3-jadval
O’zbekistonda javobgarlikni sug’urta qilishning asosiy turlari bo’yicha
tariflar
21
№
Xizmat nomi
Min* %
Max*%
1
Kasbiy javobgarlikni sug’urta
qilish
0.42
3.19
2
Qarz oluvchining javobgarligini
sug’urta qilish
0.99
5.75
3
Transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy
sug’urta qilish
***
***
4
Avto fuqarolik javobgarligini
ixtiyoriy sug’urta qilish
0.3
1.8
5
Ish
beruvchning
fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta
qilish
***
***
Mamlakatimizda javobgarlikni sug‘urta qilishning rivojlanishiga monelik
qilayotgan jiddiy kamchilik fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilishda anderrayting rivojlanish darajasining pastligi hisoblanadi. Fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish o‘ta individual jarayon bo‘lib,
sug‘urtaga qabul qilinayotgan xavflarni puxta baholash va sug‘urta mukofotini
to‘g‘ri hisoblashdan keyin tegishli sug‘urta shartnomalarini tuzishga qodir bo‘lgan
malakali anderrayterlarni talab qiladi. SHunday qilib, mamlakatimiz sug‘urta
21
muallif tomonidan tayyorlandi.
39
bozorining jiddiy muammolaridan biri javobgarlikni sug‘urta qilish sohasida
malakati mutaxassislar yo‘qligi tufayli anderraytingning rivojlanmagani
hisoblanadi. Tabiiyki, tegishli mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini
oshirish jarayonlari mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalarining aksariyati
uchun ancha qimmat va murakkabdir. Binobarin, ular o‘z faoliyatida javobgarlikni
sug‘urta qilish bo‘yicha qo‘shimcha akvizitsion xarajatlarni talab qilmaydigan
sug‘urta mahsulotlaridan foydalanadi.
Sug‘urta kompaniyalari faoliyatini baholash mezonlaridan biri o‘zining
mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarish qobiliyati hisoblanadi. O‘z
majburiyatlarini tezkorlik bilan, vijdonan va malakali bajarish sug‘urta
kompaniyasining obro‘sini belgilaydi, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
o‘rtasida unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga ko‘maklashadi
22
.
Mamlakatimizda sug‘urta kompaniyalarining obro‘si juda past ekanligi hech
kimga sir emas. Aholida sug‘urta xizmatlariga talabning pastligi u va biznes
xavflardan himoyalanish zarurligini yaxshi anglamasligi bilan emas, balki
ko‘ngilsiz
voqealar
yuz
berganda
foydalanish
uchun
mablag‘larni
zaxiralashtirishning boshqa usullari (ko‘chmas mulkka, chet el valyutasiga, bank
depozitlariga joylashtirish, naqd pulni yig‘ish) bilan solishtirganda, sug‘urta
mahsulotlari raboqatbardoshlik darajasining pastligi bilan belgilanishi mumkin.
Javobgarlikni
sug‘urta
qilish
bo‘yicha
sug‘urta
mahsulotlari
raqobatbardoshlik darajasining pastligi yana shu bilan bog‘liqki, ayrim hollarda
sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi yuz berishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga
qodir emas. Bundan tashqari, sug‘urta qildiruvchilarning aksariyati sug‘urta tovoni
sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda to‘lanishiga
ishonmaydi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda respublikamizning
sug‘urta bozori bo‘yicha umumiy zararlilik jami 19,47% ni tashkil etgan, bunda
uch peshqadam sug‘urta kompaniyasi barcha sug‘urta tovonlarining 60,5% ni,
15
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
www.mv.uz
internet saxifasi ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan tayyorlandi
40
qolgan kompaniyalar esa atigi 39,5% ni to‘lagan va bu natijada tashvish chekish
uchun real zamin yaratadi.
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori hozirgi holatining xususiyatlaridan
biri potensial mijozlar fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilish imkoniyatlaridan etarli darajada xabardor emasligi hisoblanadi. YUridik
shaxslarda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishga
talabning kamligi asosan xavflarni sug‘urta yordamida boshqarish imkoniyatlari
to‘g‘risida axborot yo‘qligi bilan bog‘liq. Boz ustiga, fuqarolik javobgarligi va
kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish qoidalari va shartlari, shuningdek sug‘urta
atamalari va tushunchalarining mazmuni sug‘urta qildiruvchi uchun doim ham
aniq va ravshan emas.
