3-BOB. O’ZBEKISTONDA JAVOBGARLIKNI SUG’URTALASHNI
TAKOMILLASHTIRISH ITIQBOLLARI
3.1. Javobgarlikni sug’urtalashni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta qilish sug‘urta
faoliyatining mustaqil sohasi hisoblanadi. Bu erda sug‘urta ob’ekti sifatida sug‘urta
qildiruvchining uchinchi shaxslar oldida ularga zarar (ziyon) etkazganlik uchun
javobgarligi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari amal qiladi. Sug‘urta qildiruvchi
yuzaga keladigan sug‘urtaga doir huquqiy munosabatlarga ko‘ra sug‘urta
qildiruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs) tomonidan uchinchi shaxslarning mol-
mulki, sog‘lig‘i va hayotiga zarar etkazish bilan bog‘liq majburiyatlar yuzasidan
javobgarlik xavfini o‘z zimmasiga oladi
11
.
O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta qilishning ikki turi –
fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish va kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish
farqlanadi
12
.
Fuqarolik javobgarligi mulkiy xususiyat kasb etadi: ziyon etkazgan shaxs
jabrlanuvchiga, ya’ni uchinchi shaxsga etkazilgan zararni to‘liq qoplashi shart.
Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzish orqali mazkur
majburiyat sug‘urtalovchiga yuklanadi. Etkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchi
jinoiy, ma’muriy javobgarlikka tortilishi, ya’ni uchinchi shaxsga nisbatan o‘z
g‘ayriqonuniy harakatlari uchun qonunga muvofiq ta’qib qilinishi mumkin. Ammo
uchinchi shaxsga etkazilgan mulkiy zararni qoplash sug‘urtalovchining zimmasiga
yuklanadi.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishning ob’ekti sifatida sug‘urta
qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan,
sug‘urta qildiruvchi kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan paytda u uchinchi
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazgan zararni qoplash bilan
bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari amal qiladi. Mol-mulkni sug‘urta qilish yoki
11
Александров А.А. Страхование. – М.: Издательство ПРИОР, 1998. – С. 92.
12 O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2012. – 310-b.
35
shaxsiy sug‘urtadan farqli o‘laroq, kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish ob’ekti
sub’ektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni sug‘urta hodisasining yuz berishi tashqi
omillar – tabiiy ofat, tabiiy hodisalar, boshqa odamlarning harakatlariga emas,
balki muayyan kasbga muvofiq faoliyat olib borayotgan shaxsning malakasiga
bog‘liq bo‘ladi
13
. Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishda sug‘urta hodisasining
ta’rifi yagonadir. Sug‘urta hodisasi deb sudning qonuniy kuchga kirgan va sug‘urta
sub’ektiga etkazilgan zarar uchun sug‘urta qildiruvchining mulkiy javobgarligini
belgilaydigan hal qiluv qarori sug‘urta hodisasi deb e’tirof etiladi
14
.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnoma mavjudligi bilan belgilanadi.
Bunda kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha faqat kasbiy
faoliyat bilan shug‘ullanadigan va yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan
jismoniy shaxsning javobgarligi sug‘urta qilinishi mumkin. YUridik shaxs o‘z
kasbiy javobgarligini sug‘urta qila olmaydi, chunki u kasbga ega bo‘lmaydi
15
.
Kasbiy javobgarlik vujudga kelishi uchun asos bo‘lib sug‘urta qildiruvchi
tomonidan kasbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnoma shartlarining buzilishi
yoki uchinchi shaxslarga ziyon etkazishi (bunday ziyon qachon aniqlanganidan
qat’i nazar) xizmat qiladi
16
.
Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish
paytida uchinchi shaxslarga moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan turli toifadagi
shaxslarning mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish turlarini birlashtiradi. Sug‘urta –
etkazilgan zararni qoplashning eng universal va ishonchli iqtisodiy mexanizmi.
Bunda kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxsning mazkur farliyatni amalga
oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklari uchun javobgarlikni sug‘urta kompaniyasi
ma’lum haq evaziga o‘z zimmasiga oladi. O‘zbekistonda kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanayotgan shaxslarning sug‘urta yo‘li bilan himoyalanishga bo‘lgan
ehtiyoji hozirgi vaqtda tobora kuchayib bormoqda, chunki bozor iqtisodiyoti
13
Архипов А.П., Гомелля В.Б. Основы страхового дела. Учебное пособие. – М.:
"МаркетДС", 2002. – С. 145.
14
Юлдашев Р.Т. Страхование ответственности директоров и топ-менеджеров
компаний. – Страховое дело. — № 1. — 2005. – С. 17.
15
Страхование: под ред. Проф.Федоровой М.А. – М.:Издательство БЕК, 2002.-С. 348
16
Худяков А.И. Страховое право. – СПб.: Юридический центр Пресс, 2004.С. 189.
