4.9 mlrd
2013
6 mlrd
2014
8.2 mlrd
2015
51
shug‘ullanmoqda. Turli xavflar bilan bog‘liq ishlab chiqarish zanjirlari tobora
murakkablashib bormoqda. Har bir tomonning javobgarligini aniqlash
qiyinlashmoqda, ilgari hatto muhokama ham qilinmagan javobgarlik turlari
vujudga kelmoqda, odamlarning sudga da’vo arizasi taqdim etish imkoniyatlari
kengaymoqda. Shu tufayli ham javobgarlikni sug‘urta qilishning o‘rni va
ahamiyati tobora ortiq borayotir. Odamlarni, aytaylik, ekologik muammolar qattiq
tashvishga solayotgan G‘arbiy Evropa va AQSHda ushbu jarayon uzoq yillardan
beri rivojlanmoqda, lekin u jahonning boshqa mamlakatlariga ham yoyilmoqda.
Bunday xavflardan himoya qilishning ahamiyati O‘zbekistonda ham oshib
borayotir.
O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta
qilishni rivojlantirish – mamlakatimiz sug‘urta bozoridagi tarkibiy islohotlarning
asosiy yo‘nalishlaridan biri. Ushbu sektor zaruriy raqobat muhitini vujudga
keltiradi, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etilishiga va aholi daromadlarining
o‘sishiga imkoniyat yaratadi. Tegishli ravishda, O‘zbekistonda fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish ulkan imkoniyatlarga
ega va ularni ro‘yobga chiqarish buning uchun zaruriy sharoitlar yaratishni taqozo
qiladi. Ayni vaqtda, fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini
sug‘urta qilishni jadal rivojlantirishga monelik qilayotgan bir qator muammolar
(ularning asosiylarini biz yuqorida aytib o‘tdik) hali-hanuz o‘z echimini topgani
yo‘q.
O‘zbekistonda qabul qilinayotgan sug‘urta faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha
davlat dasturlari bilan bir qatorda, fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini sug‘urta qilishning rivojlanishiga imkoniyat yaratish mamlakatimiz
sug‘urta bozorining tuzilmasini sezilarli darajada o‘zgartirgan bo‘ladi.
Umuman olganda, fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini
sug‘urta qilishda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilishni ta’minlash etkazilishi
mumkin bo‘lgan zarar miqdorini va sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolini
belgilashga asoslanadi. Shartnoma tuzayotganda potensial sug‘urta qildiruvchi
uchun qaysi sug‘urta qulay ekanligini aniqlash muhimdir.
52
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kasbiy javobgarlikni turli muassasalar
xodimlarining mablag‘lari hisobiga sug‘urta qilish varianti ko‘rib chiqilishi
mumkin, chunki aynan ular o‘zining nokompetentligi tufayli yoki boshqa
sabablarga ko‘ra zarar etkazadi. Xodimlarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish
ularni ishga yollash shartiga, mehnat munosabatlarining tarkibiy qismiga aylanishi
lozim. Kasbiy javobgarlikni individual sug‘urta qilish istiqbollari eng avvalo
qonunchilikning rivojlanishi bilan bog‘liq. Aytaylik, tibbiyot xodimiga u ishga
kirayotganda kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasini ko‘rsatish yoki o‘z
hisobidan tuzish majburiyatini yuklash mumkin, lekin bu mehnat qonunchiligiga
o‘zgartirishlar kiritishni, shuningdek mazkur xodimlarning ish haqini oshirishni
talab qiladi.
Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun fuqarolik javobgarligi va
kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning quyidagilarni qamrab oluvchi
ko‘p tomonlama tizimini shakllantirish zarur:
- fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning
majburiy turlarini takomillashtirish;
- kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishni ish beruvchilarning mablag‘lari
hisobiga (tegishli shartnomalar asosida) amalga oshirish;
- kasbiy javobgarlikni individual sug‘urta qilishni fuqarolarning daromadlari
hisobiga rivojlantirish.
Sug‘urta ishini samarali rivojlantirish xalqaro tajribadan foydalanishni taqozo
qiladi.
Tijorat faoliyatida va shaxsiy hayotda kutilmagan vaziyatda zararlar etkazish
xavfi uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan har bir shaxs, uy yoki avtomobil egasi o‘z
beparvoligi oqibatida boshqa shaxs tomonidan da’vo arizasi taqdim etilishiga duch
kelishi mumkin. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish sug‘urta qildiruvchini
bunday da’vo arizalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish zaruratidan xalos etadi.
Umumiy fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishning namunaviy shartlari:
53
- sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha
barcha sud xarajatlarini to‘lash majburiyatini oladi;
- sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga taqdim etilgan da’volarning barchasini
ko‘rib chiqish va uchinchi shaxs ko‘rgan zararni qoplash majburiyatini oladi;
tuzilgan shartnoma doirasida hisob-kitoblar va sug‘urta qildiruvchining
manfaatlarini sudda himoya qilish to‘g‘risidagi barcha muzokaralarni o‘z
zimmasiga oladi, shuningdek bu bilan bog‘liq barcha xarajatlarni to‘lash
majburiyatini oladi;
- sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan baxtsiz
hodisalar yuz bergan holda ular haqida darhol sug‘urta kompaniyasiga yozma
tarzda xabar qilish, shuningdek, agar talab etilsa, sug‘urtalovchiga kerakli axborot,
shohidlarning guvohliklarini olishda yordam ko‘rsatish majburiyatini oladi;
- sug‘urta qildiruvchi biron-bir qo‘shimcha javobgarlikni o‘z zimmasiga
olmaslik majburiyatini oladi, sug‘urta kompaniyasi polis egasi tomonidan ixtiyoriy
ravishda amalga oshirilgan har qanday xarajat yoki to‘lov uchun majburiyatlarni
o‘z zimmasiga olmaydi;
-sug‘urta polisida etkazilgan zararni qoplash uchun nazarda tutilgan
summaning eng ko‘p miqdori cheklanadi.