Sug‘urta xizmatining ochiq va oshkoraligi sug‘urta qildiruvchini
rag‘batlantirishning muhim omili hisoblanadi, ya’ni sug‘urta xizmatining barcha
xususiyatlarini va shartnoma shartlarini iste’molchiga to‘liq etkazish talab etiladi.
Buni eng avvalo sug‘urta kompaniyasining xodimlari ta’minlaydi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishda sug‘urta
mahsulotlarining asosiy turlari tariflarini hisoblab chiqish ancha qiyin ish. Boz
ustiga, sug‘urta hodisasi yuz berganda, zarar qiymatini hisoblab chiqishning aniq
metodologik qoidalari yoki normativlar mavjud emas. Har bir sug‘urta
kompaniyasi sug‘urta tariflari yoki zarar miqdorini hisoblab chiqishning u yoki bu
yo‘lini faqat qonun hujjatlarida belgilangan umumiy talablar va me’yorlardan kelib
chiqib tanlashga haqli.
Potensial mijozlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan navbatdagi
kamchilik – bu fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish
qiymatining ancha balandligi.
O‘zbekistonda professional xizmatlar sifatini baholashning umume’tirof
etilgan mezonlari hali-hanuz mavjud emas. SHuni qayd etib o‘tish lozimki,
mamlakatimizning sug‘urta kompaniyalarida fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik asosiy xavflarini baholash bo‘yicha klassifikator yo‘q. Fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urtaga qabul qilish jarayonida
41
sug‘urta kompaniyalari u yoki bu javobgarlik xavflarini baholashda bir qator
muammolarga duch keladilar va bu anderrayting jarayonini jiddiy qiyinlashtiradi.
Buning oqibatida sug‘urta kompaniyalarining sotuvchi bo‘linmalari fuqarolik
javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishdan jiddiy manfaatdor emas23.
Yuqorida aytilganlardan tashqari, fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlikni sug‘urta qilishni rivojlantirishga monelik qilayotgan, sug‘urta
kompaniyalari yoki fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa bir qator muammolar va kamchiliklar
ham mavjud.
Avvalambor, bunday muammolar qatoriga sug‘urta bozorining infratuzilmasi
lozim darajada rivojlanmaganini, ya’ni fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlikni sug‘urta qilish sohasiga ixtisoslashgan sug‘urta brokerlari, sug‘urta
syurveyerlari va adjasterlari etarli emasligini kiritish o‘rinli bo‘ladi. Jahon
amaliyoti mazkur institutlar javobgarlikni sug‘urta qilish bozorining faoliyatida va
uni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Fuqarolik javobgarligini
sug‘urta qilish majburi y turlarining joriy etilishi zararlarni tartibga solish
tizimini butunlay takomillashtirishni talab qildi. Jahon amaliyoti bunday tizimning
mavjudligi va tegishli darajasi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
bozorining faoliyatida va uni rivojlantirishda muhim rollardan birini o‘ynashini
ko‘rsatadi.
Sug‘urta e’tirozlarini tartibga solish muddatlarining kattaligi ham jiddiy
kamchilik hisoblanadi, chunki mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalarining
aksariyati sug‘urta tovonini to‘lashni tegishli sud qarorining mavjudligi bilan
bog‘laydi.
Javobgarlikning har qanday turini sug‘urta qilish o‘z-o‘zidan mazkur
javobgarlik bilan bog‘liq huquqiy vaziyatni aks ettiradi. Kasbiy javobgarlikni
sug‘urta qilishning ayrim turlari (masalan, notariuslar, auditorlarning kasbiy
javobgarligini sug‘urta qilish) tajribasi ilgari zararsiz bo‘lgan bozorlar kasb
23
Федорова Т.А. Основы страховой деятельности. – М.: БЕК, 2001. – С. 288.
42
egalarini javobgarlikka tortish, demak, sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta
tovonlarini to‘lash sonlari ham ko‘payganini namoyish etishini ko‘rsatadi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini katta miqdorlarga sug‘urta
qilishning mavjudligi e’tirozlar bildirishni yanada jalb qiluvchan ishga aylantiradi,
chunki ushbu e’tirozlar qondirilishiga erishish imkonini beradigan resurs mavjud
(g‘arb sug‘urta amaliyotida bu hodisa “katta cho‘ntak effekti” deb ataladi).