36
rivojlanishi bilan bozorda raqobat kurashi keskinlashdi va kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi shaxsda o‘z kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha
polisning mavjudligi uning obro‘sini oshiradi va mazkur shaxs mijozlari, biznes
bo‘yicha hamkorlarining unga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga ko‘maklashadi.
Kasbiy javobgarlik deganda o‘z ixtisosligi doirasida kasbiy faoliyatni amalga
oshirayotgan sub’ektga nisbatan u mazkur faoliyatning salbiy natijasiga erishgani
tufayli jabrlanuvchining mulkiy holatini tiklashga qaratilgan choralar va
sanksiyalarning qo‘llanishi tushunilishi lozim. Kasbiy xato – bu kasbiy faoliyat
qoidalari va standartlarini buzish, kasbiy nuqson esa – lozim kasbiy xulq-atvorni
bajarmaslikdir
17
.
Kasbiy javobgarlik asosi shartnomaviy yoki huquqbuzarlikdan kelib
chiqadigan javobgarlik sug‘urta qilinishi lozimligi yoki lozim emasligidan qat’i
nazar, zarar etkazilishi hisoblanadi. Bunda faqat retrospektiv fuqarolik-huquqiy
javobgarlik sug‘urta qilinishi lozim. Ayni holda javobgarlik asosan ham sudning
hal qiluv qaroriga muvofiq, ham sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qildiruvchi
o‘rtasidagi bitim asosida undiriladigan zararni qoplash ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi
18
.
Sug‘urta qildiruvchilar o‘z kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini
tuzar ekanlar, kasbiy xatolar va nuqsonlarga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz
oqibatlar kelib chiqishi xavfini sug‘urtalovchining zimmasiga yuklaydilar.
SHunday qilib, mazkur sug‘urta hisobiga u yoki bu kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi shaxslarning manfaatlari qondiriladi.
SHu bilan bir vaqtda, kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish hisobiga o‘z
javobgarligini sug‘urta qilganlarning xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslarning
manfaatlari ham ta’minlanadi. Har qanday turdagi kasbiy javobgarlikni sug‘urta
qilish shartnomasining qonunda belgilangan konstruksiyasi zamirida uchinchi
17
Белых В.С. Страховое право. – 3-е изд., перераб. и доп. М.: «Норма», 2009. – С.
251.
18
Юлдашев Р.Т. Сексуальные домогательства: страховой аспект. Страховое дело. №
10. - 2006. – С. 29.
37
shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma yotadi. Bunday shartnomalarda naf
oluvchilar har doim zarar (ziyon) etkazilgan shaxslar hisoblanadi
19
.
O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish bozoridagi vaziyat quyidagilar
bilan tavsiflanadi: bu erda ancha past tariflar va juda kuchli raqobat kuzatiladi.
Ayni vaqtda, so‘nggi bir yarim yil ichida javobgarlikni sug‘urta qilish
shartnomalarining shartlari barqarorlashdi, deb aytish mumkin. O‘zbekistonda
javobgarlikni sug‘urta qilishning asosiy turlari bo‘yicha tariflar 2.1.1-jadvalda
keltirilgan.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish O‘zbekiston Respublikasida 1994 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va
boshqa o‘ziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining
majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 632-son Qarori bilan joriy etilgan.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilishni o‘tkazish 2008 yilda “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini
majburiy
sug‘urta
qilish
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasining O‘RQ-155-son Qonuniga muvofiq isloh qilindi
20
. 2014 yilda
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
bo‘yicha to‘plangan mukofotlar hajmi 2-rasmda mintaqalar bo‘yicha foiz hisobida
keltirilgan.
O‘zbekistonda javobgarlikni sug‘urta qilish bozorining hozirgi holati, uning
infratuzilmasi rivojlanish darajasi hozirning o‘zidayoq sug‘urtaning mazkur turini
yanada rivojlantirish va takomillashtirishni talab qilayotir. YUqorida qayd etib
o‘tilganidek, hozirgi bosqichda O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta
qilishning umumiy muammolari quyidagilardan iborat:
19
Архипов А.П., Гомелля В.Б. Основы страхового дела. Учебное пособие. – М.:
"МаркетДС", 2002. – С. 72.
20
O’zbekiston Respublikasi Qonuni.Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida/O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami.-T., 2008, 17-son, 128-modda.
38
- O‘zbekiston Respublikasida huquqiy baza va sud tizimining mukammal
emasligi;
- sug‘urta ob’ekti sifatidagi javobgarlik haqida aniq tasavvurning yo‘qligi;
- aholi aksariyat qismining huquqlari va manfaatlarini sug‘urta qilish zarurligi
haqida tushuncha mavjud emasligi;
- sug‘urta tariflarining balandligi va sug‘urta shartlarining mavbul emasligi;
- byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar javobgarlikni sug‘urta
qilishdan foydalana olmasligi (majburiy sug‘urta turlari bundan mustasno)
Dostları ilə paylaş: |