AQSH, Yaponiy, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar tajribasi fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish tizimlari aynan muhim
iqtisodiy o‘zgarishlar davrida vujudga kelishi va yaxshi samara berishini
ko‘rsatadi. O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanish jarayoni hozir aynan shu
bosqichni boshdan kechirmoqda.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini rivojlantirishning teran mantiqi,
respublikamizning sug‘urta bozori oldida turgan vazifalar, O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatini rivojlantirish hozirgi bosqichining xususiyatlari, o‘zgarayotgan sug‘urta
nazorati falsafasi – bularning barchasi fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini sug‘urta qilish milliy tizimini “barpo etish” dasturida o‘z aksini topishi
lozim. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish tizimini shakllantirishning ilmiy asoslangan
54
yaxlit konsepsiyasi ishlab chiqilishi kerak. Bizningcha, u quyidagi tuzilmaga ega
bo‘lishi lozim:
1. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning
maqsadlari.
2. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini sug‘urta qilish joriy holatining tavsifi.
3. Mamlakatimiz sug‘urtalovchilarning asosiy talablari va tashvishlari.
4. Sug‘urta kompaniyalari potensial mijozlarining asosiy talablari va
tashvishlari.
5. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini boshqarish
sohasidagi vaziyat bilan bog‘liq mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar hamda
ularga qarshi kurashish usullari.
6. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
sohasidagi davlat siyosatining maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari.
7. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
konsepsiyasining maqsad va vazifalari.
8. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
tizimining doirasini belgilash.
9. Konsepsiyaning umumiy qoidalari va uni amalga oshirishning asosiy
prinsiplari. Konsepsiyada qo‘llaniladigan atamalar va tushunchalar.
10. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
algoritmini ishlab chiqish.
11. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
konsepsiyasini amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari.
12. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
konsepsiyasini amalga oshirishning axborot ta’minoti.
13. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
tizimining auditi.
14. O‘tish davri vazifalari choralari (tadbirlari). Tayyorgarlik ishlari dasturi.
55
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
muammolarini echish keng ko‘lamli yondashuvni va moslashuvchan tarif
siyosatini, polisni tez rasmiylashtirish va zararlarni tartibga solishni taqozo qiladi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish qiymati har
bir muayyan holda xavflarning turi va to‘plami, franshiza, zararlar tarixi va boshqa
shartlarga bog‘liq bo‘ladi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini oshirish
imkoniyatlari quyidagi omillar bilan bog‘liq: yirik loyihalarni sug‘urta qilishda
xavflarni taqsimlash uchun (shu jumladan xalqaro sug‘urta kompaniyalari bilan)
hamkorlik qilish va sug‘urta “pullari”ni yaratish; qayta sug‘urta chegarasini
sezilarli darajada kengaytirish; qonunchilik va ijroiya hokimiyati tuzilmalarida o‘z
manfaatlarini ilgari surish uchun O‘zbekiston Sug‘urta bozorining professional
ishtirokchilari uyushmasi doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish.
3-bob bo‘yicha xulosa.
1. O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish zamonaviy turlarini joriy
etishning asosiy kamchiliklari va muammolari quyidagilardan iborat:
- fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
anderrayting lozim darajada rivojlanmagani;
-potensial mijozlar fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilish imkoniyatlaridan etarli darajada xabardor emasligi;
-fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
qiymatining nisbatan balandligi;
- sug‘urta e’tirozlarini tartibga solish muddatlarining kattaligi;
-respublikamizda sug‘urta ishini hozirgi davr talablariga muvofiq yuritish
borasida bilim va tajribaga ega malakali kadrlarning taqchilligi.
2. Mamlakatimiz tajribasi va xorijiy tajribani solishtirish fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning umumiy mantiqi
respublikamizda g‘arb bilan ayni bir yo‘nalishda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Mavjud farqlar asosan sug‘urta qonunchilik bazasi lozim darajada rivojlanmagani,
56
sug‘urta polislari puxta ishlab chiqilmagani va moslashuvchan emasligi, fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urtalovchilar va sug‘urta qildiruvchilar tajribasining ozligi, shuningdek
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishning
targ‘iboti va reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani bilan belgilanadi.
3. Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
mamlakatimiz
sug‘urta tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini oshirish
imkoniyatlari quyidagi omillar bilan bog‘liq: yirik loyihalarni sug‘urta qilishda
xavflarni taqsimlash uchun (shu jumladan xalqaro sug‘urta kompaniyalari bilan)
hamkorlik qilish va sug‘urta “pullari”ni yaratish; qayta sug‘urta chegarasini
sezilarli darajada kengaytirish; qonunchilik va ijroiya hokimiyati tuzilmalarida o‘z
manfaatlarini ilgari surish uchun O‘zbekiston Sug‘urta bozorining professional
ishtirokchilari uyushmasi doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish.
|