Shuni qayd etib o‘tish lozimki, fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini
ixtiyoriy
sug‘urta
qilishdan
hozirgi
vaqtda
byudjetdan
moliyalashtiriladigan muassasalar foydalana olmaydilar.
O‘zbekiston Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi
tomonidan fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik asosiy xavflarini sug‘urta
qilish standart qoidalari hali-hanuz ishlab chiqilmagan.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning majburiy turlarini litsenziyalash shartlariga
aniqlik kiritish o‘rinli bo‘ladi. Hozirgi vaqtda javobgarlikni majburiy sug‘urta
qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli xat bilan
rasmiylashtirilgan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi va bu amaldagi qonun
hujjatlarining normalarida nazarda tutilmagan. Javobgarlikni sug‘urta qilishning
majburiy turlariga alohida litsenziyalar berilsa, bizningcha, maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilishda hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazilgan jabrlanuvchilarga to‘lanishi lozim
bo‘lgan sug‘urta pullarining etarliligi to‘g‘risidagi masalaga alohida to‘xtalib o‘tish
lozim. Uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar etkazilganda to‘lanadigan
sug‘urta pullarining miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi va hozirgi kun
voqeligini hisobga olmaydi, chunki jabrlanuvchi vafot etganda uch ming AQSH
dollarining 65% etarli summa hisoblanmaydi.
Respublika sug‘urta bozorini isloh qilishning hozirgi bosqichi sug‘urta
biznesi uchun kadrlar tayyorlash keng ko‘lamli samarali tizimini shakllantirishni
talab qiladi. Bunda mavjud va potensial resurslarning barchasini, shu jumladan
chet el grantlari va texnik yordamini jalb qilish muhimdir. Respublikamizda
43
sug‘urta ishini hozirgi davr talablariga muvofiq yuritish borasida bilim va tajribaga
ega malakali kadrlarning taqchilligi sug‘urta tizimini jadal rivojlantirishga monelik
qilayotir.
O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilishning rivojlanishini cheklayotgan
muammolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin:
- aholi umumiy turmush darajasining pastligi;
- to‘lovga qobiliyatli talab dinamikasi;
- sug‘urta madaniyatining pastligi;
- milliy sug‘urta tizimi lozim darajada rivojlanmagani.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishni qo‘llash
muddatlari klassik sug‘urta turlari bilan taqqoslaganda davomli emasligiga
qaramay, ular mamlakatimiz sug‘urta bozori va iqtisodiyotining tarkibiy qismiga
aylandi. Bosh muammo shundan iboratki, mazkur sug‘urta turi fuqarolik huquqida
o‘zining uzil-kesil huquqiy shakl-shamoyilini hali kasb etgani va sug‘urta
huquqida mustahkamlangani yo‘q va bu uni rivojlantirish hamda samarali
qo‘llashning zaruriy omili hisoblanadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish zamonaviy
turlarini joriy etishning asosiy kamchiliklari va muammolari quyidagilardan iborat,
deb qayd etish mumkin:
- fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishda
anderrayting lozim darajada rivojlanmagani;
- potensial mijozlar fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilish imkoniyatlaridan etarli darajada xabardor emasligi;
- fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish
qiymatining nisbatan balandligi;
- sug‘urta e’tirozlarini tartibga solish muddatlarining kattaligi;
- respublikamizda sug‘urta ishini hozirgi davr talablariga muvofiq yuritish
borasida bilim va tajribaga ega malakali kadrlarning taqchilligi
44
O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta
qilishni yanada takomillashtirish zarurligi tufayli javobgarlikni sug‘urta qilish
borasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, bizningcha, maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
CHet el sug‘urta amaliyotida fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik
xavflarini sug‘urta qilish sug‘urta faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Bunday
sug‘urta bilan asosan ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari shug‘ullanadi.
