
respublikamizning rivojlanayotgan sug‘urta bozorini to‘laqonli tartibga solishni
ta’minlash uchun doimiy ravishda takomillashtirib borilishi lozim. SHuningdek,
sug‘urta faoliyatining turli masalalarini tartibga soluvchi qonunlar yaxlit tizimini
yaratish ustida izchil ish olib borilishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta qilishni yanada
rivojlantirishni huquqiy ta’minlash ham yaqin xorij mamlakatlari, ham iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda tegishli qonun hujjatlarini
qabul qilishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta qonunchiligini
xalqaro sug‘urta amaliyoti bilan muvofiq holatga keltirish zarur.
4. Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishning samarali huquqiy va nazariy
asoslarini shakllantirish mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga amalda kirishish va
kasbiy javobgarlikning har xil turlarini sug‘urta qilish keng tizimini shakllantirish
imkonini beradi. Hozirgi bosqichda O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni
sug‘urta qilishning umumiy muammolari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasida huquqiy baza va sud tizimining mukammal
emasligi;
- sug‘urta ob’ekti sifatidagi javobgarlik haqida aniq tasavvurning yo‘qligi;
- aholi aksariyat qismining huquqlari va manfaatlarini sug‘urta qilish zarurligi
haqida tushuncha mavjud emasligi;
- sug‘urta tariflarining balandligi va sug‘urta shartlarining mavbul emasligi;
- byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar javobgarlikni sug‘urta
qilishdan foydalana olmasligi (majburiy sug‘urta turlari bundan mustasno).
5. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida asosiy maqsadi ayrim
shaxslar yoki muassasalarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat
bo‘lgan javobgarlikni sug‘urta qilish huquqiy tizimi mavjud. Bunda javobgarlikni
sug‘urta qilish uchinchi shaxslarning ham sog‘lig‘i, ham mol-mulkiga zarar
etkazilishi mumkinligini nazarda tutadi va ularga qonunga muvofiq yoki sudning
59
hal qiluv qaroriga binoan etkazilgan zararni qoplashga qaratilgan tegishli to‘lovlar
amalga oshiriladi.
6. Istiqlol yillarida milliy sug‘urta bozori butunlay o‘zgardi va bugungi kunda
javobgarlikni sug‘urta qilish O‘zbekistonda sug‘urta biznesining muhim
elementlaridan biri hisoblanadi, deya komil ishonch bilan aytish mumkin. Sug‘urta
bozorini yanada rivojlantirish va isloh qilish, huquqiy bazani takomillashtirish,
sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar majmui
birinchi navbatda aholining sug‘urta operatsiyalariga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlashga qaratilgan.
7. O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish zamonaviy turlarini joriy
etishning asosiy kamchiliklari va muammolari quyidagilardan iborat:
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
anderrayting lozim darajada rivojlanmagani;
potensial mijozlar fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilish imkoniyatlaridan etarli darajada xabardor emasligi;
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
qiymatining nisbatan balandligi;
sug‘urta e’tirozlarini tartibga solish muddatlarining kattaligi;
respublikamizda sug‘urta ishini hozirgi davr talablariga muvofiq yuritish
borasida bilim va tajribaga ega malakali kadrlarning taqchilligi.
8. Mamlakatimiz tajribasi va xorijiy tajribani solishtirish fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning umumiy mantiqi
respublikamizda g‘arb bilan ayni bir yo‘nalishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavjud farqlar asosan sug‘urta qonunchilik bazasi lozim darajada rivojlanmagani,
sug‘urta polislari puxta ishlab chiqilmagani va moslashuvchan emasligi, fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urtalovchilar va sug‘urta qildiruvchilar tajribasining ozligi, shuningdek
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning
targ‘iboti va reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani bilan belgilanadi.
60
9. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini oshirish
imkoniyatlari quyidagi omillar bilan bog‘liq: yirik loyihalarni sug‘urta qilishda
xavflarni taqsimlash uchun (shu jumladan xalqaro sug‘urta kompaniyalari bilan)
hamkorlik qilish va sug‘urta “pullari”ni yaratish; qayta sug‘urta chegarasini
sezilarli darajada kengaytirish; qonunchilik va ijroiya hokimiyati tuzilmalarida o‘z
manfaatlarini ilgari surish uchun O‘zbekiston Sug‘urta bozorining professional
ishtirokchilari uyushmasi doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish.
Yuqorida bayon etilgan xulosalar asosida, fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishni samarali rivojlantirish uchun, quyidagi
amaliy takliflar va tavsiyalarni ta’riflash mumkin:
1. Davlat ulushi ishtirokidagi uch yirik sug‘urta kompaniyasi, ya’ni
«O‘zagrosug‘urta» OAJ, «O‘zbekinvest» EIMSK va «Kafolat» OAJ negizida
ayniqsa keng tarqalgan fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini
sug‘urta qilish bilan bog‘liq standart sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish. Misol
uchun, «O‘zagrosug‘urta» kompleks mahsuloti qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchilar va qishloq aholisi uchun mo‘ljallanishi mumkin.
«O‘zbekinvest» EIMSK va «Kafolat» OAJ sug‘urta mahsulotlari shaharda tovar
ishlab chiqaruvchilar va shaharliklar uchun universal bo‘lishi mumkin.
2. Potensial mijozlarning fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini sug‘urta qilish tizimining mavjud imkoniyatlaridan xabardorligi
darajasini oshirish, potensial mijozlar bilan aloqa kanallarini yaratish.
3. O‘zbekiston Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi
negizida fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
sohasida sug‘urta kompaniyalarining mutaxassislari va anderrayterlar uchun
treninglarni doimiy asosda o‘tkazish.
4. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
bo‘yicha mutaxassislar uchun ularning malakasini oshirish maqsadida chet elda
etakchi sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarida stajirovkalar va o‘quv
seminarlarini tashkil etgan.
|