3.2 Javobgarlikni sug’urtalashni xorij tajribasi va uni O’zbekistonda
qo’llash istiqbollari
Chet elda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta
qilish bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bilan bir
qatorda, o‘zaro sug‘urta jamiyatlari ham keng tarqalgan. Ushbu jamiyatlar o‘z
a’zolariga yuridik masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi, sud instansiyalarida
ularga madad ko‘rsatadi, shuningdek etkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar
to‘lanishini ta’minlaydi. Mazkur amaliyotni O‘zbekistonda qo‘llash uchun
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zaro sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilinishi lozim.
O‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxirigacha fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishni faqat universal sug‘urta kompaniyalari
amalga oshirgan, lekin keyinchalik faqat fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlikning aniq turlarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan
kompaniyalar paydo bo‘lgan.
47
Chet el mamlakatlarining aksariyatida fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari o‘z
zimmasiga oladigan javobgarlik hajmi odatda cheklanadi. Masalan, AQSHda
tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligi sug‘urta qilishga ixtisoslashgan sug‘urta
kompaniyalarining aksariyati har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha 1 mln. dollardan
oshmaydigan, lekin tushgan shikoyatlar sonidan qat’i nazar 3 mln. dollardan ortiq
bo‘lmagan miqdorda kompensatsiyalar to‘laydi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
bo‘yicha polis uchun haq iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning sug‘urta
amaliyotida yoki o‘zaro sug‘urta jamiyatlarida a’zolik badallari miqdori o‘rtacha
daromadlardan va uchinchi shaxslarning mulkiy manfaatlariga zarar etkazilishi
xavfining darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Xavf darajasi o‘tgan yillar uchun
taqdim etilgan da’vo arizalari soni va kompensatsiyalarning miqdorlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urta qilishni rivojlantirish
hozirgi vaqtda o‘ta dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. U ham patsientlar,
ham tibbiyot xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish
zarurati bilan bog‘liq.
Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlar tajribasi javobgarlikni sug‘urta
qilish iqtisodiy foydali faoliyat hisoblanishini ko‘rsatadi. SHu tufayli ham,
mamlakatimiz javobgarlikni sug‘urta qilishni rivojlantirish borasida orqada
qolganini hisobga olib, ushbu sug‘urta turini jadal rivojlantirish va
takomillashtirishni ta’minlash choralari ko‘rilishi lozim, deb hisoblaymi. Bu
borada jiddiy islohotlar amalga oshirilgan holda javobgarlikni sug‘urta qilish yaqin
vaqt ichida odatdagi amaliyotga aylanishi lozim.
O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish xizmatlari hozircha keng
tarqalmagan. Ammo sug‘urta faoliyatining mazkur turini jadal sur’atlarda
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy operatsiyalar hajmini sezilarli
darajada ko‘paytirdi. Bugungi kunda u xalqaro maydonda jiddiy aktorga aylandi va
48
ushbu tendensiya, bizningcha, bundan buyon ham davom etadi. Oxirgi o‘n yilni
tahlil qilsak, javobgarlikni sug‘urta qilishni rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan omillarning barchasi O‘zbekiston Respublikasida hozir mavjud
ekanligining
guvohi
bo‘lamiz.
Ushbu
omillar
orasida
O‘zbekiston
Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan savdo aylanmasi hajmining o‘sishi,
aholi umrining uzayishi, ish haqi o‘rtacha darajasining o‘sishi, tibbiy xizmatlar
qiymatining oshishi, mamlakat iqtisodiyoti va aholi farovonligining o‘sishi ham
bor. Farovonlik o‘sayotgan bo‘lsa, mulkiy manfaatlarni himoya qilishga bo‘lgan
ehtiyoj ham oshadi va bu javobgarlikni sug‘urta qilishga bo‘lgan talabning
oshishiga olib keladi.
Hayot va sog‘liqqa zarar etkazganlikka doir da’volar bo‘yicha mamlakatimiz
sudlarining qarorlariga ko‘ra to‘lanayotgan sug‘urta tovonlari miqdorlari so‘nggi
vaqt ichida ancha ko‘paydi. Albatta, ular G‘arbiy Evropa mamlakatlari darajasiga
etgani yo‘q, lekin, shunga qaramay, jarayon ancha jadal kechayotir.
Shunday qilib, O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishiga
qarab, ham yuridik ta’minlashning rivojlanishi, ham yangi mahsulot va uni ishlab
chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq yangi xavflar paydo bo‘lishi munosabati bilan
sug‘urta hodisalari va e’tirozlar soni ko‘payib boradi. Demak, vaqt o‘tishi bilan bu
erda G‘arbiy Evropadagiga o‘xshash javobgarlikni sug‘urta qilish bozori
shakllanadi.
Mamlakatimiz tajribasi va xorijiy tajribani solishtirish fuqarolik javobgarligi
va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning umumiy mantiqi
respublikamizda g‘arb bilan ayni bir yo‘nalishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavjud farqlar asosan sug‘urta qonunchilik bazasi lozim darajada rivojlanmagani,
sug‘urta polislari puxta ishlab chiqilmagani va moslashuvchan emasligi, fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urtalovchilar va sug‘urta qildiruvchilar tajribasining ozligi, shuningdek
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning
targ‘iboti va reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani bilan belgilanadi.
|