3-rasm. O`zbekiston Respublikasi sug`urta bozorida 2014-2016 yillar
oralig`ida to`langan jami sug`urta to`lovlari dinamikasi. (mln. so`mda)
7
Yuqorida aytilganidek, majburiy sug‘urtada, sug‘urtalash shartlari, qoidalari,
tarif stavkalari va sug‘urtalanadigan risklar Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. SHunday ekan, majburiy sug‘urta xizmatlari bozorida raqobat xizmat
ko‘rsatishning sifat va etkazilgan zararlarni operativ hal qilish muddatlariga
qaratiladi. Zararlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilish orqali sug‘urta tashkilotlari
majburiy sug‘urta bozorida yangi mijozlarni jalb qilishi mumkin bo‘ladi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra har yili O‘zbekiston sug‘urta xizmatlari
bozorida avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtasi bo‘yicha 30 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ko‘zda
tutilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, «Transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, quyidagilarni:
7 O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining www.mf.uz – internet sahifasi ma`lumotlari
asosida muallif tomonidan tayyorlandi
.
74632,6
99830,6
130456,8
45325,9
56055,7
97372,6
29306,7
43744,9
33084,2
0
50000
100000
150000
2014-yil
2015-yil
2016-yil
majburiy sug`urta
ixtiyoriy sug`urta
umumiy
21
-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan majburiy sug‘urta tizimini shakllantirish
orqali yo‘l transport hodisalari oqibatida zarar ko‘rgan jabrlanuvchilarning ijtmoiy
himoyalanishini;
-yo‘l transport hodisalari natijasida aybdor va jabrlanuvchilar o‘rtasida kelib
chiqqan nizolarning katta qismini sudlashishlarsiz hal etishni;
-mamlakatda sug‘urta madaniyatining shakllanishini va aholining sug‘urtaga
bo‘lgan qiziqishini oshirishni;
-majburiy sug‘urta xizmatining zamonaviy va xalqaro talablar darajasida
ko‘rsatilishini;
-qonunda
ko‘rsatilgan sug‘urta qoplamalarini kafolatlash fondida
to‘planadigan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larining likvidlilik, daromadlilik va
qaytarishlilik tamoyillari asosida iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘naltirish orqali
sug‘urta sohasining iqtisodiyotga kiritadigan salmoqli investitsiya miqdorini
oshirishni;
-majburiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlariga
nisbatan, sug‘urtalanuvchilarning manfaati nuqtai-nazaridan alohida talablarni
belgilashni;
-sug‘urta bozoridagi majburiy sug‘urta turlarining ulushini oshirish hamda
umuman sug‘urta bozorining yanada rivojlanishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, 2008 yil majburiy sug‘urta turlarining huquqiy
asoslarini shakllantirish yili bo‘ldi. Shunday majburiy sug‘urta turlaridan yana biri
bu O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Qonun 2009 yil 16
aprel kuni Prezidentimiz tomonidan imzolandi. Ma’lumki, «Ish beruvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunning asosiy
maqsadi bu ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ish beruvchining fuqarolik
javobgarligi majburiy sug‘urtasini amalga oshirish maqsadida 2009 yilning 24
iyunida O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
22
qilish to‘g‘risidagi» Qonuni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-
sonli qarori qabul qilindi. Bu hujjatning asosiy maqsadi ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalashni to‘laqonli amalda qo‘llanilishini
ta’minlashdan iborat. Ushbu majburiy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta
munosabatlarining sub’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi, ya’ni ish beruvchi,
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchi, annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi,
jabrlanuvchi va naf oluvchilar.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib
bo‘lish, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti sog‘lig‘iga etkazilgan zararning
o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda
uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy
sug‘urta qilish ob’ektidir.
Ushbu sug‘urta turida sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida xodim
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi,
kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘ligining boshqacha tarzda shikastlanishi
munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zarar sug‘urta
hodisasi bo‘lib hisoblanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli quyidagicha belgilanadi:
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra faoliyatini bir yildan ortiq amalga
oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun – mazkur shartnoma tuzilgan oydan oldingi
o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida;
- o‘z faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun – ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi
tuzilgan oydan keyin keladigan o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha
xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi
ish haqi miqdorini o‘n ikkiga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi;
23
- faoliyati bir yildan kam bo‘lgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi
uchun – ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati
amalga oshiradigan muddatdagi ish haqi miqdorida.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi miqdori o‘zgargan
taqdirda, bu shartnomaning sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti qismiga ushbu
shartnomaga yozma ravishda qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali o‘zgartirishlar
kiritiladi. Bunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini qayta hisob-kitob qilish mazkur
shartnoma tuzilgan sanada amalda bo‘lgan sug‘urta tarifi bo‘yicha, qolgan
sug‘urta davri va sug‘urta puliga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta pulini sug‘urta tarifiga
ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi va bir yo‘la to‘lanadi.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib
bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning
o‘rnini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni etkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta
puli miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorida to‘lanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta tovoni:
- jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish
haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik
darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lov yoki kasb kasalligi
aniqlangunga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida
belgilanadigan har oylik to‘lov;
- marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning o‘ziga va
qaramog‘ida bo‘lgan, lekin etkazilgan zararning o‘rni qoplanishiga haqli
24
bo‘lmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulush chegirib
tashlangan holdagi har oylik to‘lov;
- qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga
bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovi;
- xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda dafn etish xarajatlari;
- ish beruvchining qo‘shimcha xarajatlarini qonun hujjatlariga muvofiq
kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta tariflari bazaviy stavka va koeffitsientlardan iboratdir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta tarifining bazaviy stavkasi barcha ish beruvchilar va sug‘urtalovchilar
uchun yagonadir va 0,1 foizni tashkil etadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta tariflarining koeffitsientlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan
faoliyat turlarining xavflilik darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ish beruvchi
faoliyati turlarining xavflilik darajasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 177-sonli qaroriga muvofiq 20-klassga ajratilgan va 0,571 dan -
7,714 gacha qilib belgilangan.
Ish beruvchining majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti
quyidagi (2.1) formula orqali aniqlanadi:
Sm = Sp * Tb * Ixk / 100 (2.1)
bunda:
Sm – yillik sug‘urta mukofoti;
Sp – sug‘urta puli;
Tb – tarifning bazaviy stavkasi;
Ixk – ish beruvchining xavflilik koeffitsienti.
25
Majburiy sug‘urta shartnomasini bir yildan kam muddatga tuzmoqchi
bo‘lgan ish beruvchilar uchun sug‘urta mukofoti miqdori quyidagi (2.2) formula
orqali hisoblanadi:
Sm = Sp * Tb * Ixk / 100 / 365 * Kun (2.2)
bunda:
Sm – yillik sug‘urta mukofoti;
Sp – sug‘urta puli;
Tb – tarifning bazaviy stavkasi;
Ixk – ish beruvchining xavflilik koeffitsienti;
Kun – sug‘urta shartnomasi amal qiladigan muddat.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasining joriy qilinishi
mehnatkashlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida duch keladigan muammolarni
echishga yaqindan yordam beradi. Qolaversa, bozor iqtisodiyoti sharoitida
davlatning muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlari sub’ektlarining mehnat
huquqlarini yuqori darajada himoyalanganligini ta’minlashdir.
Xalqaro amaliyotda keng tarqalgan javobgarlikni majburiy sug‘urtalashning
yana bir turi mavjud, bu xavfli ishlab chiqarish bilan bog‘liq tashkilotlarning atrof
muhitga va uchinchi shaxslarga zarar etkazganlik uchun javobgarligini sug‘urta
qilishdir.
Hozirgi kunda mamlakatimiz sug‘urta xizmatlari bozorida shu tartibdagi
javobgarlikni sug‘urtalash turi mavjud. 2006 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston
Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 20 – moddasi xavfli ishlab
chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida, jumladan unda, «xavfli ishlab chiqarish
ob’ektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki)
mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazganlik uchun javobgarlik qonun
hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak. Ish beruvchi
xavfli ishlab chiqarish ob’ekti xodimlarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar
26
etkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi» deb
ta’kidlangan. Ushbu qonunning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida 2008 yil
10 dekabrda «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar haqidagi 271-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori
qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya
yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga
hamda atrof-muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida», «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq faoliyati xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir
bo‘lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda
atrof-muhitga zarar etkazish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar, xavfli ishlab
chiqarish ob’ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mulkiy manfaatlarini
sug‘urtaviy himoya qilish shartlarini belgilaydi.
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishga haqli bo‘lgan sug‘urta
tashkilotlari sug‘urtalovchilar bo‘lishi mumkin. Bunda, xavfli ishlab chiqarish
ob’ektida avariya sodir bo‘lganda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki)
mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazilganligi uchun sug‘urtalanuvchining
fuqarolik javobgarligining boshlanish fakti sug‘urta hodisasi bo‘lib hisoblanadi.
Avariyalar quyidagi hollarda yuz berishi mumkin, - inshoatlar va (yoki) xavfli
ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llanadigan texnika qurilmalarining buzilishi,
sug‘urta shartnomasi amal qiladigan davrda ro‘y bergan nazorat qilib
bo‘lmaydigan portlash va xavfli moddalarning ajralib chiqishi holatlari.
Sug‘urta tashkilotlari quyidagilar oqibatida paydo bo‘lgan fuqarolik
javobgarligi bo‘yicha javobgarlik olib bormaydilar:
a) yadroviy portlash, radiatsiya, radioaktiv zararlanish, agar ular ushbu
ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmasa;
27
b) harbiy harakatlar, shuningdek manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar,
qurolli tuzilmalar yoki terrorchilarning harakatlari;
v) ommaviy tartibsizliklar, boshqa fuqarolar bo‘ysunmasligining jamoaviy
holatlari, ish tashlashlar;
g) engib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarining ta’siri: tabiiy ofatlar, stixiyali
tusdagi tabiat hodisalari;
d) xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bevosita bohliq
bo‘lmagan holatlarning paydo bo‘lishi;
e) qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo‘lgan taqdirda boshqa
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar
etkazilganligi uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanuvchi
tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta
qilishning eng kam miqdori 2008 yil 10 dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 271-
sonli qarori va xavfli ishlab chiqarish ob’ektining tegishli turiga muvofiq
belgilanadi, (2-jadval).
Dostları ilə paylaş: |