Javobgarlikni sug‘urta qilish ilk bor Fransiyada 1825 yilda maxsus qonun qabul
qilinganidan keyin paydo bo‘lgan (ot transportini avariyalardan sug‘urta qilish
bilan birgalikda). So‘ng 1871 yil Germaniyada tadbirkorlar muayyan toifalarining
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi
qonun qabul qilindi. Buning ortidan sug‘urta kompaniyalari o‘z javobgarligini
sug‘urta qilishni taklif qila boshladilar. 1880 yilda shunga o‘xshash qonun
Angliyada ham qabul qilindi. Bungacha fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
1825 yilgi andozaga ko‘ra amalga oshirilar edi, keyinchalik u mustaqil sug‘urta
turiga aylandi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish (professional indemnity insurance)
fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishning tur xili sifatida XX asrning birinchi
yarmida paydo bo‘ldi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida asosiy maqsadi ayrim
shaxslar yoki muassasalarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat
bo‘lgan javobgarlikni sug‘urta qilish huquqiy tizimi mavjud. Bunda javobgarlikni
sug‘urta qilish uchinchi shaxslarning sog‘lig‘iga ham, mol-mulkiga ham zarar
etkazilishi mumkinligini nazarda tutadi va ularga qonunga ko‘ra yoki sud qaroriga
binoan etkazilgan zararni qoplaydigan tegishli to‘lovlar amalga oshiriladi.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning bir nechta turlari mavjud:
- ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berishi natijasida xodimning o‘limi
yoki mayib bo‘lishi munosabati bilan ish beruvchining javobgarligini sug‘urta
qilish;
- uy egasining javobgarligini sug‘urta qilish;
45
- avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish;
- kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish arxitektorlar, yuristlar, shifokorlar,
farmatsevtlarga va faoliyati shaxslarga moddiy va nomoddiy zarur etkazish xavfi
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mutaxasslarga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekistonda fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta
qilish o‘z xususiyatlariga ega. Mamlakatimizda javobgarlikni sug‘urta qilishning
xususiyati asosan shu bilan belgilanadiki, sug‘urta bozorini kapitallashtirish
darajasi pastligi tufayli, aynan sug‘urta kompaniyalarining kadrlar salohiyati
ularning yashovchanligi va rivojlanishini ta’minlovchi bosh omil hisoblanadi. O‘z-
o‘zidan ravshanki, mamlakatimiz sug‘urta biznesi kadrlar elementining bunday
ustuvor ahamiyati bundan buyon ham saqlanib qoladi.
O‘tgan asrning oxirida va hozirgi asrning boshida O‘zbekiston
Respublikasida mavjud sug‘urta qonunchiligi sobiq Ittifoq hududidagi davlatlar
orasida eng ilg‘or qonunchiliklardan biri hisoblanar edi. Ammo bugungi kunda u
fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishni qonun
yo‘li bilan tartibga solish borasida ancha orqada qolgan.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning majburiy turlari bo‘yicha tariflar va limitlar
ham Evropa, ham yaqin qo‘shnilar bilan taqqoslaganda past belgilangani
muammosini asta-sekin va ijodiy hal qilish lozim. Albatta, aholining turmush
darajasi yaxshilanishi bilan sug‘urta tariflariga tuzatish kiritilishi jamoatchilikning
qarshiligiga duch keladi. To‘lovlarga doir axborotni PR usullari yordamida
qo‘llab-quvvatlash,
sug‘urtalovchilar
xarajatlarining
hajmlari
haqida
tushuntirishlar berish zarur. Su ma’noda Finlyandiya tajribasi diqqatga sazovor: bu
erda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha mukofotlar to‘lovlar bilan deyarli teng, lekin sug‘urta
kompaniyalarining xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
Fuqarolik javobgarligi va kasbiy javobgarlik xavflarini sug‘urta qilishni
rivojlantirish istiqbollari mamlakatimizda javobgarlikni sug‘urta qilishning ayrim
turlari, xususan, korxonalarning ular ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati uchun
46
javobgarligini sug‘urta qilish, shifokorlar, yuristlar va boshqa mutaxassislarning
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish
borasidagi xalqaro tajriba qay darajada jadal joriy etilishi bilan bog‘liq.
AQSHda va G‘arbiy Evropa mamlakatlarida fuqarolik javobgarligi va kasbiy
javobgarlik xavflarini sug‘urta qilish bozorining rivojlanish darajasini quyidagi
omillar belgilaydi:
- normativ-qonunchilik bazasi;
- davlat tomonidan tartibga solish;
- makroiqtisodiy sharoitlar, sug‘urta bozorining holati.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning tegishli turlari rivojlanishini ta’minlash
uchun respublikamizda sug‘urta qonunchiligini jadal sur’atlarda rivojlantirish
zarur. Bundan tashqari, umumiy qonunchilik darajasida “shaxsga ziyon etkazish”
va “shaxsga etkazilgan ziyonni qoplash” tushunchalariga aniq ta’rif berilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |